Tog’ jinslari va minerallar haqida umumiy ma’lumot - Reja:
- Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha.
- Tog’ jinslarining xususiyatlari.
- Magmatik, metamorfik va cho’kindi tog’ jinslari haqida ma’lumot.
- Minerallar va ularning turlari.
- Qimmatbaho minerallar haqida ma’lumot.
Tog’ jinslari haqida umumiy tushuncha. Togʻ jinslari - Yer poʻstini tashkil qiluvchi, mustaqil geologik jism hosil qiluvchi doimiy tarkibga ega boʻlgan tabiiy mineral agregatlardir. "Tog’ jinslari" termini hozirgi maʼnoda 1798 yildan beri ishlatilib kelinadi. Odatda tog’ jinslari deb faqat qattiq jismlarni tushuniladi, keng maʼnoda esa ularga suv, neft va tabiiy gazlar ham kiradi. Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkibi bilan bir qatorda, struktura va teksturasi ham muhim diagnostik belgi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |