II BO‘LIM. KRIMINALISTIK TEXNIKA
4-MAVZU. KRIMINALISTIK TEXNIKANING
ASOSLARI
Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari. Kriminalistik
texnika tekshiruv vositalari va uslublari. Kriminalistik texnikaning tergov
va tezkor-qidiruv faoliyatida qo‘llanishi.
Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari
Kriminalistik texnika – fanning bir bo‘limi bo‘lib, jinoyatlarni
tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish
va tadqiq etishda qo‘llanadigan maxsus asbob-uskunalar, texnik
vositalar haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimi hisoblanadi. SHu bilan
birga kriminalistik texnika dalillarni topish, ularni tekshirish jarayonida
qo‘llanadigan amaliy bilimdir.
Kriminalistik texnika bo‘limi jamiyatning ilmiy va texnik rivojini
ta’minlaydigan tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo va boshqalar)
yangi
texnika-texnologiya
vositalari
(kompyuter
texnologiyasi,
informatika kabilar) yutuqlari kriminalistik faoliyatda, ayniqsa jinoyatni
tergov qilishda va oldini olishda keng qo‘llaniladi.
41
Texnik vositalar deganda, faqat asbob-anjomlar (yorituvchi,
o‘lchovchi va b.q.)gina emas, balki texnik qurilmalarni, maxsus
kriminalistik faoliyatda qo‘llaniladigan mikroskoplar, nurlarni va
ranglarni ajratuvchi spektrograflar, ovoz yozish, tasvir yozish va
boshqalar nazarda tutiladi.
Kriminalistik texnikaning vazifasi sodir etilgan jinoyatga doir
ma’lumotlarni qidirish, topish, tadqiq etish va aniqlashdan iboratdir.
Jinoyat esa, tekshirilayotgan voqea holatining moddiy xossalarida o‘z
aksini topadi.
Kriminalistik texnikada O‘zbekiston Respublikasi huquqni
muhofaza qilish organlarining ilg‘or tergov tajribasi, shuningdek, kimyo,
biologiya, fizika va boshqa fanlardan foydalaniladi. Kriminalistik
texnika jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqorida ko‘rsatilgan fanlarning
ayrim yutuqlarini tergovni olib borish vazifalariga moslaydi, ijodiy
boyitadi
va
muayyan
maqsadda
qo‘llaydi.
SHuningdek,
kriminalistikaning o‘z negizida maxsus yo‘l-yo‘sinlari, uslublari va
kriminalistikada, bir tomondan, tabiiy va texnika fanlari, boshqa
tomondan, jinoyatlarni ochish va ularni oldini olish uchun yaratilgan
uslublar tizimi jamlangan.
Kriminalistik texnikaning mohiyati jinoyat voqeasi bilan bog‘liq
bo‘lgan moddiy vaziyatni aniqlash, o‘rganish, qayd etish, texnik
vositalar, yo‘llar va uslubdan foydalanish, ularni tadqiq qilish,
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika bo'limiga tergov jarayonida zarur
bo'lgan informatik ma'lumotlar: izlarni topish va tekshirish, otish
qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan
hujjatlarni tadqiq etish masalalaridan iborat. Mazkur bo'lim tizimiga,
shuningdek,
odamlarning
tashqi
qiyofa
belgilari
asosida
identifikatsiya qilish va kriminalistik ro'yhat ma'lumotlarini
qo'llashning mahsus qoidalari ham kiradi. Kriminalistik tehnika
tizimida turli ob'ektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublar
ham muhim ahamiyatga ega.
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika deganda, jinoyatni aniqlash,
ochish va uning oldini olish uchun foydalaniladigan turli tehnika
qurilmalari,
uskunalar,
apparatlar,
asboblar,
buyumlar
va
moslamalarni tushunish kerak.
42
shuningdek, texnik-kriminalistik jihatdan tavsiflash kriminalistik
ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qidirish, identifikatsiyalash
uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir.
Jinoyatchini topish va keyinchalik o‘rganishda voqea yuz bergan
joyda, jabrlangan odamning tanasida, kiyim-kechagida qoladigan
moddiy izlarning ahamiyati kattadir. Kriminalistik texnika har qanday iz
va ashyoviy dalillarni topish, saqlab qolish, qayd etish, olish va tadqiq
etish vositalari, yo‘l-yo‘riqlari va uslublarini ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi. Har qanday jinoyat ham aniq vaziyatda, muayyan makon
hamda vaqtda sodir etiladi. Bundan kelib chiqadiki, kriminalistik
texnikaning vazifasi aniq ob’ektlar va hodisalarni aniqlash imkoniyatini
beradigan ilg‘or uslublarni yaratishdan iboratdir.
Tezkor-qidiruv faoliyatida haqiqiy ma’lumotlarni aniqlash uchun
texnika vositasi bo‘lishi lozim. Ulardan olingan ma’lumotlar jinoyatlarni
sodir etgan shaxslarni aniqlashda kerak.
Uslubiyot tor ma’noda muayyan vazifalarni hal etish uchun
qo‘llanadigan bir necha uslublar jamlamasini bildiradi. Masalan, qalbaki
belgilarni aniqlash uchun hujjatlarni kriminalistik tadqiq etish,
mikrosnusxa, ranglarni farqlash, ultrabinafsha nurlarida tahlil o‘tkazish
zarur.
Kriminalistik texnika vositalari jinoyatlarning oldini olishga, voqea
sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni aniq ifodalashga, tergov harakatlarini
o‘tkazish va natijalarini qayd etishga, ashyoviy dalillarni to‘plash,
ko‘zdan kechirish va tadqiq qilishga qaratilgan.
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika vositalarini qo'llash taktikasi,
deyilganda, tergov oldiga ko'yilgan masalalarni hal etishga erishish
maqsadida ayrim tergov harakatlarini o'tkazish vaqtida ana shu
vositalardan oqilona va samarali foydalanish tushuniladi.
Esda tuting! Kriminalistik tehnika tizimi:
1)
kriminalistik fotografiya va videotasvirga olish;
2)
umumiy tehnika asoslari;
3)
kriminalistik trasologiya (izshunoslik);
4)
hujjatlarni tekshirish (hujjatshunoslik);
5)
kriminalistik ballistika (o'q otish qurollarini tekshirish);
6)
kriminalistik bitosnusha (odamlarning tashqi tuzilishi,
portretshunoslik).
43
Kriminalistik texnika vositalari va uslublari tergov, tezkor-qidiruv,
ekspertiza va sud amaliyoti ehtiyojlariga asoslanib ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |