project.gov.uz 06.06.2022 20 oilaviy korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki
roʻyxati;
oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori.
Taʼsis hujjatlariga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
48-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablarida hamda chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalar uchun belgilanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu tadbirkorlik subyekti
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddatda toʻliq shakllantirilishi
kerak.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) chet el valyutasida
shakllantirilganda uning miqdori milliy valyutadagi ekvivalenti sifatida aks ettirilishi taʼsis hujjatlarni
(qayta) roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilgan sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankining rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan
boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning ustav fondiga
(ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritiladigan mol-
mulkning turi muassis (ishtirokchi, aksiyador) tomonidan taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
mustaqil ravishda belgilanadi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)ga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
Oilaviy korxonaning ishtirokchilariga tegishli boʻlgan yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning
ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilishi mumkin emas.
Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻzi kiritadigan mol-mulkni
mustaqil baholaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilayotganda
mulkdor oʻz oila aʼzolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni
korxonaga berayotgan boʻlsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik
olish talab etiladi.