Mundarija
I. Kirish 3
II. Multimedia vositalari 6
III. Videonazoratchilar 14
IV. Ovoz (tovush) platalari razyomlari 18
V. Ovoz (tovush) platasi 20
VI. Xulosa 27
VII. Texnika xafsizligi qoidalari 28
VIII. Foydalanilgan adabiyotlar 29
I. Kirish
Insoniyat o`zining faoliyati davomida ma`lumotlarni qabul qilish, yig`ish, saqlash, uzatish,va qayta ishlash bilan shug`ullanadi. Ushbu amallarning kompyuterga yuklatilishi va ularni amalga oshirish uchun usul va vositalarning paydo bo`lishi, axborot texnologiyalarini alohida fan sifatida ajralib chiqishiga sabab bo`ladi. Axborot texnologiyasini asosiy o`zagini kompyuter tashkil etib, uning texnik ta`minotini ta`minlaydi. Axborotlarni qayta ishlashni tashkil etish uchun axborot texnologiyasini texnik ta`minoti yagona bo`lmay, balki axborot ta`minoti, tashkiliy ta`minoti va dasturiy ta`minot birgalikda qaralishi lozim.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining rivojlanish istiqbollari keng iste`mol mollarini ishlab chiqaruvchi ko`p sonli davlat kooperativ va xususiy korxonalarni, qo`shma korxonalar, firmalar, sug`urta va boshqa turdagi agentliklarni yaratishni, kommunikatciya vositalarini (pochta, telegraf, telefon faks, tele va radioaloqa) an`anaviy hamda yangi yo`nalishlar bo`yicha rivojlantirishni ko`zda tutadi.
Bularning barchasi O`zbekiston Respublikasining informatciyalashni, informatciyaning kompyuter va boshqa vositalar yordamida yuqori saviyada ishlasgni ta`minlovchi hisoblash komplekslari, sistemalari va tarmoqlarini yaratishni, bank va savdo ishlarini, transportni avtomatlashtirish, ma`lumotlar bazasi va bankini yaratishni va hokazolarni taqozo etadi.
Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta`limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, “ Internet” ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali programmalovchi-mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Vazirlar Mahkamasi 23 may 2001 yildagi qarori buning yaqqol dalilidir.
Axborot olami taraqqiyotida keskin o`zgarishlar ro`y berdi va yangi axborot texnologiyalari yuzaga keldi. Internet haqida, uning imkoniyatlari va elektron pochta haqida oxrgi paytlarda ko`p gapirilmoqda. “kompyuter” va “internet” atamalari kundalik ommabop atamalarga aylanmoqda.
Internet fizik kompyuter tarmog`i sifatida aslida mavjud emas. Internet – bu bir-biri bilan aloqa kanallari (mavjud bo`lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo`yicha muloqot qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butun jahon uyushmasidir.
Lekin shunday bo`lsada: Internet –bu ko`lab regional va lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi butunjahon global kompyuter tarmog`idir. Boshqacha qilib aytganda, Internet –bu butun er sharini o`rab olgan tarmoqlarning tarmog`idir. Jahon miqiyosida bu tarmoq fantastik murakkab va chigallashib ketgan bo`lib ko`rinadi, o`zining “ aholisiga“ ega va shaxsiy xayoti bilan yashaydi. Shuning uchun ham virtual shahar tarmog`ida, ko`proq-hattoki virtual mamlakat yoki dunyo to`g`risida gapirishadi. Hozirdanoq Internet butun jahondagi yuz millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu mamlakatning aholisi yuqori suratlarda ko`paymoqda.
Butun Internet ulkan megapolisga o`xshaydi, u erda universitet endi asosiy diqqatga sazovor bo`lmay qolgan va hatto virtual ofislar, do`konlar, milliy dahalar, ommviy va shaxsiy o`yin-kulgi uchun joylar orasuda yo`qolib ketgan. Bu shahrga hohlagan odam kirishi mumkin bo`lib qoldi, bundan tashqari, u erga uni har qanaqasiga taklif etmoqdalar va tuzoqqa ilintirmoqdalar. Haqiqatda Internet-bu modemli kompyuterga va ba`zi bir maxsus dastur ta`minotiga ega bo`lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo`lgan, umumiy murojat qilinadigan tarmoqdir.
Internet tarmog`i foydalanuvchiga ham, kompyuter mutaxassisiga ham, oddiy fuqaroga ham mo`ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatimiz uchun kerak bo`lgani kabi, me`yordagi shinam xayot uchun nalab etiladigan hamma narsa bor.
Internet quyidagi imkoniyatlari bilan afzaldir, bu informatciya ega bo`lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimlarga ega bo`lish, o`qish, ilg`or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish,sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish, iste`molchilarni talabi va muammolarini bilish, mahsulot bahosini nazorat qilish imkoniyatlaridir. Internet bu yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishish, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi, zamonaviy fikrlar almlshish, ta`lim olish, tadbirkorlik usulidir. Internet bu- infradoira bo`lib, uning yordamida ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tavsiflash mumkin. U tijoratning klassik usullari qo`llanishi va ishni tezda yuritilishini ta`minlaydi, butun dunyo intellektual boyligiga va ayniqsa, ilg`or texnologiya va tajribalarga yo`l ochadi, odamlar va xalqlar orasida aloqa o`rnatadi.
Lekin bizning munosabatlarimizda internetga hozircha alohida samimiylik kuzatilmayapti. Bizning shaxsiy kompyuterlarga munosabatimiz kabi hatto ba`zi bir `ozshashlik yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Hali 10 yil oldin ham biz ularga mavhum va begonacha munosabatda edik: ularning bizning hayotimizga qanchalik jadal va uzviy qo`shilib ketganligini biz tasavvur qila olmas edik (to`g`ri, o`sha vaqtda bu qisman komp-larning yuqori narxi bilan tushuntirilgan edi) Hozirda deyarli har kim o`zining SHK ni internetga tekinga ulashi mumkin, internet tarmog`idan uni qiziqtigan ixtiyoriy maxfiy bo`lmagan ma`lumotlarni eng kam narxda olishi mumkin, tarmoq bo`yicha o`zining istalgan mamlakatdagi hamkasblariga, mos pochta harajatlaridan birmuncha past narxda, xatlarni yuborishi mumkin, internetga o`zining reklamasini joylashtirish mumkin va uni butun dunyodagi millionlab odam ko`radi., va deyarli hamma narsani, hatto o`zining bo`sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o`tkazishni ham amalga oshirish mumkin. Internet bu axborotlarning cheksiz dunyosidir, bu haqiqatda o`zgacha virtual mamlakatdir, unga kirib olish va uyerda uzoq vaqt yashash mumkun.
II. Multimedia vositalari
Do'stlaringiz bilan baham: |