project.gov.uz
06.06.2022
31
degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqei va ular aʼzolarining huquq hamda burchlari
ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
7-§. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik
75-modda. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlik, fermer xoʻjaligi, dehqon
xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi kooperativi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining
faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi
Qonuni bilan tartibga solinadi.
76-modda. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati kafolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik
subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning
agrotexnika usullarini,
yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish
yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas.
Tadbirkorlik subyektlari tasarrufida boʻlgan yer uchastkalari maydonlarini ularning roziligisiz
maqbullashtirishga (qisqartirishga, oʻzgartirishga va boshqalarga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga
faqat yer uchastkasiga
ijara huquqining qiymati, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va
inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga koʻchirilgandan yoki oʻzga
binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy
berilgan foydani
qoʻshgan holda) oʻrni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplangandan keyin
yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik subyektlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish
tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer va dehqon
xoʻjaliklarining urugʻlik
materiallarga, koʻchatlarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalar va
kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash
borasida
sharoitlar yaratadi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari
uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa
qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi. Fermer va
dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat