Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi



Download 30,53 Mb.
bet169/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Arxozavrlar (Archosauria) kenja sinfi
Timsohlar (Crocodilia) turkumi

T





130-rasm. Sudralib yuruvchilarda ikkilamchi suyak tanglayining hosil bo`lish sxemasi: 1-birlamchi xoana-lar, 2-ikkilamchi xoanalar, 3-nafas olish qismi, 4-hid bilishni sezuvchi qismi, 5-orbita, 6-miya qutisi bo`shlig`i, 7-birlamchi tanglay,
8-ikkilamchi qattiq tanglay,
9- burun-halqum yo`li.
imsohlar sudralib yuruvchilarning eng qadimgi guruhlaridan hisoblanadi. Ular 300 ming yil ilgari paydo bo`lgan. Hozir yashab turgan timsohlar turkumi turli-tuman arxozavrlar kenja sinfining qoldig’i hisoblanadi. Timsohlarning tashqi ko`rinishi kaltakesaklarga o`xshaydi, shuning uchun K.Linniy kaltakesaklar urug’ining turlari deb hisoblagan. Timsohlar hayot kechirishi va tuzilishi jihatidan kaltakesaklardan uzil-kesil farq qiladi. Timsohlar chuchuk suvlarda hayot kechirishga moslashgan ulkan sudralib yuruvchilardan bo`lib, uzunligi 2-5 m va hatto 10 m gacha boradi. Timsohlar hozirgi sudralib yuruvchilar sinfi orasida eng yuksak taraqqiy etgan bo`lib, ularning gavdasi shox qalqonlar bilan qoplangan, bosh skeletida sutemizuv-chilarnikiga o`xshash taraqqiy etgan ikkilamchi suyak tanglayi bor, tishlari maxsus katak-chalarda-alveolalarda joylashgan. Shuning bilan birga ularda 2 ta chakka yoyi va qorin qovurg’alari qadimgi ajdodlardan saqlanib qolgan.
Suvda yashashga moslashgan belgilariga oyoqlaridagi (orqa) barmoqlar oralig’idagi pardalari, suvga sho`ng’iganda quloq va burun teshiklariga suv kirib ketmasligi uchun teri qopqoqlari (klapanlari) borligi, burun teshiklari va ko`zlari boshining ustidagi bo`rtmalarda joylashganligi, og’iz bo`shlig’ining orqa tomonida halqum teshigi oldiga o`rnashgan maxsus tanglay pardasi borligi, burun teshigini berkita olishi, bunda hayvon faqat burun teshiklarini suvdan chiqarib, suv ichida og’zini ochgan holda nafas olishi timsohlarga xos belgilar hisoblanadi. Ko`z qorachig’i vertikal joylashgan. Timsohlarning gavdasi yelka – qorin tomonga yassilangan, dumi esa aksincha, 2 yonidan siqilgan bo`lib, suzish organi hisoblanadi. Oldingi oyoqlarida 5 tadan va orqa oyoqlarida 4 tadan barmoqlari bor. Boshqa ko`plab sudralib yuruvchilardan farq qilib timsohlarda juda kam bo`lsada teri bezlari bor. Bu bezlar, asosan yelkasida, ostki jag’ida va kloaka atrofida bo`ladi.
T



131-rasm. Timsoh yuragi va arterial yoylarining tuzilish sxemasi (qorin tomondan ko`rinishi): I-IV-jabra yoylari;
1-ichki uyqu arteriyasi, 2-tashqi uyqu arteriyasi, 3-aorta yoyining o`ng sistemasi,
4-aorta yoyining chap sistemasi, 5-orqa aorta, 6-o`pka arteriyasi, 7-nomsiz arteriya,
8-oshqozon - ichak arteriyasi.


imsohlarning bosh miyasi va sezgi organlaridan ko`rish hamda eshitish organlari yaxshi taraqqiy etgan. Ikkilamchi tanglay jag’aro, qanotsimon suyak va boshqa suyaklar og’iz bo`shlig’ining o`rtasida bir-biriga qo`shiladi, bu suyaklar og’iz bo`shlig’ini ikki qavatga: pastki ikkilamchi og’iz bo`shlig’iga va ustki burun - halqum yo`liga bo`lib turadi. Oldingi tomonda burun-halqum yo`liga birlamchi xoanalar ochiladi, keyingi tomonda esa bu yo`l ikkilamchi xoanalar yordami bilan halqumga tutashadi
(130-rasm). Xoanalarning bu tariqa orqaga siljib xalqumdan joy olishi, suv ostida oziq yutishiga moslashishdir. Umurtqalari protsel shaklida bo`ladi. Bo`yin umurtqasi 9 ta, ko`krakda 12-13 ta, belida 2-4 ta, dumg’azada 2-3 ta va dumida 30-40 ta umurtqalari bor. Gatteriyalardagidek, timsohlarda ham ilmoqsimon qovurg’alarida o`simtalar bor. Yelka kamarida kurak va korakoid bo`lib, o`mrov suyagi yo`q. Chanog’ida berkituvchi teshik bo`ladi (bu belgi sutemizuvchilar uchun xarakterli). Bosh miyasi o`rta va ikkita yon bo`laklardan tashkil topgan, katta miyachasi bor. Tishlari faqat jag’aro, ustki jag’ va tish suyaklaridan iborat. Tishlari bir tipda tuzilgan, shaklan konusga o`xshaydi,
yeyilgan sari yangisi bilan almashib turadi. Yo`g’on go`shtdor tili og’iz bo`shlig’ining tubiga qo`zg’almas bo`lib o`rnashgan. Oshqozoni yaxshi diffe-rentsiallashgan va 2 qismga bo`lingan. O`pkasi murakkab katakchalardan tuzilgan.Timsohlarning yuragi to`rt kamerali, lekin venoz sinusi reduktsiyalanib ketganligi tufayli orqa aortasi 2 ta aorta yoyining qo`shilishidan hosil bo`lmay, balki o`ng yoyi davomi hisoblanadi, ya`ni yurakdan venoz va arterial qon chiqayotganda aralashib ketadi
(131-rasm). Timsohlarda kopulyativ organi toq bo`ladi, siydik pufagi rivojlanmagan, kloaka teshigi ko`ndalang shaklda.
Timsohlar dam olish va tuxum qo`yish uchun suvdan quruqlikka chiqadi. Ular har xil hayvonlar, ya`ni baliqlar, baqalar, sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ba`zan odamga ham tashlanadi.
Timsohlar ikkita yarimsharning tropik va subtropik viloyatlarida tarqalgan. Ular, asosan Afrikada Nil daryosida, Yangi Gvineyada, Floridada, Amerikada, Hindistonda va Avstraliyada yashaydi.
Timsohlar tuxum qo`yib ko`payadi. Tuxumining kattaligi tovuq va o`rdak tuxumlariday, usti qalin ohak po`choq bilan o`ralgan bo`ladi. Ular tuxumini chuqurliklarga (haqiqiy timsohlar) yoki uya yasab (kaymanlar) uya ichiga qo`yadi. Uyasini xashak va cho`plardan yasaydi, unga 20 tadan 100 tagacha tuxum qo`yadi. Uya ustini ko`madi. 1,5-3 oydan keyin yosh timsohlar tuxumdan chiqadi, urg’ochilari ini yonida turib dushmandan tuxumlarini qo`riqlaydi. Ularning terisi va go`shti ishlatiladi. Timsohlar 80-100 yilgacha yashaydi, 8-10 yoshida voyaga yetadi. Timsohlar, asosan tunda faol bo`ladi.
Timsohlar turkumiga 23 ta tur kiradi va ular 3 ta oilaga bo`linadi.
1. Alligatorlar (Alligatoridae) oilasiga 4 ta urug’ va 8 ta tur kiradi. Alligatorlarga tipik vakil qilib xitoy alligatori (Alligator sinensis) va timsoh kaymanini (Caiman crocodilus) misol qilib olish mumkin. Xitoy alligatori Xitoyda yashaydi. Missisipi alligatori (Alligator missisippiensis) AQSHning janubiy sharqiy qismida tarqalgan. Kaymanlar urug’iga timsoh kayman, keng tumshuqli kayman (Caiman latirostris) va qora kayman (Melanosuchus niger)lar kiradi. Kaymanlar janubiy Amerikada yashaydi. Xitoy alligatorining uzunligi 1,5-2 m ga va Missisipi alligatorining uzunligi 4,5 m ga boradi. Shuningdek, kaymanlarning ham uzunligi 2-4,5 m atrofida bo`ladi.
2. Haqiqiy timsohlar (Crocodylidae) oilasining 14 ta turi bo`lib, bulardan Nil timsohi (Crocadylus niloticus) tipik vakil hisoblanadi va uning uzunligi 8-10 m gacha boradi. Haqiqiy timsohlar Afrika, Janubiy Osiyo, Shimoliy Avstraliya va tropik Amerikada yashaydi. Dengiz timsohlari, asosan Avstraliyaning shimoliy qismida yashaydi. Haqiqiy timsohlarning uzunligi 2 m dan 6-7 m gacha boradi.
3. Gaviallar (Gavialidae) oilasiga bitta gavial (Gavialis gangeticus) turi kiradi. Gavial uzun tumshug’i-rostrumi borligi bilan xarakterlanadi (uchi to`mtoqroq, ayniqsa erkaklarida). Uzunligi 6 m gacha boradi. U Hindistonda va Birmada daryolarda yashaydi.
Timsohlar ko`plab ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. Bir qancha mamlakatlarda (AQSh, Kuba, Yaponiya, Keniya va boshqa davlatlarda) timsohlarni ko`paytiradigan pitomniklar mavjud.
Tuxumdan bolalari 90 kunda ochib chiqadi. Tuxum +310C dan past haroratda bo`lsa urg’ochi timsoh, baland bo`lsa erkak timsoh paydo bo`ladi. Tuxumdan chiqqan timsohlarning 2-3 tasigina jinsiy voyaga yetgan timsohga aylanadi. Timsohlar qimmatbaho terisi va go`shti uchun ovlanadi. Timsohlarning barcha turlari Jahon «Qizil kitob»iga kiritilgan.



Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish