Qishloq xo’jaligi. Viloyat iqtisodiyotining agrar soxasi asosan paxta, g’alla va chorvachilik mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan. Umumiy ekin maydoni 2000 yil ma’lumotlariga ko’ra, 461 ming ga bo’lib, u respublika ekin ekiladigan erlarining 12,2 foizini tashkil qiladi.
Jami ekin maydonidan 202 ming gektari g’alla (bu jihatdan viloyat mamlakatda 1- o’rinda turadi), 150 ming gektari paxta, 4,1 ming gektari kartoshka, 10,6 ming gektari sabzavot, 55 ming gektari em-xashak etishtirishga ajratilgan. Bir yilda viloyatda, ob-xavo sharoitiga karab, 300 —500 ming tonna g’alla (respublikamizda 3,9—4,0 mln. tonna), 265—380 ming tonna paxta, 140—160 ming tonna turli sabzavot mahsulotlari olinadi. Shuningdek, bu erda 38—40 tonna meva, 45 ming tonna atrofida uzum ham etishtiriladi. Bulardan tashqari, viloyatda kungabokar, tamaki, zig’ir kabi qishloq xo’jalik ekinlari ham mavjud.
Bu o’rinda taqqoslash uchun O’zbekiston Respublikasiga oid raqamlarni keltiramiz (2000 y).
Umumiy ekin maydoni 3775 ming gektar, shundan g’alla 1612, paxta 1444, kartoshka 52, sabzavot 94, poliz ekinlari 36, em-xashak 128 ming gektar. 2000 yilda olingan hosil: qG’h 6 ming tonna (shundan bug’doy 3352), kartoshka 729, sabzavot 2637 va paxta 3002 ming tonna (O’zR Makro-iqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari).
Viloyat agrosoxasining hududiy tarkibida Chiroqchi, Kasbi tumanlari etakchi o’rinlarda—ular birgalikda etishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining taxminan 1G’5 qismidan ko’prog’ini ta’minlaydi. Bu borada Qamashi, Shaxrisabz, Kitob, Kargai va Kosoy tumanlarida ham vaziyat yaxshiroq. Ayni chog’da Muborak, Baxoriston va U.Yusupov tumanlarida qishloq xo’jaligi birmuncha sust rivojlangan.
Transport va tashqi savdo. Viloyatda transport tizimining turli xillari mavjud. Ammo yuk tashishda avtomobil transporti oldingi o’rinda turadi. Masalan, 2000 yilda jo’natilgan umumiy 43,0 mln. tonna yukdan 36,2 mln. tonnasi avtomobil transportiga to’g’ri keladi.
Qashqadaryo neft va gaz konlaridan mamlakatimizning turli rayonlariga hamda qo’shni davlatlarga quvur transporti tarqalgan. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, ko’pgina yirik issiqlik elektr stantsiyalariga ham aynan shu erdan yoqilg’i etqazib beriladi. Shuningdek, hozirgi vaqtda qurilayotgan G’uzor—Boysun—Kumkurkon temir yo’lining ahamiyati ham katta.
O’rtacha bir yillik tashqi savdo xajmi 350—420 mln. AKSh dollarini tashkil qiladi. Shundan eksport 120—160 mln., import 230—260 mln. dollarga teng. Import xajmining eksportga nisbatan yuqoriligi viloyatda qurilish ko’lamining ko’pligi hamda qulay investitsiya makonining mavjudligidan dalolat beradi.
Eksportda birinchi o’rinda paxta tolasi turadi. Importning asosiy qismi esa mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallarga to’g’ri keladi. Tashqi savdo oborotida uzoq xorij mamlakatlari bilan aloqalar ustunroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |