Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

project.gov.uz
06.06.2022
14
qilinadi.
38-modda. Tadbirkorlik subyektlarining tovar, moliya va raqamli bozorlarga erkin kirish
kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari tovar, moliya va raqamli bozorlarga erkin kirishda, shuningdek davlat
ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar
koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tovar, moliya va raqamli
bozorlarga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda
cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organlari davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlarni
koʻrsatish) va yetkazib berishga doir buyurtmalarni tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida
joylashtirish choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining tovar,
moliya va raqamli bozorlarga kirishiga doir boshqa alohida shartlar belgilanishi mumkin.
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya
qilinmasligining kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, bundan
qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va
rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa,
mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga
yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar,
avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno boʻlib,
bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya qilish
toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul
qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror
ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish