40-modda. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish
kafolatlari
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning
oʻzi mustaqil ravishda ushbu Kodeksning 12-bobida qayd etilgan tartibda belgilaydi va oʻz taʼsis
hujjatlarida koʻrsatadi.
project.gov.uz
06.06.2022
15
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatdan
oʻtkazilganligiga asoslanib beriladi. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) yuridik yoki jismoniy shaxs
boʻlgan tadbirkorlik subyekti nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ushbu nomning (belgining) egasiga
tegishli boʻladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) nashr etilganda, omma oldida ijro etilganda
yoki ulardan oʻzgacha tarzda foydalanilganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish
belgisining) oʻziga ham, ularning belgilariga ham biror-bir oʻzgartirishlar kiritishga faqat ular egasining
roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma
nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) egasiga tegishlidir.
41-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi
boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati
subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida
qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf
etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda ularning
mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik subyektlarining oʻzga qonuniy
faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi
boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning aʼzolarini saylash
(tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga
taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatmalar
va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan
tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish;
tadbirkorlik subyektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida
qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari aʼzolariga
nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda ular mansabdor shaxslarining banklar faoliyatiga,
shu jumladan banklarning filiallari rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablagʻlari hisobidan
turli xil toʻlovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi
organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik
tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlari, muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi
Do'stlaringiz bilan baham: |