Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Bosh skeletining vistseral (yuz) bo`limi



Download 30,53 Mb.
bet274/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Bosh skeletining vistseral (yuz) bo`limi ham boshqa umurtqali hayvonlardagi singari bir necha suyaklardan tashkil topgan. Hamma sutemizuvchilarda, yuqori jag’ juft jag’ oldi suyak bilan kuchli taraqqiy etgan ustki jag’ suyaklaridan iborat. Barcha sutemizuvchilarga xos ikkilamchi tanglay, jag’lararo suyaklarning tanglay o`simtalari (bu o`simtalar hidlovaro suyak bilan birga sutemizuvchilarda burunaro to`siqni hosil qilishda ishtirok etadigan toq dimog’ suyagini yuqoriga ko`tarib qo`yadi), yuqori jag’ suyagining tanglay o`simtalari va tanglay suyaklarining tanglay o`simtalaridan hosil bo`lgan. Ikkilamchi tanglay burun yo`lini og’iz bo`shlig’idan ajratib turuvchi devor hisoblanadi. Tanglay suyaklarining orqa qismiga ichki burun teshigi-xoanalar o`rnashgan. Nihoyat, tanglay suyaklarining orqa tomoniga vertikal o`rnashgan uzunchoq qanotsimon suyaklar birikadi.
P
200-rasm. Sutemizuvchilar qulog`ining tuzilish sxemasi: 1-yarimaylana kanallar, 2-chig`anoq, 3-uzangi, 4-sandon,
5-bolg`acha, 6-ovalsimon deraza,
7-nog`ora pardasi, 8-tashqi quloq suprasi.
astki jag’ faqat juft tish suyaklaridan iborat. Bu suya
klar old tomonda bir-biriga qo`shilib simfizis hosil qiladi, orqa tomonida esa yuqoriga qaragan katta tojsimon o`simtasi bor, shu o`simtaning uchida birikuv boshchasi bo`ladi.
Umurtqa pog’onasi. Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi to`liq besh bo`limga: bo`yin, ko`krak, bel, dumg’aza va dumga bo`linadi (201-rasm).

B

201-rasm. Tulkining umurtqalari (oldidan ko`rinishi): A-bo`yin bo`limi, B-ko`krak bo`limi:
1-umurtqa tanasi, 2-ustki yoy, 3-ostist o`simtasi, 4-ustki yoylarni birikish yuzasi, 5-orqa miya kanali, 6-ko`ndalang o`simta, 7-bo`yin qovurg’asining qoldig’i, 8-qovurg’a, 9-qon tomirlari uchun teshik, 10-qovurg’a boshchasi, 11-qovurg’a bo`rtigi.
Umurtqa tanasining old va orqa yuzalarida sutemizuvchilar uchun xarakterli bo`lgan yassi bo`g’im yuzalari (platitsel umurtqalar) bor, ular yumaloq tog’ay disklar-menisklar bilan bir-biridan ajralgan. Bo`yin bo`limida ko`pchilik sutemizuvchilarda 7 ta umurtqa bo`ladi. Faqat lamantin va yalqovlarning - Choloeopus hoffmani turida 6 ta, yalqovlarning Bradypus avlodi turlarida esa 6 tadan 10 tagacha bo`yin umurtqalari bo`ladi.
Birinchi bo`yin umurtqasi atlas yoki atlantning old tomonida ikkita birikuv yuzasi bor, shu yuzalar yordami bilan bosh skeletining ikkita ensa bo`rtmasiga birikadi. Shuning uchun bosh skeleti atlasga nisbatan faqat vertikal tekislik bo`ylab harakat eta oladi hamda atlas bosh skelet bilan birga ikkinchi bo`yin umurtqasi-epistrofeyning tishsimon o`simtasida ham aylana oladi. Epistrofeydagi tishsimon o`simta aslida atlasning ajralgan tanasi hisoblanib, u epistrofeyga mustahkam birikkan. Epistrofeyning ko`ndalang o`simtalari kalta va kichik bo`lib, orqaga qayrilgan va ularda umurtqa arteriyasi uchun teshik bor. Yuqori yoki nevral yoylarning ustida kalta ostist o`simtalari bo`ladi. Qolgan bo`yin umurtqalari qovurg’a rudimentlariga ko`ndalang o`simtalarning ko`shilib, ichidan qon tomirlari o`tadigan kanal hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Yuqori yoylarda qo`shni umurtqalarni bir-biri bilan harakatchan birikishini ta`minlovchi biriktiruv yuzalari bo`ladi.
Sutemizuvchilarda bo`ynining uzunligi umurtqalar soniga emas, balki ularning uzunligiga bog’liq. Bo`yin umurtqalari jirafa va boshqa tuyoqlilarda juda uzun, chunki boshining harakatchanligi oziq olishda muhim ahamiyatga ega. Bo`yin umurqalari yirtqichlarda ham yaxshi rivojlangan. Kitsimonlarda, kemiruvchilarda va yer qazib tuproq ostida yashovchi darrandalarda bo`yin umurtqalari juda qisqa va kam harakatchan bo`ladi.
Ko`krak bo`limi umurtqalarining soni turli sutemizuvchilarda 9 tadan 24 tagacha, ko`pincha 12-15 ta (tulkilarda 13 ta) bo`ladi, kitlarda 9 ta, Choloepus urug’iga kiruvchi yalqovlarda 24 ta bo`ladi. Ko`krak umurtqalarining oldingi 7 tasiga qovurg’alar va bu qovurg’alar pastki tomondan to`sh suyagiga birikadi, bunday qovurg’alarni chin qovurg’alar deyiladi. Qolgan ko`krak umurtqalarida ham qovurg’alar bo`lib, ularni yetim qovurg’alar deyiladi, chunki bu qovurg’alar to`sh suyagiga yetib kelmaydi.
To`sh suyagi birin-ketin joy olgan 6 ta suyak segmentlardan iborat bo`lib, uchi uzunroq tog’ay plastinka-qilichsimon o`simtaga aylanib ketadi. Oldingi eng katta segmenti to`sh dastasi deyiladi. Shunday qilib sutemizuvchilarda ko`krak umurtqalari, qovurg’alar va to`sh suyagi birlashib ko`krak qafasini hosil qiladi. Shu bilan birga ko`rshapalaklar bilan oldingi oyoqlari yaxshi rivojlangan va yerni yaxshi kavlaydigan krotlarda to`sh suyagida segmentatsiya yo`qoladi va kichikroq ko`krak toj suyagiga aylanadi va unga xuddi qushlarnikiga o`xshab muskullar birlashadi.
Umurtqalar tanasidan yuqoriga orqa miya kanali devorini hosil qiluvchi ustki yoylar chiqadi. Ustki yoylar ustida orqaga qayrilgan baland ostist o`simta joylashgan. Ko`krak umurtqalarining hammasida qovurg’a bor. Qovurg’alar suyakdan iborat ustki (orqa) va tog’aydan iborat pastki (qorin) bo`limlardan tashkil topgan. Barcha qovurg’alar o`zining boshchasi bilan ikkita qo`shni umurtqa tanasiga, shuningdek, bo`rtma yordami bilan kundalang o`simtalarga birikadi. Natijada qovurg’aning umurtqaga qo`sh birikishi vujudga keladi. Qovurg’aning boshi bilan bo`rtmasi oralig’ida hosil bo`lgan teshikdan qon tomirlari o`tadi.
Bel bo`limida umurtqalar soni turli sutemizuvchilarda 2 tadan 9 tagacha (itlarda 6 ta, quyon va tulkilarda 7 ta) bo`ladi. Bel umurtqalarida rudimentar qovurg’alar bor.
Ko`pchilik sutemizuvchilarda dumg’aza umurtqalari o`zaro va chanoq suyaklariga qo`shilgan 4 ta umurtqadan iborat. Bulardan faqat oldingi 2 tasi haqiqiy dumg’aza umurtqasi hisoblanadi, qolgan 2 tasi esa dumg’azaga yopishgan dum umurtqalaridir. Yirtqichlarda dumg’aza umurtqalari soni 3 ta, quyonda 4 ta, noto`liq tishlilarda 10 ta, o`rdakburunlarda esa 2 ta bo`ladi. Kitsimonlarda va sirenlarda dumg’aza umurtqalari bo`lmaydi.
D



202-rasm.Tulkining yelka kamari va oldingi oyoqlari skeleti: 1-kurak suyagi, 2-kurak toji, 3-akromial o`simta, 4-bo`g`im chuqurchasi,
5-korakoid o`simtasi, 6-yelka suyagi,
7-tirsak suyagi, 8-bilak suyagi,
9-bilaguzuk suyaklari, 10-kaft suyaklari, 11-barmoq falangalari.
um umurtqalari sutemizuvchilarda ancha o`zgaruvchan. Masalan: gibbonlarda 3 ta, uzundumli yasherlarda 46-49 ta, tulkilarda 19 ta, quyonlarda 15 ta, orangutanlarda 3 ta, odamlarda 3-6 ta (odatda 4 ta) bo`ladi.

Umurtqalarning harakati ham turli sutemizuvchilarda har xil bo`ladi. Mayda sutemizuvchilarning umurtqalari bir-biri bilan harakatchan birlashgan va ular yelkasini yoysimon bukadi. Yirik sutemizuvchilarda bo`yin va dum umurtqalarigina harakatchan bo`lib, boshqa umurtqalari yaxshi hara-katlanmaydi.
Ular yurganda va yugurganda faqat oyoqlari bilan harakatlanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish