139-rasm. Dinozavrlar. 1-iguanodon, 2-brontozavr, 3-diplodok, 4-tritseratops,
5-stegozavr, 6-seratozavr.
Qushchanoqlilar guruhiga kiruvchi sudralib yuruvchilar, asosan o`simlikxo`r hayvonlar bo`lgan. Ko`pchiligi orqa oyoqlarida harakat qilgan. Oldingi oyoqlari sezilarli darajada qisqargan. Jag’larining oldingi qismi shox tumshuq bilan qoplangan bo`lib, tishlari bo`lmagan, faqat jag’larining keyingi tomonida tishlari bo`lgan.
Qushchanoqlilarga iguanadonlar, stegozavrlar va tritseratopslar kiradi. Iguanadonlarning balandligi 5 m dan 9 m gacha borgan, ular faqat orqa oyoqlarida yurgan.
Stegozavrlarning boshi juda kichkina, boshining orqa tomonida ikki qator o`rnashgan uchburchakli baland suyak plastinkalari va dumida o`tkir tikanlari bo`lgan. Stegozavrlarning bo`yi 5 m gacha borgan.
Tritseratopslar tashqi ko`rinishidan karkidonlarga o`xshash bo`lgan. Tumshug’ining uchida uncha katta bo`lmagan bitta shox va ko`zining ustida ikkita uzun shoxi bo`lgan. Ularning uzunligi 8 m gacha borgan.
N
140-rasm. Yirtqichtishlilar:
1-inostrantseviya. Ustki permdan topilgan (tiklangani); 2-sinognatusning bosh skeleti.
ihoyat, sudralib yuruvchilarning oxirgi darrandasimonlar yoki sinapsidalar kenja sinfi (Theromorpha, Synapsida) kotilozavrlardan ajralib chiqqan bosh bo`g’inlaridan biri hisoblanadi. Darrandasimonlar toshko`mir davrining oxirlarida paydo bo`lgan, lekin amfibiyalarga xos ba`zi belgilarni saqlab qolgan (teri bezlari ko`p bo`lgan). Toshko`mir davrining oxiri va perm davrida pelikozavrlar turkumi turlari kelib chiqqan. Ularning umurtqalari amfitsel tipda bo`lgan, bosh skeleti kuchsiz rivojlangan. Bitta chakka chuqurchasi va bitta ensa bo`rtmasi bo`lgan, qorin qovurg’alari va tanglay suyagida tishlari bo`lgan. Bo`yi 1 m dan 3-4 m gacha borgan. Perm davrining oxiriga kelib, pelikozavrlar qirilib ketadi, lekin ulardan oldin darranda tishli sudralib yuruvchilar ajralib chiqadi. Ularning ba`zi turlarida tishlari kurak, qoziq va oziq tishlarga ajralgan. Pastki jag’ining boshqa suyaklari kichraygan. Ixtisoslashgan yirtqich turlariga misol qilib, Shimoliy Dvinadan topilgan inostrantseviyani va juda progressiv sinognatuslarni ko`rsatish mumkin (140-rasm).
Shunday qilib, perm davrining oxiri, trias davrining boshiga kelib, sudralib yuruvchilar faunasi yer yuzida hukmronlik qil-gan. Amfibiyalarning ko`pchiligi qirilib ketadi. Sudralib yuruvchilar bu davrlarda nafaqat quruqlik muhitini, balki havo hamda suv muhitlarini ham o`zlashtirib olgan. Butun mezozoy erasining 150 mln yili davomida sudralib yuruvchilar yer yuzida hukmronlik qilgan.
Bo`r davrining oxiriga kelib, Yer yuzida yangi kuchli tog’ hosil bo`lish jarayoni boshlangan. Buning natijasida keng landshaftlar qayta hosil bo`ldi, dengiz va quruqliklar qaytadan taqsimlandi. Iqlim quruqlashdi, yil fasllari (issiq va sovuq) shakllandi hamda tabiat mintaqalari paydo bo`ldi. Shu bilan birga, o`simlik olami ham o`zgardi, ya`ni sagovniklar va ninabargli daraxtlar yopiq urug’li o`simliklar bilan almashindi.
Bu vaqtga kelib, issiqqonli hayvonlar (qushlar va sutemizuvchilar) paydo bo`ldi. Bu hayvonlar o`zgarayotgan muhitda issiqqonliligi tufayli moslashib boradi va biotoplardan sudralib yuruvchilarni siqib chiqaradi. Keyin hozirgi zamon erasi – kaynozoy boshlanadi. Kaynozoy erasida sutemizuvchilar va qushlar hukmronlik qiladi. Sudralib yuruvchilardan kichik va harakatchan tangachalilar, yaxshi himoyalangan toshbaqalar va suvda yashovchi timsohlar saqlanib qoldi. Mezozoy erasining oxiriga kelib, ko`pchilik sudralib yuruvchilarning qirilib ketishiga sabab, o`sha vaqtdagi iqlim sharoitining va Yer orografiyasining o`zgarishi hamda yuksak taraqqiy etgan issiqqonli hayvonlarning (qushlar va sutemizuvchilar) paydo bo`lishi hisoblanadi. 141-rasmda sudralib yuruvchilar filogeniyasining umumiy sxemasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |