Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi jahon tarixi kafedrasi


II BOB. GFR VA GDR 50-70 YILLARDA GFRNING



Download 297 Kb.
bet6/12
Sana23.04.2022
Hajmi297 Kb.
#576391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Германия Азамжонов[1](1)

II BOB. GFR VA GDR 50-70 YILLARDA GFRNING
KONSTITUTSIYAVIY TUZUMI
2.1. GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida.
GFRda konstitutsiyaviy tuzumning samarali amal qilishiga mamlakatdagi siyosiy barqarorlik yordam berdi. 1949-yilning 14-avgustida bo‘lib o‘tgan Bundestagning birinchi saylovlari uchta yetakchi siyosiy yo‘nalishlarning afzalligini yaqqol ko‘rsatdi. XDI 25,2% (115 mandat) ovozga ega bo‘lib XII bilan birga (5,8% ovoz, 24 mandat) ko‘pchilikni tashkil etdi5. Muxolifotdagi GSDPni saylovchilarning 29,2%i (131 mandat) qo‘llab-quvvatlashdi. EDP (11,2% ovoz, 52 mandat) hukumat koalitsiyasiga kirganiga qaramasdan, “uchinchi kuch”ga ylandi. 12 sentabrda mamlakat prezidenti EDP rahbari T.Xeyye bo‘ldi, 15 sentabrda esa K.Adenauer federal kansler lavozimini egalladi. shakllangan “ikki yarimlik” partiya modeli keyinchalik ham saqlanib qoldi. 1952-yildagi saylov tizimi islohoti katta rol uynadi. Unga ko‘ra partiyalarning o‘z deputatlarini parlamentga o‘tkazishlarida 5% lik cheklanish joriy qilingan edi.
Xristian demokratlarning mafkuraviy konsepsiyasi GFRning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgiladi. 1953-yil saylovlari arafasida qabul qilingan XDIning Gamburg dasturida G‘arbiy Germaniya davlatida konstitutsiyaviy -huquqiy tuzumning va sotsial bozor xo‘jaligining milliy iqtisodiy tizim sifatida asosiy tamoyillari, partiyaning nemis xalqi ma’naviy tiklanishiga yo‘nalganligi belgilab qo‘yildi. XDI rahbariyati qat’iy ravishda antikommunistik yo‘lni tanlash, sharqiy Germaniya davlatini tan olmaslik, Shimoliy Atlantika ittifoqi va Yevropadagi integratsion strukturalar bilan yaqindan hamkorlik qilishga harakat qilardi. K.Adenauer rahbarligida XDI 1983, 1957, 1961-yillarda saylovlarda g‘olib chiqdi (va mos ravishda 36% va 191 mandat, 39,7% ovoz va 217 mandat, 35,8% va 192 mandatga ega bo‘ldi) Bavariyadagi XSI bu yillar davomida o‘z muxtoriyatini saqlab qoldi, ammo 1951 yildan “ishchilar hamdo‘stligi” doirasida hamkorlikni mustahkamladi. XDIG‘XSI bloki turg‘un parlamentdagi ko‘pchilikka asos bo‘ldi, yagona fraksiyani tashkil etib, birlashgan siyosat olib bordi. O‘zining mintaqaviy faoliyatiga qaramasdan F.Y. Shtraus partiyasi saylovchilarning ko‘p ovoziga ega bo‘lib, hatto deputatlik mandatlari soni bo‘yicha EDPni “uchinchi partiya” o‘rnidan siljitishga muvaffaq bo‘ldi. XII 1953-yil saylovlarida 8,8% ovoz va 52 mandatga, 1957-yilda - 10,5% ovoz va 53 mandatga 1961-yilda- 9,5% ovoz va 50 mandatga ega bo‘ldi. XDIG‘XII bloki vakili G.Lyubke 1959 yilda prezident lavozimiga saylandi.
Erkin demokratlar partiyasi 50-yillarda o‘z mafkurasini belgilash kabi murakkab jarayonni boshdan kechirayotgan edi. 1949-yilda EDP hukumat koalitsiyasi a’zosiga aylandi va Adenauer mahkamasida bir nechta ikkinchi darajali vazirlik lavozimlariga ega bo‘ldi. Ammo xristian demokratlar bilan hamkorlik partiya saylovchilarining birlashishiga halaqit berar va uning siyosiy ta’sirining pasayishiga olib kelishi mumkin edi. 1954 yilda partiya rahbari lavozimligiga T.Deler kelganidan so‘ng EDPning XDIG‘XSIdan uzoqlashishi boshlandi. Ikki yildan so‘ng uning vazirlari hukumat tarkibini tark etishdi va 1957- yil saylovlarida u muxolifot tomoniga o‘tdi. Avvaliga bu omad keltirmadi. Agar 1953-yilda EDPni 9,5% saylovchilar (48 mandat) qo‘llagan bo‘lsa, 1957-yilga kelib bu ko‘rsatkich 7,1% ga (41 mandat) tushdi. Ammo o‘z siyosiy va elektoral yo‘lining izlanishi davom ettirildi. E.Mende rahbarligidagi Dyuseldorf guruhi ta’sirida EDPning dasturiy asoslari yaqqol liberal xarakterga ega bo‘ldi. Partiya iqtisdiyotga davlat aralashuvini qisqartirish va soliq siyosatini liberallashtirish, uchun fuqarolik huquqlarini cheklashga qarshi (u qonun tartibotni mustahkamlasada) faol kurasha boshladi. EDP byurokratiyaga barham berish va o‘zga millat vakillari va boshqa dinga e’tiqodchilarga nisbatan o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini himoya qilardi. 1961-yildagi saylovlarda EDP 12,8% ovoz va 67 mandatga ega bo‘ldi. XDI XSI fraksiyasining qisqarishi hisobiga erkin demokratlar yanada teng huququli hamkorlar sifatida hukumat koalitsiyasiga kirish huquqiga ega bo‘lishdi. O‘sha paytdan boshlab EDP shunday “sharnir partiya” vazifasini o‘tay boshladiki, uhukumat koalitsiyasidagi ko‘pchilik va muxolifotning o‘zaro nisbatiga katta ta’sir ko‘rsata olardi.
Murosasiz K.Shumaxer rahbarlik qilayotgan GSDP “prinsipial muxolifot”ga aylanib qoldi. Sotsial-demokratlar sotsial (ijtimoiy) bozor xo‘jaligiga qarshi chiqib, iqtisodiyotda ijtimoiy tashabbusni kuchaytirishga da’vat etishardi. Tashqi siyosat sohasida GSDP Adenauer hukumatining antikommunistik yo‘lini qo‘llab-quvvatlar, ammo yagona Germaniyani barpo etishni kechiktiruvchi har bir qadamni qoralar edi. GSDP rahbariyati hukumatning G‘arbiy Germaniyaning to‘la suvereniteti tiklanmasdan uni qayta qurollantirish, Shimoliy Atlantika blokining harbiy-siyosiy tuzilmalariga kiritish, G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayoniga jalb etishga bo‘lgan urinishlariga shubha bilan qarar edi. 1952-yilda Shumaxer vafot etganidan so‘ng va Erix Ollenxauerning partiya rahbari lavozimiga saylanishi bilan GSDP dasturining asta-sekin tuzatilishi boshlanib ketdi. U ikkinchi jahon urushidan so‘ng sotsialistik internatsional poydevorga bo‘lgan demokratik sotsializm konsepsiyasiga yaqinlashdi. Yangi avlod sotsial-demokratlari nafaqat proletariat diktaturasi va kapitalizmga inqilobiy yo‘l bilan barham berish balki sinfiy kurashning ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qaraydigan konsepsiyadan voz kechishdi. GSDPning mafkuraviy radikalizm (keskinlik)dan voz kechishi uning saylovchilari doirasining tezda kengayishiga olib keldi. 1953-yildagi saylovlardayoq 28,8% ovozga (ya’ni, 4 yil oldingiga ko‘ra kamroq) ega bo‘lib, GSDP parlamentdagi o‘z fraksiyasini 151 deputatga yetkazdi. 1957-yildagi faol saylov kompaniyasi 31,8% ovoz va 169 ta deputat mandatlarini taqdim etdi. GSDP mafkuraviy konsepsiyasining yangilanishi 1959- yilda Bad-Bodesbergdagi syezdda “Prinsipial dastur”ning qabul qilinishi bilan yakunlandi. Unda sotsializmga “axloqiy imperativ” nuqtai nazaridan baho berilib, partiyaning siyosiy vazifalari zamonaviy ijtimoiy muammolarning - pragmatik tahlili asosida belgilanar edi. Bad-Godesberg dasturining mualliflari Gorbort Verner boshchiligidagi xristian demokratlarning tashqi siyosatini ma’qullab, GFRning umumiy bozorga kirishini qo‘llab-quvvatlashdi va iqtisodiyotni milliylashtirish (davlat tasarrufiga o‘tkazish) g‘oyasidan voz kechishdi. 1960-yilda GSDP rahbari etib, partiyaning islohotchi qanoti vakili bo‘lgan G‘arbiy Berlin burgoministri Villi Brandt saylandi. U partiyaning yangilangan dasturiga tayanib, GSDPni mamlakat siyosiy tizimiga qo‘shish, “realpolitik” tamoyillarining qaror topishiga harakat qildi. Bu strategiya muvaffaqiyat keltira boshladi. 1961- yildagi saylovlarda GSDP 36,2% ovoz va 190 mandatga ega bo‘ldi.
G‘arbiy Germaniyadagi yetakchi siyosiy kuchlarning asta-sekin birlashishi siyosiy radikalizm, eng avvalo so‘l radikalizmiga qarshi kurash bilan birga davom etdi. GKP hukumat doiralari tomonidan Sharqiy Germaniya rejimi va sovet maxsus xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ekstremistik partiya deb qaralardi. GFRdagi siyosiy elita va jamoatchilikning katta qismi kommunistik harakatning totalitar (mustabid), nemis jamiyatining demokratlashuvi va huquqiy davlat qurilishiga zid bo‘lgan kuch sifatida taqiqlashni talab qilardi. 1950 yilning sentabridayoq ma’muriyatga davlat va maishiy xizmat tashkilot va korxonalaridan kommunistlar va o‘ng radikallarni chetlashtirish huquqi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. 1951 yilda davlatga qarshi siyosiy harakatlar uchun jazolash to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bir yildan so‘ng konstitutsion sud neonatsistik sotsialistik imperial partiyani taqiqladi. Kommunistik tashkilotlar, Sovet-Germaniya do‘stlik jamiyatlari faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi. Buning oqibatida GKP ta’siri kamaya bordi. Agar 1949 -yildagi saylovlarda kommunistlar 5,7% ovoz va 15 ta o‘rin (Bundestagda)ga ega bo‘lgan bo‘lishsa, 1953- yilga tuzish uchun yetarli emas edi. 1956- yilda GKP konstitutsiyaga zid tashkilot sifatida butunlay taqiqlandi.

Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish