Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

78-modda. Fermer xoʻjaligi
Fermer xoʻjaligi qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa
faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining
asosiy tadbirkorlik subyektidir.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq
xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni
bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan
shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.


project.gov.uz
06.06.2022
33
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
tomonidan yuritiladi.
Fermer xoʻjaligi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin
tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish
toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan
namunaviy ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Yer ijara shartnomasi muddati tugaganda yoki ijara huquqi bekor boʻlganda fermer xoʻjaligi
boshligʻining istagiga koʻra fermer xoʻjaligining faoliyati vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
79-modda. Fermer xoʻjaligining boshligʻi
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi – fermerdir. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan,
qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining
fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ana shu
xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi. Fermer xoʻjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga
oʻtkazish taqiqlanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda,
shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi oʻqishga qabul
qilingan, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqini tegishli
tuman (shahar) hokimini xabardor qilgan holda ushbu moddaning birinchi qismi talablariga javob
beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin. Bunda
tuman (shahar) hokimi fermer xoʻjaligi boshligʻining xabarnomasi olgan vaqtdan boshlab bir ish kunida
yer ijara shartnomasiga tegishli oʻzgartirish kiritilishini taʼminlaydi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish