Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Xususiy korxona tuzish tartibi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

64-modda. Xususiy korxona tuzish tartibi
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning
ustavini tasdiqlaydi.
65-modda. Xususiy korxonani boshqarish
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan
ishonchnomasiz ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablagʻlarini
hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi,
ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatini tasdiqlaydi, korxonaning barcha
xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Xususiy korxona mulkdori oʻzi vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik
vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash toʻgʻrisida yozma qaror qabul
qiladi. Xususiy korxona mulkdori ushbu rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid
huquqini cheklab qoʻyishi mumkin.
66-modda. Xususiy korxona mulkdorining huquqlari va majburiyatlari
Xususiy korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
xususiy korxona ustaviga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
kiritish;
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
xususiy korxonaning soliq va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qolgan foydasidan oʻz ixtiyoriga
koʻra foydalanish;


project.gov.uz
06.06.2022
27
xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qoʻyish,
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni
boshqacha usulda tasarruf etish.
Xususiy korxona mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Xususiy korxona mulkdori oʻziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart.
Xususiy korxona mulkdori zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi
mumkin.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish