Kurs ishining dolzarbligi. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo‘lgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi, bozordagi raqobatni rag‘batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim.
Kurs ishining maqsadi. Bu ilmiy kurs ishimning asosiy maqsadi bugungi ozbekistonda eksport hamda importni yolga qoyishda va rivojlangan davlat lar bilan ozaro savdo sotiqda hamda kotta miqdordagi Tovar ayrboshlashda hizmat qilayotga logistika tizmining eng yirik yonalishlaridan bri hisoblangan logistikada yuk tashuvlarini tashkil etish hamda ularni boshqarish sohasini aniq ilmiy tadqiqot va hulosalar yordamida yortib berish.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunat bog’langan 4 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 37 betni tashkil etadi.
Logistika haqida umumiy tushuncha. Uning funksiyalari va tamoyillari.
Logistik samarali yetkazib berish tizimlari muhim bo'lgan ko'plab sohalarda muhim rol o'ynaydi. Oddiy ma'noda, logistika manba manbalaridan so'nggi manzilga o'tishni boshqaradi.
Odatda logistlar sotib olish, tashish, inventarizatsiya va omborlarni o'z ichiga olgan faoliyatni nazorat qiladilar. Ular, shuningdek, bir qator tovarlar, odamlar yoki ta'minot vositalarining harakatlanishini boshqaradilar. Ular APICS yoki Xalqaro Logistika Jamiyatidan sertifikat olishlari mumkin (SOLEY).
Logistika sohasida ishlash uchun quyida keltirilgan boshqa ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda yuqori darajada rivojlangan va tasdiqlangan boshqaruv qobiliyatiga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi:
Vaqt boshqarish: Vaqtni boshqarish va logistika bilan shug'ullanish. Ayniqsa, ta'minot zanjirlarida mahsulot oqimini muvaffaqiyatli boshqarish uchun kalit bo'lganda.
Yetakchilik: kuchli yetakchilik har qanday tashkilotning muvaffaqiyati, ayniqsa logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi sohasida muhim ahamiyatga ega.
Tanqidiy fikrlash: Muqobil yechimlarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun mantiq va fikrlashdan foydalanish. Logistika sohasining muvaffaqiyatiga nafaqat nafaqat murakkab muammolarni, balki murakkab muammolarni ham hal qilishda yordam beradi.
Muammolarning murakkabligi: Tanqidiy va ijodiy fikrlash, analitik, metodologik va innovatsion muammolarni hal qilishda qobiliyatga ega bo'lish - bu yerda muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim bo'lgan muhim mahoratdir.
Logistikaning funksiyalari. Logistika materiallar harakatining har bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta’minlash va tashkil etishni о’z ichiga oladi.
Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:
integratsiyalashuvchi — tovar harakati jarayonini bir butun jarayon sifatida tashkil etadi;
tashkillashtiruvchi — tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro kelishilganligini ta’minlaydi;
boshqaruvchi — material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan chegarada ushlab turadi.
Integratsiyalashuvchi funksiya. Tovarlarni yetkazib beruvchidan iste’molchigacha bolgan harakati davomida moddiy oqim materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) bosqichlaridan o’tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli bo'lgan masalalarni yechadi. Lekin ularning birortasi ham tovar harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bu jarayonda muhim o‘rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlaming bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o‘z o'rnida ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati jarayonining o'tishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, savdo bozorining kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o'sishiga olib keladi.
Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchalik to‘xtashi yoki ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta inqirozga va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zaxiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi.
Logistika xarid qilish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini hitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
Logistika orqali materiallar oqimini boshqarish bir butun, integratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u homashyo manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal maqsadlaridan ishlab chiqarish tashkilotining global maqsadlariga o'lish amalga oshiriladi.
Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o‘rtasida xo’jalik nuqtalari tashkil etiiadi va amalga oshiriladi. Xo'jalik aloqalarining interaktiv asosi bo‘lib mehnatning tovar harakati bosqichlari bo’yicha bo'linishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohida- kelishuviga olib keladi va turli aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini saralash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun Mqimli jarayon ichida materiallar va axborotning «ishlab chiqaruchi — iste’molchi» zanjiri bo'yicha harakatini tashkil etish, alohida bosqichlari o‘zaro ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi funksiya. Ko'rib chiqilayotgan jarayonning ham 1 qismlarini bir-biriga moslashtirish va ratsional o'zaro harakatiga erishish uchun ularni boshqarish zarur. Logistik boshqaruv hamma turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamayishiga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati jarayoniga boshqaruv ta’siri material o'tkazuvchi tizim prinsiplarini berilgan chegarada saqlashdan iborat.
Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakllanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari o‘rtasida zarur xojalik aloqalarini o‘matish yo‘li bilan Lining samarali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini ta’minlab beradi.
Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi — ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik funksiyalar va maqsadlaming yig‘indisini logistikaning asosi tasniflaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o'zaro hamjihatligini ta’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan joyga, so'ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida boshqarishdan iborat.Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat turi sifatida ochib beradi.
Logistika tamoyillari. Logistika tamoyillari boshlang‘ich nuqtalarni tashkil etadi va ular asosida logistik tizimlarning ishlashi va qurilishi amalga oshiriladi.
Tizimlilik tamoyili. «Ishlab chiqarish — sotish» tizimi chegarasida moddiy oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil ishlab chiqarish buyurtmalarini harid qilish, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlarida bir butun texnologik jarayonning ishlab chiqarilishida va amaliyotda qollanilishida o‘z aksini topadi.
Teskari aloqa tamoyili. Bu tamoyilga, asosan, logistik tizimning maqsad va vazifalari mahsulot va xizmatlar bozori talablariga binoan aniqlanadi. Kutilayotgan buyurtmalar miqdori, talab etilayotgan sifat darajasi va yetkazib berish muddatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va assortimenti, materiallarga buyurtmalar shakllanadi. 0‘z navbatida, qabul qilingan harid strategiyasidan kelib chiqqan holda zarur bolgan zaxiralar miqdori aniqlanadi. Teskari aloqa tamoyilini amalga oshirish logistik tizim tarkibida maxsus bo'lim ajratilishini talab qiladi, bu bo'lim boshqaruv tizimining samaradorligi va mahsulot hozori talablari haqida ma’lumotlami yig'ish va qayta ishlashni amalga oshiradi.
Optimallik tamoyili — tovar harakati jarayonining bosqichlari va qatnashchilari o‘rtasida shunday o‘zaro kelishuvga erishiladiki, bunda korxonaning «ishlab chiqarish — sotish» tizimi sifatida loyihaning eng katta samaradorligi ta’minlanadi.
Egiluvchanlik tamoyili — logistik tizimning faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga va iste’molchilaming o‘ziga xos talablariga yuqori darajada moslashuvchanlikni nazarda tutadi. Egiluvchanlik tamoyilini amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy muhitning o‘zgarish tendensiya (yo‘nalish)larini bashoratlash va ularga qarshi xatti-harakatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni olib borish talab etiladi.
Kelib tushishning xavfsizligini ta ’minlash tamoyili — logistikaning tamoyili sifatida shunday tashkiliy— iqtisodiy sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadiki, unda korxonaning zarur moddiy resurslar bilan uzluksiz ta'minlanishi va tayyor mahsulotni yetkazib berish muddatlarining sozsiz bajarilishining ta’minlab borilishi zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili tovar harakatining barcha bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib tushish va yuk tashishni boshqarish bo‘yicha faoliyatlarni bir- biriga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish zarurligini ko‘zda tutadi.
Kompyuterlashtirish tamoyili — logistik funksiyalar va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal darajada baiarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim materiallar harakatini nazorat qilish va yarimtayyor mahsulotlar, layyor mahsulotlaming ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish zaxira- larining holati, kelib tushishning hajmi. buyurtmalarning bajarilish darajasi va boshqalar haqida ma’lumot to‘plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni zijlashtirishning eng katta samarasini va iste'mol- chilarga yuqori darajada xizmat ko'rsatilish garovini axborot- boshqaruv tizim lari beradi.
Bu tizimlar homashyo xarid qilinishidan to tayyor mahsulotning iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Konsepsiya — bu yondashishlarning tizimi, hodisalarni, jarayonlarni u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni boshqarishni ratsionallashtirish yo‘li bilan xo'jalik faoliyatini takomillashtrrishga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi.
Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
logistika masalalarini yechishda tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish;
iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish;
butun logistik zanjir davomida xarajatlarni hisobga olish;
logistikaga korxonalaming raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish.
Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. Logistikada tizimli yondashish xo‘jalik yurituvchi subyektlami o‘zaro bog‘liq tizim otilar kompleksi — ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish bo‘linmalari sifatida kо‘rib chiqishni nazarda tutadi, ular tashqi muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqa- riladi. Logistik tizimlarning faoliyati murakkab «asos — natija» aloqalarining ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosobatlarida vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Bunday sharoitlarda tizimlar faoliyatining umumiy maqsadlarini hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish yetarli emas yoki xato bo'lishi mumkin.
1-misol. Korxonaning boshqaruv bo‘limi shakarni qog'oz paketlarga joylashtirish haqida qaror qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo’madi.
Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transport va savdo-sotiq tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va maqsadi moddiy oqimni optimallashtirishdan iborat bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)Iar asosida qarorlar qabul qilish — iqtisodiy kompromisslarni ishlatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma ishlab chiqarish tashkilotlarining chiiqish doirasini namoyon qiluvchi hisobotlarda aks etadi. Iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish, tovar harakatining alohida bosqichlarini tutashuv joylarida logistikaning aralash funksiyalari talablarini hisobga olish zaruriyatini ko‘zda tutadi.
Bu kelib tushishining hajmi, tezligi va unga ketadigan harajatlardagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liq holda ko'rib chiqishi, xaridlar miqdori haqida qarorlar esa buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar va zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar hisobiga olingan holda qabul qilinishi zarurligini hildiradi.
butun logistik zanjir doirasida xarajatlar hisobi. Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri — moddiy oqimning birlamchi iste’molchidan to oxirgi iste’molchigacha yetkazib borishga ketadigan xarajatlarni boshqarishdir. Lekin tovar harakati jarayonida xarajatlarni boshqarish faqatgina to‘liq hisobot amalga oshirilsagina mumkin bo'ladi,Logistik jarayonlar va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi, logistik funksiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni ajratishi, eng muhim xarajatlar hamda ularning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlarni shakllan- ntirishi zarur. Bu shart bajarilsa, logistik tizimning optimal shaklining asosiy mezonini ishlatish imkoniyati vujudga keladi butun logistik zanjir davomida eng kam xarajatlar yig‘indisi hosil bo'ladi.
Logistikaga korxonaning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish. Logistikaning raqobatbardoshlikning omili sifatida ko‘rib chiqilishi shu sohada qabul qilinayotgan qarorlar, mahsulot sotishdan tushadigan foydaga ko‘rsatadigan ta’siri niuqtai nazaridan baholanishi zarurligini ko‘zda tutadi. Shuning uchun logistikani korxona ishining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlar bilan bog’liqligini aks ettiruvchi ko'rsatkichlarini to’ldirish masalasi yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |