Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajara olmasligi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

67-modda. Mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajara olmasligi
Vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak
yoʻqolgan deb topilganligi oqibatida mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin
boʻlmay qolgan taqdirda xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonunchilikka va xususiy korxonaning
ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
68-modda. Xususiy korxonani boshqa shaxsga oʻtkazish
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya
qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni oʻzgacha usulda boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda oʻzining firma nomidan, tovar belgilaridan,
xizmat koʻrsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning mahsulotini, u bajarayotgan
ishlarni yoki koʻrsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalardan foydalanish huquqlari,
agar qonunchilikda yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yangi mulkdorga
oʻtadi.
5-§. Unitar korxona
69-modda. Unitar korxona
Oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan
tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki boʻlinmasdir va u qoʻshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha,
shu jumladan korxona xodimlari oʻrtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas.
Unitar korxonaning mol-mulki unga xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida
tegishlidir.
Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Unitar korxona rahbari, shuningdek agar bu korxonaning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa,


project.gov.uz
06.06.2022
28
kuzatuv kengashi uning boshqaruv organidir. Unitar korxonaning rahbari va kuzatuv kengashi mulkdor
tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.
Unitar korxona oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Unitar korxona oʻz mol-mulki egasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
Unitar korxona oʻz mulkida oʻz mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega
boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz mulkdorining ustav
fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korxona xoʻjalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari
umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.
Unitar korxonalarning huquqiy mavqei ushbu Kodeks hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan
belgilanadi.
Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, bundan
quyidagi hollar mustasno:
korxona majburiyatlari boʻyicha javob berishi qonunchilik hujjatlari yoki korxonaning taʼsis
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda;
korxonaning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) shu korxona uchun majburiy koʻrsatmalarni berish
huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki korxona mol-mulki mulkdorining
gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, bunday shaxs zimmasiga korxonaning
majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻlishi mumkin.
Bu qoida shoʻba korxona taʼsis etgan unitar korxonaning shoʻba korxona majburiyatlari boʻyicha
javobgarligiga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish