O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi
O‘ZBEKSTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA՚
LIM VAZIRLIGI
Navoiy Davlat konchilik instituti Nukus filiali
“Geomexanika”
fanidan
tajiriyba ishlari uchun uslubiy ko‘rsatma
(2-kurs uchun)
Bilim sohasi:
|
300 000 – Ishlab chiqarish va texnika
|
Talim sohasi:
|
310 000 - Muhandislik ishi
|
|
320000 - Ishlab chiqarish texnologiyalari
|
|
610 000 - Xizmat ko’rsatish sohasi
|
Talim yo’nalishi:
|
5311600 – Konchilik ishi
|
Umumiy o’quv soati – 240 soat, III,IV semestr.
Shu jumladan:
Ma’ruza – 60 soat.
Amaliy – 30 soat.
Laborotoriya-16 soat
Mustaqil talim soati – 134 soat.
LАBОRАTОRIYA MАSHG’ULОTI № 1.
Kоn jinslаrini sоlishtirmа vа hаjm оg’irligini аniqlаsh
Zichlik - bu tog’ jinslari va minerallar zarrachalarining o’zaro joylashishidir.
Unda tog’ jinslarining solishtirma hamda hajmiy og’irligi, g’ovakligi kiradi.
Tog’ jinslarining solishtirma og’irligini aniqlash.Solishtirma og’irlik - bir xil bo’lgan moddalarning hajmi birligiga to’g’ri keluvchi og’irlikdir. Tog’
jinslari qattiq, suyuq, gazsimon fazalardan iborat, turli ko’rinishdagi fazalarning solishtirma og’irligi aloxida - aloxida aniqlanadi. Qattiq fazadagi tog’ jinslarining solishtirma og’irligi (o
k) quyidagi formula orqali aniqlanadi
G
t - qattiq fazali tog’ jinslarining og’irligi, g, kg, t; V
t - qattiq fazali tog’
jinslarining hajmi - mm3, sm
3, m
3.
Internasionl sistemadagi - SI solishtirma og’irligining o’lchov birligi - H/m3, shuningdek g/sm3, kg/m3, t/m3 larda ifodalanadi.
Qattiq holatdagi tog’ jinslarining solishtirma og’irligi laboratoriya sharoitlarida piknometrik usul orqali aniqlanadi. Mazkur usul suyuqlik to’ldirilgan va suyuqlikning bir bo’lagi bilan almashtirishdan piknometr og’irligining o’lchashga asoslangan. Piknometrda tog’ jinsi o’zining hajmida teng bo’lgan suyuqlikni chiqaradi (Arximed qonuni). Moddaning hajmi piknometr hajmining o’zgarmas holatida tog’ jinsi tomonidan siqib chiqarilgan suyuqlik massasi orqali aniqlanadi. Piknometr - tor dumaloq 25, 50, 100, 150 ml shisha kolbadan iborat bo’lgan o’lchov idishidir. Kolbaning bo’g’ziga piknometrning nominal hajmida mos bo’lgan belgi chizilgan.
Asbob-uskuna, dastgoh, material: tog’ jinslari namunalari, analitik, texnik va mayda qadaq tashli torozilar, tog’ jinslari namunalarini kukunga ayltntirib maydalaydigan hovonchalar, 0,5 mm o’lchamli elak, piknometrni belgigacha suyuqlik bilan to’ldirish uchun tomizgichlar (pipetkalar), qisqichlar (pinsetlar), xokondozlar. Piknometr uchun suyuqlik: distillangan suv (200S haroratdagi solishtirma og’irligi 1 g/cm3) yoki boshqa suyuqliklar. Suvda eriydigan tog’ jinslari uchun - toza kerosin (solishtirma og’irligi 0,76 g/cm3), spirt, to’rtxlorli uglerod (solishtirma og’irligi 1,6 g/cm3).
Ishlarning bajarilish tartibi.Maskur jinslarga xos bo’lgan va har birining og’irligi 60-100 g bo’lgan turli shakldagi namunalar olinadi. Qattiq fazaning solishtirma og’irligini aniqlash uchun 0,1 g aniqlikdagi toza quruq bo’sh piknometr (G) o’lchanadi. G’ovaklar (gaz) va suyuqliklar hajmining aniqlash natijalarida tasirini bartaraf etish uchun 30-40 g og’irlikdagi jins natijalari hovanchada kukun holatda kelguncha maydalanadi. Maydalari teshikchalarining o’lchami 0,5 mm bo’lgan g’alvirdan o’traziladi. Maydalangan jins kukunlari o’lchangan bo’sh piknometrda solinadi hamda o’lchanadi - G
2, g.
So’ng piknometr distillangan suv bilan shunday to’ldirikishi kerakki, solingan suv jins piknometr hajmining 0,7 qismini egallashi lozim. Jinslardan havoni siqib chiqarish uchun piknometr chayqatiladi, so’ng uni qaynab turgan idishning ichidagi bug’ga qoyiladi, keyin tomizgich (pipetka) yordamida piknometrning belgilangan joyigacha suv quyiladi va yana o’lchanadi - G3, g. Suv jins bilan birgalikda to’kiladi, piknometr yuviladi va qyritiladi, co’ngra unga distillangan suv quyiladi va o’lchanadi - G1, g. Jinsning solishtirma jg’irligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: