Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

«Bir va ikki» o‘yni.
Shug‘ullanuvchilar tarbiyachi tomon qarab turadilar va «bir-ikki, bir-ikki» 
sanoq ostida chirmandalarini boshlari ustida silkitadilar. Keyin hamma o‘ng tomonga 
burilib to‘xtaydi va yana «bir-ikki, bir-ikki» sanoq ostida chirmandalarni silkitadilar. 
Bolalar o‘ng tomonga yana bir marta buriladilar, bu holatda ular tarbiyachiga orqa 
o‘girib turgan bo‘ladilar va yana ikki marotaba o‘nga burilish bilan boshlang‘ich 
holatga qaytadilar. Har bir holatda shug‘ullanuvchilar chirmandani boshlari ustida 
silkitadilar va «bir-ikki» deb sanab turadilar.O‘yinni takrorlashda burilishlar chap 
tomonga bo‘ladi. Sanoq mashg‘ulotlari jarayonida bolalar she’r aytadilar. 
She’r .... 
Badantarbiya 
Bolalar quyidagi matnni aytgan holda turgan joylarida yoki zal bo‘ylab 
marsh yuradilar: 
She’rlar: 


«Qo‘llarni baland ko‘taring!» 
Tarbiyachining «Qo‘llarni baland ko‘taring» komandasi bilan – bolalar 
qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar; «Keyin ularni tushir» komandasi bilan esa qo‘llarni 
pastga tushiradilar. «Bir, ikki» sanalganda qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi, «uch, to‘rt» 
deganda qo‘llar pastga tushiriladi. 
«Koptokcha» 
Shug‘ullanuvchi koptokni qo‘lida ushlagan holda she’rning birinchi ikki 
qatorini aytadi, keyin navbatdagi ikki qatorni aytadi va har bir so‘zning aytilishida 
koptokni irg‘itadi: avval yuqoriga, so‘ngra yerga. 
She’rlar: 
7. MUSIQASIZ SO‘Z MAShG‘ULOTLARI 
Bu mashg‘ulotlar birinchi marotaba V.A.Griner tomonidan tili 
duduqlanuvchi bolalar bilan shug‘ullanishda qo‘llash uchun tavsiya etilgan bo‘lib, 
musiqa asbobidan foydalanishni bilmagan logoped uchun juda qulaydir. Bunday 
topshiriqlardan – ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini yoki jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, logopedik mashqlar vaqtida, she’r satrlarini biror-bir 
harakatlar bilan yoki hech qanday harakatlarsiz aytgan holda, foydalanish mumkin. 
Harakatlar mexanikaviy bo‘lmasligi lozim. Mashg‘ulotning she’r qismi 
quyidagilarga, ya’ni: 
– duduqlanuvchilarning nutq tempi va ritmini normallashtiruvchi, nutqida 
umumiy nuqsonlar mavjud bo‘lgan bolalarning so‘z boyligini o‘stiruvchi (fe’l, ism 
so‘zlar), dizartriyali bolalarda tovush talaffuzini avtomatlashtiruvchi turli korrreksion 
yo‘nalishlarga; 
– harakatni qo‘llar bilan, oyoqlar va so‘z ritmi bilan solishtirish uchun ma’lum 
bir dinamik o‘lchovga; 
– katta uzunlikdagi qatorga munosib harakatni tanlash qiynroq bo‘lganligi 
uchun o‘rtacha uzunlikdagi qatorga; 
– harakatni namoyish etish uchun fe’lli leksikonning yetarliligiga; 


– mexanik xarakatlarni bartaraf etish hamda matn bilan xarakat orasida 
mantiqiy bog‘liqlikni tarbiyalash uchun lavhali qatorga yoki faoliyat yurituvchi 
shaxsga ega bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari she’rlar, shug‘ullanuvchilarning yoshini, nutq va 
harakatlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tanlangan bo‘lishi lozim. 
Nutq mashg‘ulotlarining barchasini ham harakatlanib turib yoki bir vaqtning 
o‘zida she’r aytish bilan birga bajarib bo‘lmaydi. Bunday faoliyat nafas olishning 
buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli shug‘ullanuvchilarni ikki guruhga 
bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi: bir guruh harakatlarni bajarsa, ikkinchi guruh 
matnni o‘qiydi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish