Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet315/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Morjlar (Odobenidae) oilasiga yagona tur morj (Odobenus rosmarus) kiradi. Morjlar qutb doirasidagi Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va Shimoliy muz okeanning barcha orollarida, MDHda esa Chukotka, Bering dengizlarida tarqalgan. Morjlar orasida ayrimlarining uzunligi 3-4 m va og’irligi 2000 kg gacha boradi. Ularning terisi qalin, junsiz bo`ladi. Faqat yosh morjlarning terisi to`q sariq, bo`z rangli jun bilan siyrak qoplangan. Orqa oyoqlari quloqli tyulenlarning orqa oyoqlari singari, oldinga qayrilib harakat qilishda ishtirok etadi.
Morjlarning tumshug’i atrofida 300-350 tagacha vibrissalari bor. Tashqi quloq suprasi yo`q. Yuqori jag’idagi keskich (qoziq) tishlari juda uzun bo`lib, dandon tishlarga o`xshaydi. Bu tishlarning uzunligi 60-80 sm atrofida bo`lib pastga qayrilgan bo`ladi. Bunday tishlar ayniqsa, erkaklarida ancha kuchli rivojlangan, ulardan ov, hujum va mudofaa quroli sifatida foydalanib qolmasdan, balki, muz ustiga chiqishda ham foydalanadi, ya`ni bu tishlari yordamida morjlar muz ustiga chiqadi va suv tubidan umurtqasiz hayvonlarni qazib oladi. Morjlarning peshona suyaklari ancha qattiq, 7-8 sm qalinlikdagi muzlarni yora oladi. Morjlar, asosan mollyuskalar bilan oziqlanadi. Morjlar qirg’oqda yuzlab, minglab to`da bo`lib yashaydi. Ular aprel-may oylarida urchiydi. Ikki yilda bir marta 1-2 ta bola tug’adi, tug’ilgan bolasining uzunligi 125 sm, og’irligi 45-68 kg gacha yetadi. Homiladorlik davri 1 yil. Odatda morjlar yuvosh bo`ladi, lekin xavf tug’ilganda odamga hujum qiladi.
Kitsimonlar (Cetacea) turkumi. Kitsimonlar turkumi vakillari kurakoyoqlilarga nisbatan haqiqiy dengiz hayvonlari bo`lib, hayotini faqat suvda o`tkazadi, quruqlikka chiqib qolsa halok bo`ladi. Gavdasi duksimon, baliqsimon, oldingi oyoqlari kurakka aylangan, bo`yni mutlaqo bilinmaydi. Orqa oyog’i yo`qolib ketgan, baliq dumiga o`xshash dumi bor, lekin dumi vertikal emas, balki gorizontal tekislikda o`rnashgan. Ular o`pkasini havo bilan to`ldirish uchun doimo suv yuzasiga ko`tarilishga majbur, suv ostida 15 minutdan 45 minutgacha, ba`zilari hatto 1,5 soatdan ortiq turishi mumkin. Terisi o`ta elastik. Ko`p turlarida orqa suzgich qanoti ham bo`ladi. Terisida jun qoplami yo`q, ba`zilarining bosh tomonida yakkam-dukkam tuklari bor. Terisining ostida qalin yarim suyuq yog’ qatlami kuchli rivojlangan, yirik turlarida yog’ qatlami 50 sm ga yetadi. Yog’ qatlami tanani sovushdan va hayvon solishtirma og’irligini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ter va yog’ bezlari yo`q, sut bezlari bir juft, so`rg’ichlari maxsus xaltachaga ochiladi. Dum va orqa suzgich qanotlarida suyak skeleti yo`q, ularni biriktiruvchi (qattiq) to`qima tutib turadi. Burun chig’anoqlari reduktsiyalanib ketgan, hidlov bo`shliqlari havoni o`pkaga o`tkazadigan kanal vazifasini o`taydi xolos, ya`ni hidni yaxshi sezmaydi. Umurtqa pog’onasining dumg’aza bo`limi boshqa bo`limlardan ajralmagan, ayrim turlarida son va boldir rudimentlari ham bo`ladi. Oldingi oyoqlarida besh barmoqli oyoqlarini barcha elementlari saqlanadi, lekin ularning shakli o`zgargan.
Sezgi organlaridan eshitish organi yaxshi rivojlangan. Nafas olish yo`llari o`ziga xos tuzilgan. Kekirdak usti va cho`michsimon tog’aylarning o`zaro qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan naycha burun teshiklarining ichki yo`llariga qo`shilishi natijasida havo yo`li ovqat yo`lidan butunlay ajralgan. O`pkasi egiluvchan, elastik va juda katta. Delfinlar nafas olganda 1-2 l havoni yutsa, ko`k kit nafas olganda o`pkasiga 14 ming litr havoni yutadi. Kitsimonlar bir marta nafas olganda o`pkasidagi havoning 80-90% yangilanadi, odamlarda esa faqat 15% yangilanadi. Qondagi gemoglobinning va muskullardagi mioglobinning ko`pligi kitlarning suv ostida uzoq turishiga imkon beradi. Kitlarning ko`zlari suv ostida ko`rishga moslashgan, ya`ni ularda yassi shox qatlami va sharsimon ko`z gavhari bor. So`lak bezlari yo`q.
Kitlarning bo`yi 1-2 m dan (dengiz cho`chqasi) 30-33 m gacha (ko`k kit) va og’irligi 30 kg dan 120-150 t gacha boradi. Boshi ustida o`rnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlari bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora bo`lib otilib turadi.
Kitlarning bo`g’ozlik davri bir yil, ular juda yirik bitta bola tug’adi. Bolasi 4-8 oy onasini emadi, 3 yoshida voyaga yetadi. Masalan: 160-170 sm li qora dengiz delfini 80-85 sm li bola tug’adi, 7-8 m li kashalotlar 3-4 m li bola tug’adi, 20-23 m li ko`k kitlar esa 7-8 m li bola tug’adi. Tishsiz kitlar 2-3 yilda bir marta ko`payadi, delfinlar esa har yili ko`payadi. Kitlar turkumiga 90 ta tur kiradi va ular Arktikadan Antraktidagacha bo`lgan barcha okean va dengizlarda tarqalgan. Ular 2000 m gacha chuqurlikka sho`ng’iydi. Kitsimonlar mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar hamda baliqlar bilan oziqlanadi. Kitlar 20-50 yil umr ko`radi. Kitsimonlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Ularning yog’idan glitserin, margarin va sovun tayyorlashda foydalaniladi, go`shtidan konserva tayyorlanadi, suyagidan chorva mollari va parrandalar uchun un qilinadi, jigarida vitamin «A» ko`p bo`ladi. Ko`pchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ovlash taqiqlangan. 18 ta turi va 1 ta kenja turi Xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan. Kitsimonlar turkumi 2 ta kenja turkumga bo`linadi (226-rasm).

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish