Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi.
O‘zbekiston 
Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 
davlat tomonidan ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilishda qarz 
majburiyatlarining: (1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga 
chiqariladigan), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan 
davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga 
chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; (2) kreditlar (qisqa 
muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli); (3) O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatlari; (4) byudjet daromadlari bilan 
xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovvutni qoplash uchun qisqa 
muddatli ssudalar hamda (5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa turlaridan foydalanish mumkin
4

Davlat qarz majburiyatlari – bu davlatning o‘z kreditorlariga 
bo‘lgan qarz majburiyatlarining summasidir. Davlat qarzlari joriy va 
mukammal, ichki va tashqi qarz majburiyatlariga bo‘linadi. 
_________________________ 
4
Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 14 декабрдаги «Бюджет тизими тўғрисида»ги қонуни. 


152 
Davlatning joriy qarz majburiyatlari – bu joriy yilda qaytariladigan 
qarzlar va muayyan vaqtda barcha chiqarilgan zayomlar bo‘yicha 
hozirgi davr ichida to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar so‘mmasidir. 
Davlatning umumiy qarz majburiyatlari – bu zayomlar bo‘yicha 
to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha qarzlar va foizlarning umumiy 
so‘mmasidir. 
Davlat qarz majburiyatlari o‘zining manbalari bo‘yicha 2 turga 
(ichki va tashqi qarzlarga) bo‘linadi: 
Davlat ichki qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan ichki 
mablarni jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning 
majburiyatlarini yig‘indisi. 
Davlat tashqi qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan 
xorijdan mablag‘lar jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning 
majburiyatlari yig‘indisi. Xorijdan jalb qilingan mablag‘larga: 
– davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki 
xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
– norezidentlar mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining 
moliyaviy institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi; 
– lizing operatsiyalari; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezident-
larining obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli 
qog‘ozlar chiqarish, xorijiy bozorlarda joylashtirishi hamda boshqa 
tur va shakllardan foydalanish yo‘li bilan jalb qilinadi
5

Xorijdan mablag‘ jalb qilish – bu O‘zbekiston Respublikasi 
yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar 
aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy 
davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi 
shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan, 
aktivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni taqdim etish 
majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishidir.
Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi – bu aktivlarni chet el 
manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va 
halqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida 
_____________________________ 
5
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi qonuni. 


153 
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz 
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (zayomlarini) to‘lashiga kafil 
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishidir.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki 
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish 
hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi 
sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) 
to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish