Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Quloqli tyulenlar (Otariidae) oilasi



Download 30,53 Mb.
bet314/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Quloqli tyulenlar (Otariidae) oilasi vakillarida unchalik katta bo`lmagan boshlang’ich quloq suprasi va uzun harakatchan bo`yni saqlanib qolgan. Quruqlikda harakat kilganda orqa oyoqlarining kuraklari oldinga qarab, qorin ostiga qayrila oladi. Qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. Gavdasining usti qalin tivitli mo`yna bilan qoplangan. Bu oilaga dengiz arslonlari, sivuchlar va dengiz mushuklari kiradi. Eng ko`p tarqalgan turi dengiz mushugi (Callorhinus ursinus) MDHda Rossiyada Komandor orollari bilan Janubiy Saxalinda yashaydi. Bo`yi 2 m gacha boradi. Tinch okeaning shimolida tarqalgan. Ular qimmatbaho mo`yna beradi. Poligam hisoblanadi, ya`ni bitta erkagi 30 ta dan 80 ta gacha urg’ochilarini yig’ib, «haram» hosil qiladi va ularni urug’lantiradi. Homiladorlik davri bir yil atrofida. Urg’ochilari 1 ta dan qora rangli bola tug’adi. Katta yoshdagilari kulrang-qo`ng’ir tusda bo`ladi. Juni kalta, qalin va qattiq tuklardan iborat. Erkaklari urg’ochilaridan ikki hissa yirik. Quloqli tyulenlar oilasiga 14 ta tur kiradi.



225-rasm. Kurakoyoqlilar turkumi vakillari: 1-Grenlandiya tyuleni (erkagi), 2-dengiz mushugu, 3-Grenlandiya tyuleni (urg’ochisi) yangi tug’ilgan bolasi bilan, 4- morjlar.
Haqiqiy tyulenlar yoki quloqsiz tyulenlar (Phocidae) oilasi vakillari tashqi quloq suprasi yo`qligi, orqa kurak oyoqlarining oldinga qarab bukila olmasligi va quruqlikda harakatlanishda orqa kurak oyoqlarining ishtirok etmasligi, bo`ynining kalta bo`lishi va terisida tivitsiz siyrak dag’al junlarini borligi bilan xarakterlanadi.
Bu oilaga 18 ta tur kiradi, MDHda 9 ta turi uchraydi. Ular har ikkala yarimshar dengizlarida tarqalgan. Tyulenlar katta ov ahamiyatiga ega, ular terisi va yog’i uchun, yoshlari esa mo`ynasi uchun ovlanadi. MDHda ovlash uchun Oq dengizda tutiladigan Grenland tyuleni (Pagophoca groendlandica) bilan dengiz tovushqoni (Erignathus barbatus)ning ahamiyati katta.
Janubiy yarimsharda tyulenlardan eng yirigi dengiz fili (Macrorhinus leoninus) yashaydi. Janubiy yarimshar dengizlarida yana krabxo`r tyulen (Lobodon crcinophagus) va dengiz qoploni (Hydrurga leptonyx) ham yashaydi. Kaspiy dengizi va Baykal ko`lida nerpalar yashaydi. Dengiz filining uzunligi 6 m va og’irligi 3600 kg ga yetadi. Haqiqiy tyulenlar, asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Muz ustida va sohilda bolalaydi. Bolalari oq baroq junli bo`lib tug’iladi. Bu rang uch hafta saqlanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish