Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi. 
Davlat xarajatlarni 
o‘zaro chambarchas bog‘langan konkret turlarini majmui davlat 
xarajatlarining tizimini ifodalaydi. Bu tizim, davlat orqali 


145 
belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan 
asosiylari quyidagilar:

berilgan 
mablag‘larni 
ko‘zda 
tutilgan 
maqsadlarga 
yo‘naltirish va ishlatish (iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi 
qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag‘larini yo‘nalti-
rish). Bu bilan hududiy va xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini 
rivojlanishida tasdiqlangan mutanosiblikni saqlanishi bilan amalga 
oshiriladi 
va 
birinchi 
navbatda 
ilmiy-texnik 
taraqqiyotini 
aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi istiqbolli 
tarmoqlarni rivojlanishiga mablag‘lar ajratish; 

davlat resurslarini qaytmasligi – bu korxonalar va 
tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat byudjetidan ajratilgan pul 
mablag‘larini qaytarishga zaruriyat yo‘qligi. Kredit usulida 
moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan 
mablag‘larga belgilangan vaqtda va ulardan foydalanganligi uchun 
tasdiqlangan foizlar bilan korxona o‘z foydasidan davlatga qaytarishi 
zarur; 

iqtisod tartibiga rioya qilish – byudjet, kredit va o‘z 
mablag‘lari hisobidan davlat xarajatlarini moliyalashtirishda optimal 
birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat xarajatlarini 
moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganda 
hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy 
resurslar ajratilishi ko‘zda tutiladi.
Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va 
ahamiyati 
bo‘yicha 
har 
xil. 
Bu 
har 
xillik 
xarajatlarni 
moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.
Davlat xarajatlari iqtisodiy jihatidan quyidagi uch asosiy 
guruhga bo‘linadi:
1. Birinchi guruh ishlab chiqarish xarajatlari – bu davlatning 
mulki, boyligini ko‘paytiradi yoki xususiy xo‘jaliklarni iqtisodiy 
asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib 
aytganda, davlatni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va milliy 
daromadni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish sohasiga 
tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg‘arish fondi bilan 
iste’mol fondi orasidagi optimal taqsimlanishi davlatning iqtisodiy 
siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


146 
2. Ikkinchi guruhdagi xarajatlar milliy daromadni iste’mol 
qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatning nomoddiy ehtiyojlarini 
qondirishga yo‘naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan 
xarajatlar miqdoriy jihatdan ifodalash murakkab bo‘lgan natijani 
bermasada, davlatning ijtimoiy manfaatlari uchun juda muhim 
hisoblanadi. Noishlab chiqarish sohasiga sarflanayotgan davlat 
byudjetining mablag‘lari, avvalo, aholini ijtimoiy himoyaga olish fan 
va ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport, 
tabiatni muhofaza qilish va ekologik sharoitni yaxshilash hamda 
boshqa madaniy chora-tadbirlarga yo‘naltirilgan. Undan tashqari 
davlat xarajatlari mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga 
va samarali boshqarishga ham yo‘naltiriladi.
3. Uchinchi guruh davlat rezervlarini shakllantirish xarajatlari 
bo‘lib, xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida 
favqulodda zaruriyat tug‘ilganda uni bartaraf qilish uchun va 
muammoni hal qilish uchun yo‘naltiriladi.
Davlat xarajatlarining ushbu guruhi o‘zaro uzviy bog‘langan. 
Iqtisodiy mazmuni bo‘yicha davlat xarajatlarini turkumlash muhim 
ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni taqsimlash vositasi sifatida 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning 
ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi. Davlat xarajatlari quyidagi 
shakllarda moliyalashtiriladi:
– o‘zini-o‘zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini 
o‘z moliyaviy resurslari evaziga moliyalashtirishi);
– byudjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega 
bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirilishini ta’minlash);
– kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan, 
davlat korxonalari o‘z joriy va investision xarajatlarini qoplash uchun 
olingan bank ssudalarini ishlasa, ikkinchi tomondan esa, davlatni 
turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy 
bozordan pul mablag‘larini jalb qiladi).
Davlat 
xarajatlarining 
moliyaviy 
ta’minotini 
yuqorida 
ko‘rsatilgan shakllari orasidagi oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini 
to‘g‘ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni 
qo‘llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish