Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


V.4. Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va ahamiyati



Download 30,53 Mb.
bet180/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

V.4. Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi va ahamiyati

Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishini o`rganish katta ahamiyatga ega, chunki qushlar bilan sutemizuvchilar ham qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Toshko`mir davrining oxirlarida quruqlikning ko`pgina qismida hukm surib kelgan nam va issiq iqlim yomonlashgan, qish sovuq bo`la boshlagan. O`sha davrning oxiri va perm davrining boshida yer po`stlog’i zo`r geologik o`zgarishlarga uchragan, quruqlikning ancha qismida quruq va issiq iqlim qaror topgan. Botqoqlik o`simliklari-ninabarglilar va sagovniklar paydo bo`lgan. Bu davrda sudralib yuruvchilarning takomil etishiga qulaylik tug’diradigan sharoit paydo bo`ladi, natijada sudralib yuruvchilar quruq terisi, quruqlikda urchishga moslashishi va bosh miyasining yuqori takomil etganligi tufayli yashash uchun kurashda amfibiyalardan g’olib chiqa boshlaydi va mezozoy erasining boshlariga kelib amfibiyalarni tamomila siqib chiqara boshlaydi.


Eng qadimgi sudralib yuruvchilarning qoldiqlari ustki toshko`mir davridan ma’lum (300 mln yil ilgari). Lekin ularning stegotsefallardan ajralib chiqishi toshko`mir davrining o`rtalarida (320 mln yil oldin) primitiv stegotsefallar-antrozavrlardan boshlangan. Masalan: Diplovertebron quruqlikda yashashga ancha moslashgan hayvon bo`lgan, lekin ular hali suv havzalari, botqoqlik va nam biotoplar bilan bog’liq bo`lgan. Shu bilan birga ularning harakatchanligi kuchli bo`lgan, bosh miyasi kattalashgan, terisi muguzlasha boshlagan.





136-rasm. Kotilozavrlar (1,2,3) va psevdozuxiya (4): 1-pareyzavrning (ustki perm) skeleti,
2-pareyzavr (tashqi ko`rinishi tiklangani), 3-seymuriya, 4-psevdozuxiya.

Toshko`mir davrining o`rtalarida Diplovertebron amfibiyalardan seymuriyamorflar (Seymouriomorpha) ajralib chiqadi. Bularning qoldiqlari ustki toshko`mir va pastki perm qatlamlaridan topilgan. Bular amfibiyalar bilan sudralib yuruvchilar o`rtasida oraliq o`rinni egallagan, lekin sudralib yuruvchilarga yaqin turgan. Ularda atlas va epistrofey shakllana boshlagan. Oyoq skeleti va ularning kamarlari to`liq suyakka aylangan, uzun suyak qovurg’alari bo`lgan, lekin bu qovurg’alarning uchlari ko`krak qafasini hosil qilmagan. Ba`zilarida jabra yoylari saqlangan va ular hali suv bilan bog’langan bo`lgan.


Amniotalarga xos ko`payish xarakteri va tuxumning havo muhitida rivojlanishi qachon paydo bo`lganligi aniq emas. Shuni ta`kidlash kerakki, bu jarayon toshko`mir davrida kotilozavrlar (Cotylosauria) paydo bo`lgandan yuz bergan. Kotilozavrlarning bosh skeleti usti yaxlit suyaklar bilan qoplangan bo`lgan. Atlas va epistrofey to`liq shakllangan. Oyoqlari gavdani yerdan ko`tarib tura olgan. Dumg’aza umurtqalari 2-5 ta bo`lgan. Kotilozavrlar ustki toshko`mir va perm davrlarida gullab yashnagan. Bularning orasida kaltakesaklardek keladigan kichik turlari bilan bir qatorda bo`yi 3 m gacha boradigan yirik vakillari ham bo`lgan (136- rasm).
K

137-rasm. Toshbaqalarning faraz etilgan ajdodi(Eunotosaurus)ning ostki tomondan ko’rinishi.
otilozavrlar hozirgi zamon va xilma-xil qazilma holdagi sudralib yuruvchilarni boshlab bergan qadimgi guruhlardandir. Bular perm davrida nihoyatda ko`p bo`lib, trias davrida qirilib bit
gan. Chunki bu davrga kelib kotilazovrlardan yuksakroq sudralib yuruvchilar paydo bo`ladi va yashash uchun kurashda g’olib chiqadi. Perm davrida paydo bo`lgan toshbaqalar (Eunotosaurus)da keskin kengaygan qovurg’alar hali yaxlit ustki pantsir (karapaks)ni hosil qilmagan (137-rasm), qorin qalqoni bo`lmagan va jag’larida tishlari bo`lgan.
Bu qadimgi guruh trias davridayoq to`la tashkil topgan va deyarli o`zgarmasdan hozirgi zamongacha yashab kelmoqda. Sey-muriyamorflar, kotilozavrlar va toshbaqalar anapsida guruhiga birlashtiriladi.
Kotilozavrlardan perm davrining ustki va trias davrining boshlarida ixtiozavrlar va pleziozavrlar kabi dengizda yashaydigan qazilma sudralib yuruvchilar paydo bo`lgan. Pleziozavrlar (Plesiosauria) haqiqiy dengiz sudralib yuruvchilari bo`lgan. Ularning tanasi keng va yapaloq bo`lgan. Kichkina boshini ko`taruvchi bo`yni bilan ixtiozavrlardan farq qilgan. Ikki juft oyog’i shaklan o`zgarib, suzgich kurakka aylangan. Terisi yalang’och bo`lgan, bo`yi 0,5 m dan 10-15 m gacha borgan. Pleziozavrlar trias davrining boshida paydo bo`lib, bo`r davrining oxirlarida qirilib ketgan.
Ixtiozavrlar (Ichthyosauria) trias davrining ustki qatlamlarigacha yashagan. Mezozoy erasi dengizlarida bular hozirgi kitsimonlarning o`rnini egallagan va delfinlarga o`xshab ketgan gavdasi duksimon, tumshug’i uzun, ikki pallali dum suzgich qanoti bo`lgan. Oyoqlari qisqa kurak ko`rinishida, terisi yalang’och bo`lgan. Barmoqlarining soni 7 tagacha borgan. Bu belgilar ularning pleziozavrlarga nisbatan suvda yashashga o`ta kuchli moslashganligidan dalolat beradi. Ixtiozavrlarning bo`yi 1 m dan 14 m gacha borgan. Bular faqat baliqlar, ba`zan esa umurtqasizlar bilan oziqlangan. Ixtiozavrlar ham trias davrida paydo bo`lib, bo`r davrining oxirida qirilib ketgan.




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish