Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 2,96 Mb.
bet143/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 2000 yilda ja’mi tashilgan yuklar xajmi 33,2 mln. tonnani tashkil qilgan, uning deyarli 98 foizi avtomobil transportiga to’g’ri keladi. Yuk oboroti 924 mln. tG’km., shu jumladan avtomobil transportida 478 mln. tG’km. Shu bilan bir qatorda yo’lovchi transportiga ham katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, Urganch—Xiva yo’nalishi bo’yicha shaxarlararo trol­leybus qatnovi joriy etilgan.
Tashqi savdo oboroti 2000 yilda 93,8 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan eksport 69,0 va import 24,8 mln. dollar. 1999 yilda bu ko’rsatkichlar, yuqoridagilarga mos holda, 130,0; 93,0 va 37,0 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan.
Eksportning asosiy qismi (81,5 foizi) paxta tolasiga to’g’ri keladi, importda esa oziq-ovqat mahsulotlarini keltirish ustunlik kqiladi. Ba’zan, qo’shma korxonlarni qurish yillarida mashina va asbob-uskunalarni import qilish oldingi o’rinda bo’ladi.
Xorazm viloyatining tashki iqtisodiy aloqalari yaqin va «Uzoq» xorij mamlakatlari bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotida halqaro turizmning ham ahamiyati oshib bormoqda. Birgina 2000 yilda 24,6 ming sayyoxlarga xizmat ko’rsatilgan (uning asosiy qismi «Uzoq» xorij mamlakatlaridan). Jami «O’zbekturizm» milliy kompaniyasida ko’rsatilgan turizm xizmati ham katta daromad keltiradi.
Ichki tafovutlari. Xorazm viloyati hududining uncha katta emasligi, aholi va xo’jalik tarmoqlarining nisbatan tekis joylashganligi sababli uning ichki farqlari juda sezilarli darajada emas. Bu borada farqat Amudaryoning o’ng qirg’og’ia joylashgan viloyatning kichik bir qismi iqisodiy jihatdan yaxshi rivojlanmagan, holos.
Urganch viloyat sanoat mahsulotining deyarli 1G’4 qsmini beradi. Bu uning aholi nisbiy ko’rsatkichidan 2,5 marta ortiq bilan birga sanoat ishlab chiqarishida Xonqa, Xazorasp va Xiva tumanlarining axamiyati ham katta. Ayni vaqtda Yangiariq va Yangibozor qishloq tumanlarida sanoat sust rivojlangan. Qishloq xo’jaligida Gurlan va Xonqa tumanlari ajralib turadi. Ularning ikkisiga viloyat qishloq xo’jaligi mahsulotining 25 foizi to’g’ri keladi. Jadvalda tumanlarning savdo oboroti va aholiga pullik xizmat ko’rsatish bo’yicha ham ma’lumotlar keltirilgan.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati doirasida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq kelajakda viloyat ishlab chiqarish va eksport saloxiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, mehnat resurslaridan to’laroq foydalanishga, halqaro turizm va sanoatning og’ir tarmoqlariga ham ustuvor ahamiyat berish nazarda tutilgan.
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy siyosatidagi o’ziga xos o’rni kelajakda ham saqlanib koladi. Zero u «muammoli mintaqalar»dan hisoblanadi va bu erdagi mavjud muammolarni hal qilish uchun albattta markazning xar jihatdan, shu jumladan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi ajratilayotgan investitsiya xajmi etarli emas (u 2000 yilda Qoraqalpogiston Respublikasida O’zbekistonga nisbatan 5,1 va Xorazm viloyatida 3,4 foizni tashkil etadi). Binobarin, mintaqa iqtisodiyotini baqaror rivojlantirish maqsadida bu erga belgilangan kapital mablag’lar, xorijiy davlatlar investitsiyasining xajmi yanada oshib borishi kerak.
Kelajakda Xorazm viloyati va Qoraqalpogiston Respublikasi orasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish va shu asosda yagona iqtisodiy makonni shakllantirish zarur. Buning uchun xar ikki tomonda ham imtiyozlar va hamkorlikda rivojlanish extiyojlari mavjud. Chunonchi, Qoraqalpog’istonning qazilma resurslari va er boyliklari, Xorazmning esa mehnat resurslari va turizm imkoniyatlari bir-birlarining iqtisodiy rivojlanishini to’ldirishi mumkin.
Ularning xar ikkisi uchun umumiy muammo Orol bo’yi iqtisodiy rayonidagi ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, hududning boshqa rayonlar bilan transport aloqalarini yaxshilash, infrastruktura tizimini rivojlantirish va qulay investitsiya makonini yaratish zarur. Bundan tashqari, iqtisodiy rayonda yoqilg’i-energetika va qurilish bazasini mustaxkamlash ham muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda, bu erda, mintaqaning iqtisodiy-geografik o’rnidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarishni kompleks rivojlantirish, tutash hududlar—Turkmaniston va Qozog’iston hamda boshqa xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish