Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet176/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Oziqlanishi. Sudralib yuruvchilarning yeydigan ozuqasi ham va oziq topish usullari ham turlicha bo`ladi. Ularning orasida hasharotxo`rlar, baliqxo`rlar, yirtqichlar va o`simlikxo`rlari bor.
Kaltakesaklarning ko`pchiligi hasharotlar bilan oziqlanadi. To`garakboshlilar, asosan mayda qo`ng’izlarni tutib yeydi kaltakesakchalar to`g’riqanotli hasharotlarni asl kaltakesaklar qo`ng’izlar, o`rgimchaklar va mollyuskalarni tutib yeydi. Sariq ilon bilan urchuqcha esa mollyuskalarni echkemarlar hasharotlarni, sichqonsimon kemiruvchilarni va qushlarni tutib yeydi. Toshbaqalar va timsohlar esa qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, hasharotlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Suv ilonlari va boshqa bir qancha ilonlar, amfibiyalar, baliqlar, kemiruvchilar hamda qushlarning tuxumlari bilan oziqlanadi. Dengiz toshbaqalari va dengiz ilonlari mayda baliqlar va ularning chavoqlari bilan oziqlanadi. Bo`g’ma ilonlar kemiruvchilar, maymunlar va boshqa yirik hayvonlarga ham hujum qiladi, ular o`ljasini halqadek o`rab olib, bo`g’ib o`ldiradi. Suv ilonlari (zaharsiz) baqalarni tiriklayin yutadi. Zaharli ilonlar esa o`ljasiga to`satdan tashlanib, uni zahar tishlari bilan chaqib zaharlab o`ldiradi va shundan keyin butunligicha yutadi. O`simlikxo`r reptiliyalar kam. Quruqlikda yashovchi toshbaqalarning deyarli hammasi, bizda uchraydigan O`rta Osiyo cho`l toshbaqasi, Kavkaz toshbaqasi, ayrim tur agamalar va iguanalar, asosan o`simliklar bilan oziqlanadi.
Ular ba`zan mayda hayvonlar bilan ham oziqlanadi. Ko`pchiligi suv ichadi yoki suvni ozuqa tarkibidan oladi. Ularning oziq qidirishi ham turlicha. Ozig’ini yer ustidan va yer ostidan qidirib topadi. Masalan: matrap kaltakesakchasi (Eremias grammica) O`rta Osiyo sahro qumlaridan 10 sm chuqurlikkacha qazib hasharotlarni tutib yeydi, ular bir yeganda 20 tagacha qurtni paqqos tushiradi. Qurtni o`tkir hid bilish organi orqali yer ostidan topib kavlab oladi. Ilonlardan bo`g’ma ilonlar, timsohlar, suv toshbaqalari va xameleonlar avval o`ljasini poylab, keyin unga tashlanadi. Xameleonlar daraxt shoxchalarida poylab uzun tili yordamida hasharotlarni tutib yeydi. Ilonlar bilan toshbaqalar uzoq ochlikka chidaydi (bu holatni albatta oziqni yetishmasligidan deb tushuntirish mumkin, och qolganda ularning faolligi sust bo`ladi). Kaltakesaklar har doim oziq topgani uchun ularda yuqoridagi xususiyat, ya`ni ochlikka chidash kuzatilmaydi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish