Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet318/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Delfinlar (Delphinidae) oilasi vakillarining uzunligi 1 m dan 10 m gacha boradi. Dunyo okeanlarining iliq suvlarida yashaydi. Ularning nerv sistemasi kuchli rivojlangan, tutqunlikda yaxshi yashaydi. Delfinlarning yuzi tumshuqqa o`xshash cho`ziq bo`ladi, ko`pchilik turlarining tanasi orqasida orqa suzgichi bor. MDHning ichki dengizlarida tishli kitlar kenja turkumining 24 ta turi uchraydi.
MDHning ichki dengizlarida tarqalgan bo`yi 4 m ga yetadigan oq biqinli delfin (Delphinapterus leucas) va uzunligi 1,5 m keladigan oddiy delfin (Delphinus delphis) ovlanadigan tishli kitlarga kiradi. Kashalot, kasatka, oq biqinli delfin va boshqa turlarining yog’i, terisi, spermetseti hamda go`shtidan foydalaniladi. Ko`pgina turlarining soni kamayib ketgan. Xalqaro «Qizil kitob»ga tishli kitlarning 4 ta turi kiritilgan. Delfinlar 25 -35 yil umr ko`radi, ularning tishlari 96 ta bo`ladi.
Damanlar (Hyracoidea) turkumi. Bu turkumga 11 ta tur kiradi. Ularning kattaligi mushukdek, tanasining uzunligi 30-60 sm, og’irligi 1,5-4,5 kg keladi. Tashqi ko`rinishi va kurak tishlarining tuzilishi bilan kemiruvchilarga o`xshasada, filogenetik nuqtai nazardan xartumlilarga yaqin turadi. Ustki labi ayri, oldingi kurak tishlarining orqa tomonida emali bo`lmaydi va doimo o`sib turadi. Damanlarning oldingi oyoqlarida 4 ta, orqa oyoqlarida 3 ta barmoqlari bo`lib, barmoqlarining uchida kichik tuyoqchalari bor. Dumi kalta yoki bo`lmaydi. Ular, asosan tog’larda, tekisliklarda va o`rmonlarda tarqalgan. Ayrim turlari daraxtlarga tirmashib chiqadi. Afrika va Arabiston yarimorolida tarqalgan. O`rmonlarda yakka-yakka, tog’larda 4,5 ming m gacha balandlikda koloniya bo`lib yashaydi. Damanlar serharakat, asosan o`simlikxo`r hayvonlar. Yilda bir marta 1-3 tadan bola tug’adi. Go`shti uchun ovlanadi.
Sirenlar (Sirenia) turkumi. Sirenlar kitlar singari suv hayvonlari hisoblanadi. Quruqlikka chiqmaydi. Bu turkumga hozir Hind okeanining Sharqiy Afrika va Shimoliy Avstraliya hamda Tayvan orollari qirg’oqlarida yashaydigan dyugonlar (Dugongidae), Antlantika okeani orollarida, G’arbiy Afrika va Janubiy Amerika qirg’oqlarida tarqalgan va u yerdan katta-katta daryolarga o`tadigan bir necha tur lamantinlar (Trichechidae) kiradi. Ularning 5 ta turi bor. Gavdasi urchiqsimon yoki duksimon shaklda bo`lib, oldingi oyoqlari o`zgarib kurakka aylangan, orqa oyoqlari yo`q, dum suzgichi gorizontal joylashgan. Uzunligi 2,5 m dan 6 m gacha va og’irligi 250 kg gacha boradi. Boshi kichik, tumshug’i to`mtoq, eshitish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Sirenlarda quruqlikda yashovchi tuyoqlilarning belgilari ham saqlanib qolgan. Masalan: oldingi oyoqlari kamroq o`zgarib, rudiment holda yassi tuyoqcha saqlangan, gavdasida qilsimon siyrak tuklari bor, jun qoplami bo`lmaydi, burun teshiklarida klapani bor. Bo`yni tanasidan aniq ajralib turadi. Tishlari reduktsiyaga uchragan, faqat oziq tishlari (2 tadan 8 tagacha) rivojlangan. Oziq tishlari tuyoqlilarnikiga o`xshash yassi, ayrim turlarining tishlari butunlay yo`q, tuyoqlilarga o`xshash, tomonlariga yana murakkab tuzilgan bir necha bo`lmali oshqozonining borligidir. Ichagi juda uzun. Sut bezlari so`rg’ichlari bir juft. Bu beozor yuvosh hayvonlar dengiz qirg’oqlariga yaqin suvliklarda yashaydi va u yerdan daryolarga o`tadi. To`da hosil qilib suv osti o`simliklari bilan oziqlanadi. Ular suv tubidagi o`tlarni go`shtdor lablari bilan uzib oladi va yassi oziq tishlari bilan maydalaydi. Teri osti yog’ qatlami ancha qalin. Lamantinlarning bo`g’ozlik davri 5-6 oy.
1741 yili zoolog olim, rus akademigi Steller Komandor orollari qirg’oqlaridan sirenlar turkumining yangi bir yirik turini topgan. Bu hayvon uning nomi bilan Steller sigiri (Hydrodamalis gigas) deb atalgan. Go`shti va yog’i uchun ko`plab ovlanishi tufayli qisqa vaqt ichida steller sigiri odamlar tomonidan qirilib bitirilgan. Oxirgi bosh steller sigiri 1768 yili o`ldirilgan, ya`ni topilgandan 27 yildan keyin oxirgi steller sigiri o`ldirilgan. Bu hayvonning bo`yi 7,5-10 m gacha va og’irligi 4 t gacha borgan. Dum suzgichi ikki pallali gorizontal holatda bo`lgan. Jag’larida tishlari bo`lmagan, tanglayida va pastki jag’ida qovurg’ali muguzli plastinkasi bo`lgan. Urg’ochisi har ikki yilda bitta bola tuqqan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish