Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

project.gov.uz
06.06.2022
12
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali
himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, boshqa
tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
33-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyat erkinligi kafolatlari
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining muassislari tomonidan taʼsis hujjatlarida
faoliyatning faqat asosiy turlari sanab oʻtiladi. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari taʼsis
hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
34-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz tovar (ish, xizmat)lari va daromadlarini
(foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning,
koʻrsatadigan xizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning)
mulkdoridir.
Tadbirkorlik subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliq va yigʻimlar
toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi, bundan sud
tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.
35-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaragʻida
(hisobvaraqda) mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan, hisobvaraqqa talablar qoʻyilganda mablagʻlarning
mavjud boʻlishini hamda tadbirkorlik subyektlarining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar
doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki
boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik subyektining hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli
toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib
qoʻyishi, tadbirkorlik subyektining topshirigʻiga koʻra hisobvaraqdan pul mablagʻlarini berishi yoki
oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank
yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik subyektiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va
muddatlarda foizlar toʻlaydi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti
hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik subyektiga foizlar toʻlaydi,
foizlarning summasi uning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi.
Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik subyektlarining pul
mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish