Loyiha matni 49901-(61999)


-§. Ishlab chiqarish kooperativi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

6-§. Ishlab chiqarish kooperativi
74-modda. Ishlab chiqarish kooperativlari
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan
qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik
faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi
hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlarida uning faoliyatida aʼzolik
asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari kooperativning majburiyatlari boʻyicha qonunda va
kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.
Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi”


project.gov.uz
06.06.2022
31
degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqei va ular aʼzolarining huquq hamda burchlari
ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
7-§. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik
75-modda. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer xoʻjaligi, dehqon
xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi kooperativi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi
Qonuni bilan tartibga solinadi.
76-modda. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati kafolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik
subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning agrotexnika usullarini,
yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish
yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas.
Tadbirkorlik subyektlari tasarrufida boʻlgan yer uchastkalari maydonlarini ularning roziligisiz
maqbullashtirishga (qisqartirishga, oʻzgartirishga va boshqalarga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga
faqat yer uchastkasiga ijara huquqining qiymati, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va
inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga koʻchirilgandan yoki oʻzga
binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani
qoʻshgan holda) oʻrni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplangandan keyin
yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik subyektlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish
tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer va dehqon
xoʻjaliklarining urugʻlik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalar va
kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash borasida
sharoitlar yaratadi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari
uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa
qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi. Fermer va
dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish