3.3. Birlashgan Germaniyaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti
Germaniyaning birlashishi mamlakatning xalqaro mavqeini ancha mustahkamladi. Ammo dunyo siyosati tizimidagi yangi mavqe’ nafaqat imtiyozlar, balki buyuk davlatga xos yangi siyosiy, moliyaviy va axloqiy majburiyatlarni olib keldi. 1990-yilning yanvaridayoq G.Kol GFR boshqa xalqaro muammolarni hal qilish, mojarolarni bartaraf etishdan chetga qola olmasligini ta’kidlagan edi. Bu juda ramziy bayonot edi, chunki uning vaqti BMT bayrog‘i ostida Fors ko‘rfazi mintaqasida harbiy harakatlarning boshlanishi bilan mos tushdi. Gap GFR harbiy doktrinasini tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida borayotgan edi. Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng federal Konstitutsiyaviy sud “Germaniya barqarorligi va birligiga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan mojaro va krizislarni bartaraf etish uchun” Bundesverni GFR va NATO a’zolari hududlaridan tashqarida ham ishga solish qonuniyligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. qurolli kuchlar tarkibi ham qayta tuzildi Bundesver tarkibida 54 ming kishidan iborat “keskin vaziyatlarga javob berish (REAKSIYA) kuchlari” paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda GFR NATOning xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, strategiyasi jumladan bu blokni Yevropa sharqiga kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatlab keldi. Bundesver uchun birinchi sinov Bosniya va Gersogovinadagi tinchlikparvarlik operatsiyasida qatnashishdan iborat bo‘ldi.
GFRning Natodagi siyosiy mavqeining o‘zgarishi uning ittifoqchilari tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. AQSH prezidenti Katta J.Bush Shimoliy Atlantika blokida rahbariyatida GFRning ishtirokini ko‘zda tutgan holda “teng huquqli rahbarlik” g‘oyasini ilgari surdi. Ammo G.Kol shu bilan birga Rossiya ham mustahkam aloqalarni saqlab qolishga urindi. Bu yo‘nalishda hal qiluvchi qadam uning 1992-yil dekabrida Moskvaga tashrifi davomida qo‘yildi. Yelsin va Kolning 1992-yil 16-dekabridagi birgalikdagi bayonoti o‘zaro da’volardagi (NULEVOD RESHENIYE (?))ni mustahkamladi: Rossiya tomoni Rossiya (sobiq sovet) G‘arbiy guruh qo‘shinlarining kuchmas mulkiga da’vosida Germaniya esa Rossiya qo‘shinlari joylashtirilgan joylarda atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha da’vosidan voz kechdi. Rossiya qo‘shinlarining shoshilmaslik tarzda olib chiqilishiga vatanga qaytgan harbiylarni ish va yashash joyi bilan ta’minlash uchun to‘langan qo‘shimcha 550 million marka sabab bo‘ldi. Rossiya qo‘shinlarining Germaniyadan chiqarilishi 1994- yil 31-avgustda yakunlangan edi. Keyinchalik, Kol va Yelsin o‘rtasidagi munosabat do‘stona xarakterga ega bo‘ldi. 90-yillarning o‘rtalarida Rossiya-Germaniya siyosiy muloqotining xalqaro munosabatlar tizimi rivojlanishidagi ahamiyati 80-yillardagi Sovet-Amerika munosabatlari kabi edi.
G.Kol rahbarligi davrida Germaniya tashqi siyosatidagi eng ustivor yo‘nalish G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayoni bo‘lib qoldi. Mamlakat birlashuvi keltirib chiqargan ulkan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan, GFR Maastrixt kelishuvlari asosida integratsiyani chuqurlashtirishning faol tarafdorlari bo‘lib qoldi. 1995-1996 yillarda Fransiyaning yangi prezidenti J.Shirak bu masalada shoshilmasligi davrida, G.Kol Yevropa integratsiyasi jarayonida yetakchilik rolini o‘z qo‘liga oldi. 1996-yilda Parij va Bonn Yevropa Hamjamiyatlari ta’sis hujjatlaridagi bir qator nizomlarni o‘zgartirish va Maastrixtda bayon qilingan integratsiya dasturlarga aniqlik kiritish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishdi. Gap eng avvalo valyuta ittifoqiga o‘tish mexanizmlari va Yeining kelgusida kengayishi muammosini hal etish to‘g‘risida borardi. G.Kol sanab o‘tilgan barcha masalalarni muhokama qilishda va Yeining XX1 asr boshida rivojlanish strategiyasini belgilab bergan 1997-yildagi Amsterdam shartnomasini imzolashga tayyorlashda hal qiluvchi rol o‘ynadi13.
Birlashgan Germaniyaning Yevropa ittifoqida yetakchilik qilish da’volari faqatgina uning rahbariyati da’volaridan emas, balki yangi geopolitik vaziyatdan ham ko‘rinardi. Germaniya u bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallagan qo‘shnilar va bozorlar qurshovida qolgan edi. Benilyuks mamlakatlari, Avstriya va Yeiga kirgan Skandinaviya mamlakatlarining ko‘pchiligi bilan birgalikda Germaniya norasmiy, ammo yaqqol ko‘zga tashlanuvchi Markaziy Yevropa yadrosini - Germaniya diplomatiyasining ko‘p yillik orzusini tashkil etdi. Germaniya, Vengriya, Chexiya, Polsha, Baltika mamlakatlari uchun jalb etuvchi strategik ittifoqchiga aylangan holda Sharqiy Yevropada ham faollashib bormoqda edi. 1991-yildagi Germaniyaning qat’iy diplomatik harakati keskin oqibatlarga olib keldi. Unda Germaniya hukumati Yugoslaviyadan ajralib chiqqan birinchi ikkita respublikalar suverenitetini tan olgan edi. Bu federatsiyaga qattiq zarba berish, ammo Sloveniya va Xorvatiyada Germaniya ta’sirini kuchaytirdi.
Germaniya birlashishining ichki oqibatlari ancha murakkab bo‘lib chiqdi. Turlicha ijtimoiy tuzumda o‘nlab yil yashash qo‘shni mamlakatdan dushman obrazini yaratishga qaratilgan rasmiy tashviqotning faolligi, ijtimoiy hatti-harakat va hayotiy qadriyatlarni turlicha qabul qilish, tarixan shakllangan psixologik xususiyatlar - buning hammasi haqiqiy yagona nemis millatini shakllanishini qiyinlashtirardi. Birlashish lazzati izidan o‘zaro qarama-qarshilik, jirkanish, G‘arbiy Germaniyadagi ishbilarmon va siyosiy doiralar tomonidan sharqiy nemislarni yashirincha kamsitishlar ro‘y berdi. GDR aholisining ilgarigi elitar guruhi-harbiy xizmatchilar, sportchilar, madaniyat xodimlari, o‘qituvchilardan sanoqli kishilargina yarasha (arzigulik) ish joyiga ega bo‘lishdi. Va aksincha, Sharqiy yerlardagi yangi va ishbilarmon va ma’muriy elita GFRning oldingi hududi yashaganlardan iborat bo‘lib qoldi. Germaniya birlashishining mo‘jizaviy iqtisodiy sanasi haqidagi umidlar xom-xayol bo‘lib chiqdi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni birlashtirish strategik rejalashtirishsiz, sinovlar va xatolar yo‘li bilan amalga oshirildi. Oldingi ishlab chiqaruvchi va savdo infratuzilmasining barbod bo‘lishi, tuzilmaviy qayta-qurishning boshlanishi “yangi yerlar”da ishlab chiqarishning keskin pasayib ketishiga olib keldi. Bu yerda ishchi o‘rinlarning 50%dan ko‘prog‘i yo‘q qilingan edi. Ishsizlik, ichki shakllarini hisobga olgan holda 30%ni tashkil etdi. 1990 yil iyulida pul islohotining o‘tkazilishi Sharqiy Germaniya uchun “SHOKOVAYA TERAPIYA” bo‘ldi. GDV markalari doychmarkalarga almashtirildi. O‘tish davrida oylik maoshi, stipendiyalar, nafaqalar, yashash joyi uchun ijara to‘lovlarining oldingi hajmi saqlab qolindi va aholi uchun almashtirish 1:1 koeffitsent bilan bolalarga 2 ming markagacha, kattalarga 4 ming markagacha va nafaqaxo‘rlarga 6 ming markagacha summada amalga oshirildi. Bundan ortiq mablag‘lar 1:2 nisbatda almashtirildi. Ammo tez orada Sharqiy Germaniyadagi mahsulot bozori izdan chiqdi va bu yerlarda aholi turmush darajasi nihoyatda pasayib ketdi.
1990-yil avgustida GDR va GFR o‘rtasida imzolangan shartnoma GSHM tomonidan 1945-1949 yillarda uning ilgarigi egalari foydasiga musodara qilingan mulkni qayta taqsimlashdan voz kechishni qat’iy belgiladi. Bu yer mulkiga ham tegishli edi. Sharqiy Germaniya iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy usullari odatdagi KOMMERCHESKAYA asosda xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirish va bozor menejmentini joriy etishdan iborat bo‘ldi. Eng yirik xoldinglardan birining bazasida xususiylashtirishni amalga oshirish uchun Berlin homiylik boshqarmasi tuzilgan edi. Uning ixtiyoriga (ishonchli shaxs sifatida) sobiq GDRning 14 mingta davlat korxonalari topshirilgan edi. Ammo xususiylashtirish rejasi amalda barbod qilindi. Sotuvga qo‘yilgan korxonalarning past rentabelligi investorlarni jalb qilishga to‘sqinlik qilardi. Bir yil ichida homiylik boshqarmasi eng rentabel korxonalarning 1 mingtasini xususiylashtirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bunda budjet 4 mlrd. markaga ega bo‘ldi. Shu bilan birga sharqiy yerlarga mablag‘ qo‘yish ham allaqachon o‘nlab milliard markani tashkil etdi.
Sharqiy Germaniya sanoatini ma’muriy qayta qurishga urinish ham xuddi shunday samarasiz bo‘ldi. G‘arbiy germaniyalik mutaxassislar hisobiga ma’muriy personalni yoppasiga yangilash, menejmentning eng yangi tamoyillarini joriy etish, butunlay boshqa ishlab chiqarish madaniyati, asbob-uskunalarning texnologik qoloqligi, an’anaviy bozorlarning izdan chiqishi sharoitida kam samara berardi. Buning hammasi GFR hukumatini sharqiy yerlarni yangilash federal dasturlarini uzoq muddat ichida saqlab turishga majbur qildi. Yerlarga moliyaviy mablag‘ qo‘yishlar 1991-yilda 140-mlrd markani, 1992-yilda - 152 mlrd. markani, 1993 yilda esa 182 mlrd. markani tashkil etdi. GFR esa bu davrda yangi iqtisodiy krizisni boshdan kechirayotgan edi.
90-yillarning boshida G‘arbdagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida retsessiya (tanazzul) sezildi. Ammo Germaniya iqtisodiyoti ahvoli eng og‘ir edi. Inqirozning eng yuqori nuqtasi 1993- yilga to‘g‘ri keldi, unda YAIM 1,2% ga pasaydi. Mashinasozlikning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishning pasayishi 20-25%ni tashkil etdi. Ishsizlikning turg‘un o‘sishi boshlandi, u 1991-yilda 5,5%ni, 1993 yilga kelib esa 8,9%ni tashkil etdi. Bunday jiddiy iqtisodiy inqiroz sabablari qisman birlashish muammolari bilan bog‘liq edi. Sharqiy Germaniya iqtisodiyotini yangilash dasturlarini amalga oshirish o‘nlab yillar davomida G‘arbiy Germaniya iqtisodiyoti barqarorligi poydevori bo‘lgan moliyaviy tizim zo‘riqishiga sabab bo‘ldi. Budjet muvozanati uzoq muddat ichida izdan chiqqan edi. Allaqachon 1991- yilda hukumat xarajatlari balansi salbiy bo‘lib qoldi. Bu holat keyinchalik ham, butun 90-yillar davomida saqlanib qoldi. Davlat qarzlari o‘sa bordi, inflyatsiya belgilari paydo bo‘la boshladi. Hukumat soliqlarni va banklardagi protsent stavkalarini oshirishga majbur bo‘ldi. Ammo bu tadbirlar, moliyaviy yo‘qotishlarni juda kam miqdorda qoplab, ishbilarmonlik faoliyatini pasaytirdi va ishlab chiqarish qisqarishini yanada chuqurlashtirdi.
Germaniyaning G‘arbiy yerlarida sanoat ishlab chiqarishining pasayishiga o‘ziga xos sabablarga ega edi. Hal qiluvchi omil ishchi kuchining nihoyatda qimmatligidan iborat bo‘ldi. Sotsial bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘g‘ri va bilvosita to‘lovlar, bonuslar va rag‘batlantirishlar murakkab tizimi asosida shakllanuvchi mehnatga haq to‘lash hajmi o‘ziga xos bo‘ldi. 90-yillarning boshlarida GFRDa bir soatlik ish 45 marka turardi, vaholanki bu ko‘rsatkich Yaponiyada-30, AQShda-24,8, Buyuk Britaniyada-22,8 markani tashkil etdi. Liberallarning ijtimoiy fondlarga to‘lovlari bilan birgalikda bu holat mahsulot tonnarxining oshishi va xorijiy investitsiyalarni nemis korxonalari jalb etishini ta’minladi. 90-yillarning boshlarida nemis kapitalining xorijga qarab oqishi ham ro‘y berdi. 1994-yilda iqtisodiy konyukturaning jonlanishi ko‘zga tashlandi. YAIMning o‘sishi 2,8%ni tashkil etdi. Ammo 1995-1996 yildayoq yangi inqiroz boshlandi. Ishlab chiqarishning chuqur pasayishi ro‘y bermagan bo‘lsa-da, barcha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar jiddiy tizim nomutanosibliklari saqlanib qolishidan guvohlik berardi. Ishsizlik turg‘un o‘sib borardi, uning eng yuqori cho‘qqisi 1997 yil bo‘ldi, o‘shanda ishsizlar iqtisodiy faol aholining 11,3%ini tashkil etdi. O‘n yillik boshida YAIM 40%ini tashkil etgan davlat qarzlari ham muntazam o‘sib bordi va 1996-yilga kelib YAIMning 60%dan oshib ketdi. YAIM o‘sishi bilan birga yo‘l bergan 1997-yildagi inqirozni yengish asosan eksportning oshishi bilan bog‘liq edi. Ammo investitsion faollik, to‘lovga qodir bo‘lgan ichki talab stagnatsiyasi GFR iqtisodiyotining butun inqirozdan chiqishiga umid bog‘lashga xalaqit berardi. Bunday sharoitda hukumat o‘z siyosatiga tuzatishlar kiritishi kerak edi. Asosiy shior har tomonlama iqtisod qilish bo‘lib qoldi. G.Kol hukumati umumiy ish haqining yarmidan ko‘proq darajasigacha soliqlarni oshirishga, davlat xajaratlarini, jumladan sharqiy yerlarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni keskin kamaytirishga majbur bo‘ldi. “Mehnatga ko‘maklashish to‘g‘risdagi qonun”ga muvofiq (1986) malaka oshirish, qayta tayyorlash uchun mablag‘lar (assignotsiyalar), ishsizlik nafaqasi ancha qisqartirilgan edi. Sog‘liqni saqlash va nafaqa bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar kamaytirildi. Bunday noommaviy choralarning qo‘llanilishi hukumat obro‘sining tezda tushib ketishiga sabab bo‘ldi.
Germaniyada 90-yillarning birinchi yarmi davomida siyosiy vaziyat barqaror edi. Jada ro‘y bergan mamlakatning birlashishi uning tashkilotchisi - xristian demokratlar ustunligini mustahkamlashga xizmat qildi. 1994 yil G.Kol partiyasiga navbatdagi tantanani tuhfa etdi. May oyida mamlakat prezidenti etib, XDI vakili, 1987-yildan GFR konstitutsion sudi raisi bo‘lgan, 60 yoshli huquqshunos R.Xersog tanlandi. Kuzda Bundestagga navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tdi. Muxolifot o‘z mavqeini ancha mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. GSDP 36,4% ovoz va 252 mandatga ega bo‘ldi. DSP deyarli 5%li cheklanishgacha yetib bordi - 4,4% ovoz, sharqiy yerlardagi saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashi DSP fraksiyaning 30 deputatgacha oshirishga imkon berdi. Sharqiy yerlardagi o‘z sheriklari va “Ittifoq 90” blokidagi huquqni himoya qiluvchi partiyalar bilan koalitsiyaga birlashgan “yashillar” yana muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu koalitsiya 7,3% ovoz va 49 mandatga ega bo‘ldi.
Shunga qaramasdan hukumat koalitsiyasi parlamentda ko‘pchilikni saqlab qoldi. XDI 34,2% ovozga (244 mandat), XSI - 7,3% ovozga (50 mandatga) ega bo‘ldi. Yomon iqtisodiy ahvolni hisobga olgan holda, bu yutuq G.Kolning katta shaxsiy muvaffaqiyati, nemis xalqining uni Germaniyani birlashtirishdagi xizmatlarini qadrlashi e’tirof etildi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan XDIG‘XSI ittifoqchisi-erkin demokratlar partiyasi bo‘ldi, u atigi 6,9% ovoz va 47 mandatga ega bo‘lgan edi. EDP rahbariyati yangi vaziyatga mos keluvchi jiddiy dasturni taqdim eta olmadi. Natijada partiya rahbari K.Kinkel o‘z lavozimidan mahrum bo‘ldi, Genner ham faol siyosiy faoliyatdan chetlashdi.
Navbatdagi 1998-yildagi parlament saylovlarigacha qolgan to‘rt yil mobaynida xristian demokratlar na o‘z obro‘larini oshirishga, na dasturlarini yangilashga muvaffaq bo‘lishmadi. Faqatgina 1918-yil davomida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshishi saylov kompaniyasi omadli bo‘lishiga umid qilishga mos bo‘lishi mumkin edi. YAIMning o‘sishi dastlabki 8 oy ichida 2,2% ni tashkil etdi, Osiyo moliyaviy inqirozi Germaniyaga unchalik ta’sir ko‘rsatmagan edi. XDI saflarida yangi ko‘zga tashlanuvchi rahbar paydo bo‘ldi- Volfgan Shoyble - Bundestagdagi XDIG‘XSI birlashgan fraksiyasi raisi. Saylovlarda xristian demokratlarni Kol-Shoyble juftligi boshqarardi va partiyaning ilgarigi xizmatlari va uning kelajagi ramzi edi.
G.Shreder ham GSDP rahbariyatida yangi odam emas edi. 1978-1980 yillarda u GSDP yoshlar tashkilotini boshqardi, 1986-yildan esa partiya boshqaruviga kirar edi. Yuridik ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan ishchi oila farzandi, tajribali siyosatchi bo‘lgan Shreder nafaqat partiya, balki umummilliy yetakchi qiyofasida chiqdi. U saylovchilarning ko‘pchiligi uchun qiziqarli bo‘lgan tamoyillarga tayandi. Bu tamoyillar asosi individual yutuqlar hisobga olinganda teng imkoniyatlar g‘oyasi, ichki siyosatdagi liberal progmatizm, muvozanatga keltirilgan tashqi siyosatdan iborat edi. Saylovchilarni Shrederning “so‘l” va “o‘ng”lar o‘rtasidagi mafkuraviy kurashdan chetlanishi, yangilanish strategiyasining ijtimoiy javobgarlik bilan samarali mujassamlashishini totishi, ZDRASTVO‘Y SMO‘SL siyosatiga o‘tishi o‘ziga jalb qilardi. Shreder ko‘p yillik inqirozdan chiqish yo‘lini boshqaruvning texnokratik usullaridan voz kechish, hukumat faoliyatini “kuzatib borish mumkinligini” ta’minlash, jumladan, “kelishilgan harakatlar” (ishbilarmonlar, kasabab uyushmalari va davlat vakillari tomonidan birgalik muhokama qilishning o‘ziga xos “ishtirok etish” modeli) institutlarning qayta tiklashdan izlashni taklif qilardi. 1998-yildagi partiya syezdida Shreder partiya shiorini tuzdi:”Biz hamma narsani o‘zgartirmaymiz, ammo biz yaxshiroq qilamiz”.
1998-yil saylovlari sotsial demokratlarga uzoq kutilgan g‘alabani hadya etdi. GSDP 40,8% ovoz va 298 mandatga ega bo‘ldi. Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etish uchun “alvon-yashil koalitsiya” tashkil qilindi. 67% ovoz va 47 mandatga ega bo‘lgan “Ittifoq 90 G‘ yashillar” fraksiyasi uning a’zosi bo‘ldi. Birinchi marta DSP 5%li to‘siqni oshib o‘tdi (5,1% va 35 mandat). XDIG‘XSI bloki 35,3% ovozga (245 mandatga), EDP esa-6,2% ovoz (44 mandatga) ega bo‘ldi. Gerxard Shreder Germaniyaning yangi kansleri bo‘ldi. Lafonten avvaliga moliya vaziri lavozimini egalladi, ammo ikki yetakchining birga bo‘lishi uzoq davom etmadi. Shreder talabchan sherik homiyligidan qutulish va uni layoqatliroq bo‘lgan Gane Eyshel bilan almashtirishga shoshildi. Shreder hukumatda tashqi ishlar vaziri “Ittifoq 90 G‘ yashillar” bloki yetakchisi Yoshka Fisher bo‘ldi. 1999-yil may oyida sotsial-demokratlar muvaffaqiyatli prezident saylovlari o‘tkazishdi. Bu lavozimni Yoxannes Rou egalladi.
Ichki siyosatda Shreder “neokonservativ to‘lqin” joyini egallagan yangi siyosatchilar Bler va Jospen tajribasidan foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. Ustivor yo‘nalishlar kompaniyalar soliqlarini kamaytirish, mehnat bozori egiluvchanligini ta’minlash va ish kuni davomiyligini o‘zgartirish, mehnatga haq to‘lash uchun chegirmalarni qisqartirish, iqtisodiyotdagi ijtimoiy sektorni yangilashdan iborat bo‘ldi. Sotsial bozor iqtisodiyot tizimini tubdan qayta tuzish amalga oshirilmadi, ammo iqtisodiy o‘sish davridagi maqbul siyosat juda samarali bo‘lib chiqdi. Davlat xarajatlarini tejashga asosan yerlar budjeti hisobidan erishildi. 1999-yilda hukumat ta’lim sohasini keng miqyosda isloh qilish qarorini ma’lum qilib, bu sohaga bo‘lgan xarajatlarni ratsionallashtirish va uning samaradorligini oshirishga xarakat qildi. Istiqbolli ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun qo‘shimcha assignatsiyalar ajratila boshlandi.
Tashqi siyosatga ham Shreder katta tuzatishlar kiritdi. 1999-yilda Yeining raisi bo‘lishiga qaramasdan, Germaniya valyuta ittifoqini shakllantirishga qaratilgan umumevropa dasturlari loyihalarini ma’qullashga shoshilmadi. Germaniya integratsiya jarayoniga qatnashishga tayyor ekanligini namoyish etdi, ammo boshqa mamlakatlar uchun mablag‘ to‘lashdan bosh tortdi. 1999-2000 yillarda Germaniya NATO tarkibida faolroq bo‘ldi. Shreder Kosovadagi mojaroga nisbatan o‘ta murosasiz pozitsiyani egalladi va bu bilan hatto demokratsion muxolifotga ham ma’qullandi. Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarda esa sovish davri boshlandi. Oxirgi parlament saylovlari davomida Rossiya prezidenti Yelsin tomonidan Kolning ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlanishi Moskvaning yangi hukumat bilan yaqinlashishiga to‘sqinlik qildi. 2000-yilda shu yo‘nalishda Germaniya diplomatiyasi Rossiyaning tashqi qarzlari masalasida yetarlicha murosasiz pozitsiyani egalladi.
XULOSA
Kurs ishimdan juda ko’plab ijobiy xulosalar chiqarish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida G.Kol katta o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘lmadi. Budjetni tejash, ta’lim va kasbiy mahorat oshirishdan boshqa ijtimoiy dasturlarga qaratilgan xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Bu budjet kamomadini tezda pasaytirishda yordam berdi. 1983 yildayoq kamomad darajasi 30 milliard markaga qisqartirildi. Shmidt hukumati tomonidan boshlangan mehnat munosabatlari tizimidagi huquqiy islohot davom ettirildi. Hukmron koalitsiya parlament orqali kasaba uyushmalari huquqlarini cheklash, mehnat shartnomalari tuzish jarayonida ish beruvchi vakolatlarini oshirish, mehnatga haq to‘lash tizimini differensiya qilish (turlicha haq to‘lash)ga qaratilgan qonunchilikka 250 ta tuzatishlar kiritdi. Bu choralar yollanma mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tonnarxini pasaytirishga qaratilgan edi. Saylovoldi va’dalarga qaramasdan ishsizlikka qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarakatlar oshirilmaganligicha siyosiy qoldi. Yangi konservatorlarning fikricha faqatgina tabiiy iqtisodiy mexanizmlar samarali mehnat bozorini tiklashi mumkin edi.
Tuzilmaviy siyosatning yangi elementi xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Ammo g‘arbning boshqa ilg‘or mamlakatlaridan farqli o‘laroq nemis neokonservatorlari bu sohani ustivor deb hisoblamadilar. Xususiylashtirishning birinchi o‘n yilligi davomida G.Kol hukumati (1982-1992) budjeti atigi 10 milliard marka jalb qila oldi, xolos. Shu bilan birga xalq xo‘jaligi faoliyatida katta rol o‘ynamaydigan unchalik katta bo‘lmagan korxonalar xususiylashtirildi. Kichik va o‘rta biznesga nisbatan yuritilgan rag‘batlantirish siyosati muhimroq rol o‘ynadi. Bu siyosatning asosiy usuli korporativ mablag‘ga cheksiz imtiyozlar beruvchi soliq-moliya islohotini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. E’tibor o‘rta tadbirkor qatlamlarga qaratildi. Tiklanayotgan iqtisodiyot skeletini biznes bilan shug‘ullanuvchi (bozor konyukturasi yuqori investitsion xatarga ega, innovatsion texnologiyalarning faol jalb qiluvchi 20 dan 200 million marka aylanma kapitalga ega bo‘lgan 15 mingta kompaniya tashkil etdi. Jismoniy shaxslarning aloqalari esa, aksincha oshirildi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida asosiy e’tibor yirik ishlab chiqaruvchilarga qaratildi. Kol hukumati qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan sonini qisqarishi ( u 80-yillarning oxiriga kelib, iqtisodiy faol aholining 4,5% gacha tushib qoldi) va yer mulklarni birlashtirishni rag‘batlantirdi. qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar maydoni qisqardi. Bu davrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sishi o‘simliklarning yangi serhosil navlarini yaratish va hayvonlar zotlarini seleksiya qilish, ekinlarni kimyoviy himoya qilish vositalarini yangilash va ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish hisobidan ta’minlandi. GFR agrar sektorda daromad olish bo‘yicha hali ham Fransiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliyadan ortda edi, ammo bu sektor mamlakatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 75:ini qondira olardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |