154
Qarzlarga xizmat ko‘rsatish – bu zayomlarning qaytarilishi, ular
bo‘yicha foizlarni to‘lash va chiqarilgan zayomlarning qaytarilish
shartlarining o‘zgarishga doir davlat tadbirlarining majmuasidir.
Zayomlarni qaytarish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi. Ayrim hollarda davlat o‘zining
qarzlarini qaytarishni
yangi zayomlar chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi. Davlat qarziga
xizmat ko‘rsatish xarajatlarining asosiy qismi foizlarni to‘lash,
zayomlar bo‘yicha yutuqlarni to‘lashga ketgan mablag‘lar tashkil
qiladi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning boshqa xarajatlariga
davlat qimmatli qog‘ozlarini tayyorlash, jo‘natish va sotish,
yutuq
tirajlarini o‘tkazish, tirajlarni yo‘q qilish hamda ayrim boshqa
tashkiliy xarajatlari kiradi. Ayrim mamalakatlarning davlat byudjeti
tarkibida
davlat
qarz
majburiyatlarini
joylashtirish,
qayta
moliyalashtirish, daromadlarni to‘lash va qarzlarni qaytarish
bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun mamlakatning ichki
qarziga xizmat ko‘rsatish fondi tashkil qilinadi
7
.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish – bu davlat zayomlarini
qaytarish, ular bo‘yicha daromad to‘lashni tashkil qilish,
oldin
chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni
o‘zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo‘yicha
davlatning moliyaviy-tashkiliy tadbirlarining majmuasidir. Davlat
qarz majburiyatlarini boshqarishning asosiy maqsadi davlat qarzlari
hajmini iqtisodiy xavfsiz darajada saqlab turish, davlat qarz
majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish qiymatini ma’lum
nisbatga
keltirish va davlat majburiyatlarini to‘la hajmda va eng past qiymatda
bajarilishini ta’minlashdir.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarish usullariga quyidagilar
kiradi:
– davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning konversiya usuli
– bu davlat tomonidan kreditorlarga to‘lanadigan daromad bo‘yicha
foiz stavkasini pasaytirish yoki ko‘tarish orqali zayomlar
daromadliligini o‘zgartirishdir. Bu usul moliyaviy bozorda vaziyat
o‘zgargan yoki davlatning moliyaviy holati yomonlashgan hollarda
qo‘llaniladi. Davlatning moliyaviy holati yomonlashuvi natijasida
_______________________
7
Qosimova G. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi. O‘quv qo‘llanma. – Т.:”Iqtisod-moliya”, 2008.
155
davlat obligatsiya shartlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan daromadni to‘lay
olmaslik holatiga kelganda bu usul qo‘llaniladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning
konsolidatsiya
usuli – bu davlat zayomlarining muddatini o‘zaytirish maqsadida
avval chiqarilgan zayom bo‘yicha majburiyatlarni yangi zayomga
o‘tkazib berishdir. Bunda, avval chiqarilgan zayom obligatsiyalari
yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning
unifikatsiyalash
usuli – bu bir qancha zayomlarni bir zayomga birlashtirishdir. Bunda,
ilgari
chiqarilgan
zayom
obligatsiyalari
yangi
zayom
obligatsiyalariga almashtiriladi. Bu esa davlat qarzlarini boshqarishni
soddalashtiradi. Davlat qarzlarini boshqarishning unifikatsiyalash
usuli alohida yoki davlat qarzlarini boshqarishning konsolidatsiya
usuli bilan birga amalga oshirilishi mumkin.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning regressiv nisbat
bo‘yicha obligatsiyalarni almashtirish usuli – bu davlat qarzini
qisqartirish maqsadida avval chiqarilgan zayom obligatsiyalarini
yangi zayom obligatsiyalariga almashtirishdir. Bunda, davlat
o‘zining qarz bo‘yicha majburiyatlaridan qisman bosh tortadi.
Shuning uchun ham bu usulni qo‘llashda oqilona moliya siyosati
yuritish talab qilinadi.
Davlat
qarz
majburiyatlarini
boshqarishning
qarzlarni
qaytarishning muddatlarini kechiktirish usuli – bu qarzlarni to‘lash
muddatini kechiktirish orqali ko‘chirishdir. Bunda, qarzlarni to‘lash
muddati ko‘chirilgan davr uchun majburiyatlar bo‘yicha davlat
daromad to‘lamaydi.
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning restrukturizatsiya
usuli – bu yuqorida ko‘rsatilgan usullar majmuasini to‘la yoki qisman
qo‘llanilishidir.
Jahon
amaliyotida
suveren
qarzlarni
restrukturizasiyalashning bir qarz majburiyatlarini boshqalariga
almashtirish (obligatsiyaga obligatsiya), davlatning xususiylashtirish
dasturi doirasida qarz majburiyatlarini
aksiyalarga almashtirish
(obligatsiyaga aksiya), diskont asosida qarz majburiyatlarini
muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (qaytarib sotib olish sxemasi)
va qarz majburiyatlarining bir qismini hisobdan chiqarish) kabi
sxemalari mavjud.
156
Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning majburiyatlarni
bekor qilish usuli – bu davlat o‘zining qarz majburiyatlarini to‘la bekor
qilishidir. Davlat qarz majburiyatlarini boshqarishning bu variantini
yul qo‘yib bo‘lmaydigan variant deb qabul qilinadi. Chunki, davlatning
obro‘i uning o‘zini qarz majburiyatlarini tan olishi va qarz
majburiyatlarini belgilangan muddatlarda to‘la qaytarishiga bog‘liq
bo‘ladi. Davlat moliyaviy nochor bo‘lishi, ya’ni, bankrot bo‘lishi yoki
hokimiyatga yangi siyosiy kuchlar kelishi sababli davlat o‘zining
qarzlarini bekor qilishini e’lon qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: