43-modda. Birgalikdagi tadbirkorlik
Birgalikdagi tadbirkorlik jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) guruhi tomonidan
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va
(yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
project.gov.uz
06.06.2022
17
Birgalikdagi tadbirkorlikning faoliyati bilan bogʻliq shartnomalar birgalikdagi tadbirkorlikning
barcha ishtirokchilari nomidan tuziladi, ushbu shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar
birgalikdagi tadbirkorlikning barcha ishtirokchilari nomiga qabul qilinadi va amalga oshiriladi.
Birgalikdagi tadbirkorlik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oddiy shirkat;
oilaviy tadbirkorlik;
dehqon xoʻjaligi.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyingina
birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining
taraflari boʻlishi mumkin.
Oddiy shirkat tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bogʻliq
munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilishi dehqon xoʻjaligining yuritilishi bilan bogʻliq
munosabatlar 5-bobning 4-§ va 7-§ bilan tartibga solinadi.
44-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarning yollanishi
Yakka tartibdagi tadbirkor umumiy soni beshtadan koʻp boʻlmagan xodim yollashga haqli.
Xodimlar soni beshtadan oshgan holda faoliyatni amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor
yuridik shaxs shaklida oʻz faoliyatini qayta tashkil etishi kerak.
Bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkor, faoliyatning turlari
sonidan qatʼi nazar, besh nafardan koʻp boʻlmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan tartibda bank hisobvaragʻi ochgandan
soʻng xodimlarni yollash huquqiga ega boʻladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlari oʻrnatgan jismoniy shaxslarga yakka
tartibdagi tadbirkorlar sifatida qaralmaydi va ular yakka tartibdagi tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni
imzolash huquqiga ega emas.
Yakka tartibdagi tadbirkor va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodim (bundan
buyon ushbu moddada xodim deb yuritiladi) oʻrtasidagi mehnat munosabatlari ushbu moddada nazarda
tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlarini hisobga olgan holda
mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasini tuzish, unga oʻzgartirish
kiritish va uni bekor qilish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali
amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim oʻrtasida mehnat shartnomasi tuzilganligi haqida xabar soliq
organlariga yakka tartibdagi tadbirkorni hisobga olish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo
dasturiy-apparat kompleksi orqali mehnat shartnomasi tuzilgan kundan kechiktirmay avtomatik ravishda
yuboriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |