Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   548
diagnostikalashtiriluvchi  va  diagnostikalashtiruvchi,  izlanayotgan 

va  o‘rganilayotganga  ajratiladi.  Diagnostikalashtiriluvchi  -  bu 

ob’ektning 

holati, 


xususiyatlari, 

hodisa 


mexanizmidir. 

Diagnostikalashtiruvchi  esa,  holat,  xususiyat,  mexanizmni  moddiy  aks 

ettiruvchi izlar, alomatlardir.  

Ko‘pincha, diagnostikalashtiriluvchi ob’ekt sifatida qandaydir aniq 

narsa,  diagnostikalashtiruvchi  sifatida  esa  turli  xil  ma’lumot:  qolip, 

nusxa,  tergov  harakatlari  bayonnomalaridagi  tavsif,  sxemalar,  rejalar, 

ko‘rsatuv 

foto-kino-videotasvirlar 

uchraydi. 

Aniq 


ob’ektni 

diagnostikalash,  yuqorida  keltirilgan  ma’lumot  bilan  cheklanmay, 

alohida tergov harakatlari; tergov eksperimenti, hodisa yuz bergan joyni 

qayta ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazishni talab qiladi. 

Ma’lumotning  ishonchliligi  va  etarliligiga  baho  berish  juda 

muhimdir.  U  etarli  yoki  ishonchli  bo‘lmasa,  yana  qanday  manbalardan 

va  qanday  vositalar  yordamida  tekshirish,  to‘ldirish  mumkinligini 

aniqlash lozim.  

Ob’ektning  bevosita  xususiyatlari  va  holatini  o‘rganish,  shu 

jumladan,  ma’lum  bir  andozaga  mos  keluvchi  xususiyatlarni  o‘rganish 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ob’ektning  asl  holati  qanday  bo‘lgan, 

hujjatning  boshlang‘ich  matniga  qanday  o‘zgarishlar  kiritilgan;  odam 

qo‘lyozma  yozayotganda  qanday  holatda  bo‘lgan;  matnga  kimyoviy 

ta’sir  ko‘rsatilganmi,  yuvilganmi,  kiyimdagi  qon  izlarining  shakli  va 

joylashishiga  qarab  ularning  paydo  bo‘lish  mexanizmini  aniqlash 



 

38 


mumkinmi;  mazkur  hujjat  blankini  tayyorlashda  maxsus  qoidalardan 

chetga  chiqishlarga  yo‘l  qo‘yilganmi,  degan  savollarga  javob  olish 

imkoniyati bor.  

 

Harakat  vaqtini,  ketma-ketligini  aniqlash,  hodisa  joyidagi  izlarga 



ko‘ra,  jinoyatchi  qanday  harakat  qilgani  haqida  xulosa  chiqarish 

mumkin. 


Tergovchi  alohida  izlarni  aniqlash  va  ularni  paydo  bo‘lish 

sabablarini  tushuntirishdan  (sabablari  va  o‘zaro  aloqalari)  bir  xil  izlar 

guruhini  o‘rganishga  o‘tadi  va  so‘ngra  ularning  alomatlari  asosida 

jinoyat hodisasi haqida muayyan bir taxminni olg‘a suradi. Bu taxminni 

asoslashda  kriminalistik  diagnostika  paytida  aniqlangan  sabab-natija 

aloqalari muhim ahamiyatga ega. 

Kriminalistik  diagnostikaning  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 

iborat: 


1)  jinoyat  sodir  etilgan  vaziyatni  o'rganish  (jinoyat  qaerda, 

qanday vaziyatda sodir etilgan,  mavjud izlarning qaysi biri jinoyatga 

aloqador); 

2) hodisaning turli bosqichiga oid mehanizmni o'rganish (to'siqni 

buzib  o'tishning  hususiyati  va  yo'nalishi,  transport  vositalarining 

to'qnashuvdan  oldin  va  hodisa  paytida  o'zaro  joylashuvi,  qalbaki  pul 

belgilari tayyorlashning usullari va hokazo); 

3)  hodisa  yuz  bergan  joydagi  buyumlarning  alohida  belgilarini 

aniqlash  (ularning  holati  va  hususiyatlari,  jinoyat  qurolini  tanlashga, 

jinoyatchi  va  uning  kiyimida  iz  qoldirishga,  jinoyatni  yashirishga 

aloqadorlik); 

4) jinoiy hodisaning vaqtga oid hususiyatlarini o'rganish (qachon 

yuz  bergan,  uni  amalga  oshirish  uchun  qancha  vaqt  ketgan  bo'lishi 

mumkin,  qaysi  izlar  avval,  qaysilari  keyinroq  paydo  bo'lgan  va 

hokazo); 

5)  harakatda  bo'lgan  ob'ektlarning  miqdori  va  hususiyatlarini 

aniqlash  (jinoyat  ishtirokchilari  nechta  bo'lgan;  qulfni  ochgan  shahs 

professional mahoratga ega bo'lganmi, o'q otish quroli yoki portlovchi 

moddalarni tayyorlashda qanday moslamalar ishlatilgan va hokazo); 

6) sababli bog'lanishni o'rganish (ma'lum bir hatti-harakatlar va 

kelib  chiqqan  natija  o'rtasida  sababli  aloqalar  bormi,  yong'inning 

sababi,  tepkini  bosmay  yuz  bergan  o'q  otilishining  sababi  nima  va 

hokazo). 



 

39 


Kriminalistik 

diagnostikaning 

elementlari 

boshqa 


tergov 

harakatlarini o‘tkazganda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tergovchining 

tintuv  qilinayotgan,  so‘roq  qilinayotgan  shaxsning  xulq-atvori,  so‘roq 

paytidagi  reaksiyalari  ustidan  kuzatuvi  diagnoz  sxemasi  bo‘yicha 

amalga  oshirilishi  kerak:  belgilar  tahlili,  taxmin  qilish,  uni  tekshirish 

ijobiy rol o‘ynaydi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish