6.Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy
g‘oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga
oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma
’lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida,
«Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan soliq
siyosatiga katta
o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob» da esa o‘sha davrdagi soliq,
uning turlari t
o‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Bobur dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan
iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati
o‘laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda
osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur
asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda
o‘chmas iz qoldirdi. Bobur
va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim
o‘rinni egallagan.
Boburning
«
Mubayyin
» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga
ba
g‘ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham
«zakot» ma’lum
miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma
’nosida qo‘llaniladi hamda naqd
pul va savdo yi
g‘imi shaklida to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish ob’ektining
«nisobi», ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun belgilangan miqdori
aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.
«
Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta t
o‘la
», deb yozadi Bobur. Xiroj,
ya
’ni yer solig‘i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning
miqdoriga bo
g‘liq bo‘lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq
solinadigan yerning maydoniga bo
g‘liq ravishda olingan.
Yerni su
g‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq
va issiq, yer-tuproq sharoiti sun
’iy sug‘orishni talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar,
tabiiyki, lalmikor yerlardan k
o‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo‘lgan.
Suv soli
g‘i quyidagicha olingan:
«
agar su
g‘orish davrida chig‘ir qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%)
soliq uchun t
o‘lashing kerak
», ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va
bu mantiqan t
o‘g‘ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‘imlar tamomila
islomiy shariatga t
o‘la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur
’oni karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa
manbalarda qat
’iy belgilab qo‘yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan,
boqiladigan mollar, ya
’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 q
o‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta,
400 dan ortiq b
o‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot qilib berilgan. Shuningdek,
«
Boburnoma
»da
bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi
ehtiyojlarining qondirilishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati t
o‘la bayon qilinadi.
Bobur savdo-sotiqning xalqlar
o‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini y
o‘llarda talash, bosqinchilik qilish,
mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda b
o‘lgan. Bu siyosat
Amir Temur, Ulu
g‘bek va boshqa temuriylar siyosati bilan ma’lum. O’sha davrda Bobur
savdogarlardan olinadigan savdo yi
g‘imining ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga
katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yi
g‘imi 20
misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad
hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya
’ni daromad ko‘payishi bilan soliq kamaygan va
boylik jam
g‘aruvchilar uchun o‘ta manfaatli bo‘lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni
q
o‘llash foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‘im esa ularning qaysi
yurtlardan kelganligiga bo
g‘liq bo‘lgan.
Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan b
o‘lsalar, barcha daromadlarining
yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon b
o‘lmagan mamlakatlardan
kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon
savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali
soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida q
o‘llanib kelindi va
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta
’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining
juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni k
o‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi.
Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish ta
’qiqlangan, ya’ni iqtisodiyotda
proteksionizm siyosati q
o‘llanilgan. Boburdan keyin uning o‘g‘li Xumoyun, keyinchalik
nevarasi Akbarshoh Jaloliddin 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik
qilgan. Akbarshoh 1574 yildan boshlab islohotlar
o‘tkazdi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi,
yagona uzunlik va o
g‘irlik o‘lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‘g‘risida 1601 yil «Akbarnoma»
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi
o‘z aksini topgan.
«Shoh Akbar va Dono Birbal» nomli to‘plamda ko‘rsatilishicha, XVI asrning ikkinchi
yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi Bobur
an
’analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar o‘rtasida birodarlik
munosabatlarini
o‘rnatish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda
Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga alohida mehr bilan
qarab, uni har tomonlama e
’zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqidillik
bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning
o‘zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy
shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va
insof bilan birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi,
feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga uriniladi.
«Podshohning besh savoli» hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi
namoyon b
o‘ladi. «Ulug‘ ma’bud Indiradir»,- deb so‘z boshlaydi u.
Uning amri bilan yom
g‘ir yerni sug‘oradi, bug‘doy unadi, odamlar to‘kin va to‘q
yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga k
o‘p foyda keltiradi. Eng qimmatli
gul-paxtaning guli. Undan mato t
o‘qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning
tishidan ulu
g‘ tish yo‘q. Chunki u yer bag‘rini yoradi, shundan keyin don va sabzavot
ekiladi, odamlarni t
o‘ydiradi. Ulug‘ fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz b
o‘lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‘qdir. Jasorat bu mehnat.
Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi mehnatgina emas, balki hunarmandlar
mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada
«Inson qo‘li gul» hikoyasi yanada
qiziqarlidir. Birbal bo
g‘bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -Ertaga bog‘ va gulzorlardagi eng
chiroyli va yaxshi gul bilan
o‘zing yetishtirgan mevalardan olib, shohning huzuriga borasan.
Shoh bo
g‘bondan meva va gullarning narxini so‘raganda, u: -Olampanoh! Biz bu
m
o‘‘jizalarni bunyod qilish uchun ko‘p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming
rupiy s
o‘raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal quyidagilarni
aytibdi
: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo‘li bilan yaratilganidan yaxshi va
qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning q
o‘li gul ekanini, uning iqtidori
yaratgan m
o‘‘jizalar tabiatnikidan go‘zal bo‘lishi mumkinligini isbotlashga va’da bergan
edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bo
g‘bon yaratgan mevalar va
gullar uchun ming rupiy t
o‘ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz».
«Mehnatni qadrlash hayotni saqlar» hikoyasida yozilishicha, shoh Akbar bilan Birbal yoshlik
davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi.
Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan.
Kavlashsa, yerga k
o‘milgan oltin qanday bo‘lsa shundayligicha turganmish. Boylikni olishib,
eski uylariga bir kulba tutashgan b
o‘lib, u yerda o‘sha paytlarda munkillagan bir kampir
yasharkan. Kampir kunni kun demay odamlarga q
o‘l tegirmonida donni yanchib berarkan.
K
o‘z tashlasa kampir hali ham hayotmish. Ko‘rinishi ham o‘zgarmabdi.
Avvalgidek q
o‘l tegirmonni aylantirib yotganmish. So‘ng ular kampirga rahmi kelib,
bundan keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining hammasini in
’om qilishibdi.
Kampirning qarilik yillari rohat-faro
g‘otda o‘tadigan bo‘libdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha,
shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 50 yil
o‘tibdi.
Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr k
o‘rish shartlaridan biri ekanligi
haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi.
Hikoyalarning ba
’zilari o‘sha davrdagi tovar-pul munosabat-lari masalalariga
ba
g‘ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‘ra, Birbal Hindistonning Bengal
viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh
ming rupiylik molni
o‘ziniki qilib olmoqchi bo‘lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni
beradi
. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‘lsa, ularni zarariga sotishga rozi
b
o‘larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‘ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga
pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi.
«Tentaklar ro‘yxati» hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar unga
juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, 1000 rupiy zakolat bergani
hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi
shahardan ekanligini s
o‘ramagan, savdoda xatoga yo‘l qo‘ygan edi. Savdogar esa
muttaxamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda, Birbal tovar-pul munosabatlaridagi bu
kamchilikni aytib
o‘tadi. Savdolashganda xorij savdogar sotib olgan mol qaysi yurtdan,
qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini s
o‘rash lozimligini ta’kidlaydi. «Hozir nima
harakatda
» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri oy, deb javob
bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi
: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‘r qarzga bergan
pullarning foydasi harakatda. Axir, bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha,
kundan-kunga tezligi oshib boradi
». Bu javob shoh Akbarga ma’qul tushadi, chunki
Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik q
o‘shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni
xonavayron qilishi hammaga ma
’lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz stavkasi
bilan bo
g‘liq voqea haqida borayapti.
Dehqonlar olgan qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida
qoralanadi. Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan
davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni keltirib
chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy yi
g‘inida har bir mulozimidan: -Dehlida
nechta qar
g‘a bor? - deb so‘rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi.
Birbal shunday javob beribdi: -O
’tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming
besh yuz sakson beshta qar
g‘a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, o‘tgan
yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va q
o‘shib qo‘yibdi: -Shoshmay tur,
hali agar Delidagi qaralarning soni bittaga k
o‘p yoki kam chiqsa uch ming besh yuz sakson
besh rupiy jarima t
o‘laysan. Shuning uchun kechgacha o‘ylab, menga aniq javob ber,-debdi
shoh. -Mening hisobim t
o‘ppa-to‘g‘ri, qat’iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta sanaganda
ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim qar
g‘alarning qayergadir mehmonga
uchib ketishi va boshqalarning bu yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak
bas
». Bu javobda Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‘alarni sanab bo‘lmasligini
k
o‘zda tutgan, shu bilan birga qarg‘alar ko‘payib, yozda sovuq joylarga uchib ketishini
esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan
dalolat beradi.
«Haqiqat qo‘ng‘irog‘i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor ekanligi o‘z
ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u shahardagi maydonga bitta
ustun
o‘rnatib, qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu
yerga ham q
o‘ng‘iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‘ng‘iroq ham
jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida q
o‘ng‘iroq jaranglab qolibdi. Xo‘kiz
q
o‘ng‘iroq ipini tortgan ekan. Xo‘kiz-xo‘kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‘ltillab
turganmish, xolos. Shoh Birbalga
«Xo‘kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber»,
debdi. Birbal h
o‘kizning elkasini silab, uning ko‘zlariga tikilibdi. Keyin shohga xo‘kizning
dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi
: «Men qaridim, ish qilishga kuchim etmay
qoldi. quvvatim borligida x
o‘jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi.
Endi b
o‘lsa ko‘chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh
topaman,-deyapti
», debdi. «Ho‘kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi: -Nega
bo
g‘lab qo‘ymadingiz? Savdogar javob beribdi: -Janob vazir, u menga endi kerak emas.
Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan t
o‘lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi.
-Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan
haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan b
o‘ladimi?-deb so‘rabdi Birbal. -O’z
otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar.
Bir eslab k
o‘rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan
andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz mahluq butun quvvatini senga
sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang.
Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu x
o‘kizni shoh molxonasiga qo‘yib yuboramiz.
Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy har t
o‘laysan. Savdogar pulni to‘laydigan
b
o‘libdi. Bu hikoya o‘z davrida va undan keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega
b
o‘lgan. Xizmatkorlarni ishlatib, haqini tlamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga
insofli b
o‘lish kerakligi to‘g‘risida qisqacha xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |