1.2. Okuppatsiya davri.
Urushdagi qaqshatqich mag‘lubiyat Germaniyani iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik tazyiq iskanjasiga qo‘ydi. Faqatgina vermaxt talofati 13,5 million kishini tashkil etdi. Hammasi bo‘lib urush yillarida Germaniya aholisini o‘ndan bir qismidan mahrum bo‘ldi. Ko‘pgina shaharlar, ayniqsa, Sharqiy hududlarda butunlay vayron qilindi. Sanoat korxona va jihozlarining asosiy qismi bombardimonlarda vayronaga aylandi yoki g‘oliblar tomonidan demontaj (qismlarga ajratish) qilindi. 1946-yilda sanoat ishlab chiqarishi urush oldingi davrga nisbatan ham uch baravar qisqardi, qishloq xo‘jaligi o‘ttiz yil orqaga surildi. Iqtisodiyotga ishchi kuch yetishmas edi. Transport tuzilmasi va energiya tizimi butunlay ishdan chiqqan edi, mintaqalararo savdo aloqalar uzildi. Yoppasiga olib-sotarlik, “qora bozor” va do‘konlarning bo‘m-bo‘sh rastalari odatiy holga aylandi. Urushdagi vayronalar va aholi ko‘chishi tufayli uy-joy masalasi og‘irlashdi. 1945 yilda aholining eng zarur narsalar bilan ta’minlanish darajasi aholi jon boshiga quyidagicha edi: bir juft oyoq kiyimi 12 yilga, kostyum 50 yilga, tarelka 5 yilga, “pelyonka” 5 yilga. Ocharchilik hukm surardi.
Moddiy talofatga moliyaviy tizimning butunlay ishdan chiqqanligi qo‘shimcha edi. Muomalada bo‘lgan pul miqdori mavjud bo‘lgan mahsulotga nisbatan bir necha marta ko‘p edi, davlat qarzlari 1938- yil oxiridagi 27,2 mlrd. markadan 1945- yil mayiga kelib 377,3 mlrd markaga yetdi. Inflyatsiya urushdan oldingi davrga nisbatan 600%ni tashkil etdi. Ish kuni 16 soat va undan ko‘p davom etardi, ammo oylik 1940- yil darajasi saqlanib qolgan edi.
Nemis jamiyatini qamrab olgan psixologik shok ham qattiq zarba berdi. Odamlar kayfiyatini asosan ichki OPUSTOSHENNOST, APATIYA siyosati nafrat, kelajakdan umidsizlik tashkil etardi. Milliy o‘zlikni - anglashning tiklanishi dunyoda yangi o‘z o‘rnini anglash, o‘zini urushga sababchisi deb his etish muammolarini hal etish juda qiyin edi. Fuqarolik boshqaruv organlarini shakllantirish nihoyatda murakkablashgan edi. Aholi katta qismining siyosiy faolligi juda past edi. Ilgarigi amaldorlar va siyosatchilarning katta qismi natsistlar bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib ijtimoiy lavozimlardan chetlashtirildi. Fransiya va Italiyadagi kabi yangi boshqaruv organlarini tuzish masalasida kelisha olmas edilar.
1945-yilning oktabridayoq AQSH ma’muriyati Potsdam konferensiyasi qarorlari asosida nemis Markaziy boshqaruvlarini yaratish masalasini qo‘ydi. Ammo bu takliflarga Germaniyani butunlay markazsizlantirish (detsentralizatsiya) tarafdori bo‘lgan Fransiya qat’iy qarshilik qildi. Fransiya vetosiga qarshilik ko‘rsata olmagan AQSH 1945 -yil noyabrida INKga ikki yoki uch mintaqa uchun markaziy boshqarmalar yaratish to‘g‘risidagi taklifni kiritdi. Fransiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga intilayotgan va AQShga shubha bilan qaraydigan Sovet tomoni AQSH taklifini Germaniyaning to‘rt tomonlama boshqarilishi tamoyilining buzilishi va unga barham berishga qaratilgan qadam deb baholadi. Tiklanish jarayonini boshqarish to‘liq okkupatsion hukumatlar ixtiyorida qoldi.
Germaniyadagi Sovet Harbiy Ma’muriyati (GSHM) faoliyati aholining moddiy ta’minoti va sanoat jihozlari, iste’mol mollari, transport va xom ashyoni tovon hisobiga olish muammolarni birgalikda hal qilish zarurati tufayli murakkablashdi. Germaniya hududidan 22 ming vagon “xo‘jalik mollari”, 73 ming vagon “uy-joy mollari”, jumladan, 154 vagon matolar va mo‘ynalar va hattoki 24 vagon musiqa asboblari olib chiqib ketildi3. SSSRga 2 million bosh qoramol olib ketildi. 3474 ta sanoat va xo‘jalik obyektlarida sanoat jihozlari demontaj qilindi. Faqatgina 1947 yil yanvaridan boshlab, demontajni to‘xtatish va yirik korxonalarda sovet hissadorlik jamiyatlarini yaratish va ularda ishlab chiqarilgan mahsulotni reparatsiya (tovon) hisobiga undirishga qaror qilindi.
GSHM ofitserlari tajribaga ega emas edilar va qattiq boshqaruv metodlari hamda tartiblashgan xo‘jalik tizimini joriy qilishdi. GSHM tarkibida Xavfsizlik Xizmati hamda Tashviqot va Senzura Boshqarmasi asosiy o‘rinni egalladi. Sharqiy Germaniyada NKVD (Ichki Ishlar Xalq Komissariyati) va SMERSH (?) ham faollik ko‘rsatishdi. G‘arbiy okkupatsion mintaqalardan farqli o‘laroq, Sharqiy Germaniyada tezda nemis boshqaruv organlari tashkil qilindi. Ammo ularning faoliyati to‘la sovet ma’muriyati tomonidan belgilanar edi.
1945-yil oxiridan boshlab sovet mintaqasida iqtisodiy islohot o‘tkazish bo‘yicha faol qadamlar tashlandi. Harbiy yoki natsist jinoyatchi deb tan olingan shaxslardan sanoat korxonalarni musodara qilish nihoyatda keng tarqaldi. GSHM musodara qilingan korxonalar taqdirini belgilash maqsadida referendumlar o‘tkazdi, ular natijasida bu korxonalar xalq mulki deb e’lon qilindi. Shunday qilib, Sharqiy Germaniya sanoatining 60% i iqtisodiyotning davlat sektori ixtiyoriga o‘tdi. Bu sektor faoliyati rejalashtirish tamoyillari asosida va zavodlardagi kengashlar va kasaba uyushmalariga o‘z-o‘zini boshqarish bo‘yicha keng huquqlar berish bilan amalga oshirilardi. 1945-1946 yillarda agrar islohot ham o‘tkazildi. Yunkerlar va bauerlardan musodara qilib olingan 3,3 mln. gektar yer, ulardagi xo‘jalik inshootlari, chorva va 6 mingta traktorlar bilan birgalikda 560 mingta yersiz va kam yerga ega bo‘lgan dehqonlarga bo‘lib berildi. Bu yerlar Sharqiy hududlardagi agrar yerlarning 33 %ini tashkil etardi. Ularda dehqonlarning o‘zaro yordam obhina birlashmalari tuzila boshlandi, 1949- yilda esa islohot davomida dehqonlarga berilgan yerlar hamma yerlar xalq mulki deb e’lon qilindi va jamoa xo‘jaliklar (“xalq mulklari”) tuzish uchun asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |