’limotlar Xalq o g‘zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar


Yusuf Xos Hojib - davlat arbobi va turkiy dostonnavisi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana06.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#746485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18-мавзу

4.Yusuf Xos Hojib - davlat arbobi va turkiy dostonnavisi 
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili 
Qora
õoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog‘unda tug‘ildi. Bo‘lajak mutafakkir o‘z 
davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida 
«Qutadg‘u bilig» (Qutga, ya’ni baxt saodatga erishtiruvchi 
bilim) asarini turk tilida yozib, Qora
õoniylar hukmdori Tabg‘ochxon Bug‘roxonga taqdim 
etadi. Xon Yusufga 
«Xos Hojib» (eshik og‘asi) degan martabani in’om etadi.
Bizgacha Yusuf Xos Hojibning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda 
shunday durdonalar t
o‘planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriy 
va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha 
jabhalari b
o‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda 
berilgan bu 
g‘oyalar o‘z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. 
Ayniqsa iqtisodiyot masalalari b
o‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab 
o‘rganilgan. Asar 18 oyda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda 
nihoyalangan) b
o‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.


Yusuf Xos Hojib fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib 
b
o‘lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko‘rsatish kerak, degan 
fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga t
o‘qnashib, odam bilishi mumkin bo‘lmagan 
narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq y
o‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, 
deydi. Bilish uchun esa tinmasdan 
o‘rganish lozim, deb uqtiradi.
Adam Smitning iqtisodiy ta
’limotga ko‘ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo‘hrondan 
chiqarish uchun 3 narsa talab etiladi:

Tinchlik-osoyishtalik;

Me
’yoridagi soliqlar;

Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni.
Ana shu 
g‘oya aslida Yusuf Xos Hojib tomonidan yetti asr avval bayon etilgan.
Xalq, raiyat (soliq t
o‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb 
uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini k
o‘tarish yoki (ushlab turish);
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta
’minlovchi qonunlarni joriy etish
3) y
o‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida t
o‘lashni, chiqargan farmon qonunlarini 
bajarish hamda d
o‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. 
K
o‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi 
g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli b
o‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflyatsiya muammosi bilan 
chambarchas bo
g‘liq, baholarning mo‘‘tadilligi ham ta’min etiladi. U o‘z navbatida inqirozsiz 
iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi.
Y
o‘llarni o‘g‘rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni 
ta
’minlash va qo‘llab-quvvatlashning o‘zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‘jaligi uchun 
ustuvor ahamiyati t
o‘g‘risida gap yuritiladi. 
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kamba
g‘al tabaqalar ahvoliga 
achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan 
mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli b
o‘lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga 
b
o‘ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi. Mana shunday yo‘l bilan osoyishta hayotga 
erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi 
g‘oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‘l keladi. Unda mulk tutishning 
siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning 
mangu qolishi, gullab-yashnashi va uning xarob b
o‘lish belgilari berilgan. Mutafakkir 
ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi
. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi 
xuddi shu masalaga ba
g‘ishlangan. Vazir, qo‘mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning 
faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.
Masalan
, «
Vazir k
o‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan 
asraydi. K
o‘zi och odam bor olamni esa ham tiymaydi
», deydi olim. Dehqon, savdogar, 
chorvador, oddiy mehnatkash ahli t
o‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «
Bular bilan yaqin 
b
o‘lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha
», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e
’tibor beriladi. «
Odamzod 
naslining ulu
g‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir
», deb 
yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim k
o‘pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda 
aziz b
o‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‘quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha 
murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. K
o‘rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish 
b
o‘yicha tanlangan o‘z yo‘nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari 
tajribasini 
o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo‘limizning 


t
o‘g‘riligidan dalolat beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish