Anapsidalar (Anapsida) kenja sinfi
Toshbaqalar (Testudines yoki Chelonia) turkumi
Reptiliyalar orasida toshbaqalar ancha murakkablashgan guruh hisoblanadi. O`ziga xos asosiy belgilariga, avvalo, ularning tanasi suyak-muguz yoki suyak – teri sovut (qalqon) bilan qoplanganligidir. Sovut orqa – karapaks va qorin – plastron
‘
q
132-rasm. Toshbaqaning skeleti (ustki qopqog`ining pastki tomondan ko`rinishi, qorin qopqog’i ajratib olingan va chap tomonga qayrib qo`yilgan):
1-umurtqa pog`onasi, 2-qovurg`a,
3-qovurg`a plastinkalari, 4-qirra plastinkalari,
5-korakoid, 6-kurakning pastki (qorin) tomondagi o`sig`i, 7-kurak, 8-yonbosh suyagi, 9-quymich suyagi, 10-qov suyagi.
alqonidan iborat. Uning tanasi, ba`zan bo`yni, boshi, oyoqlari va dumi ham sovut (kosa) ichida bo`ladi. Bu suyak pantsir kosasi dushmandan saqlanadigan muhofaza organi hisoblanadi (132-rasm). Ustki qismi – ka-rapaks suyak plastinkalardan hosil bo`lgan va unga qovurg’alar hamda umurtqa pog’onasi birlashib ketgan bo`ladi. Pastki qismi – plastron 4 juft suyak plastinkalaridan iborat, unga to`sh suyagi va o`mrov suyaklari birlashib ketgan bo`ladi. Plastron va karapaks pay yoki suyak tutqich bilan bog’langan. Yelka kamari 2 ta suyakdan: kurak, ko-rakoiddan iborat. Chanog’ida xuddi timsohlardagidek, yirik berkituvchi teshik bor. Oyoqlari tipik ravishda bo`ladi. Umurtqalari opistotsel shaklda, keyingi umurtqalari esa protsel shaklda bo`ladi. Faqat umurtqaning bo`yin va dum qismi harakatchan, qolganlari karapaks bilan qo`shilib ketgan, kurak va korakoid esa erkin, birikmagan.
Toshbaqalar bosh skeletida ma`lum darajada ikkilamchi suyak – tanglay hosil bo`ladi. Jag’lari tishsiz va jag’ suyaklari qirrali o`tkir shox qin bilan qoplangan. Tili go`shtdor. Qizilo`ngachi sekin-asta yo`g’on devorli oshqozonga aylanadi. Oshqozon chin ichakdan ajralib turadi. Kloaka teshigi uzunasiga ketgan yoriq shaklida bo`ladi. Kattagina o`pkasi timsohlardagidek murakkab tuzilgan. Toshbaqalar og’iz bo`shlig’ining tagi goh ko`tarilib, goh tushib, havoni tortishda nasos vazifasini bajaradi. Nafas olish mexanizmi yana bo`yin va oyoqlarining harakati orqali ham boradi, chunki toshbaqaning ko`krak qafasi yo`q.
Ko`krak qafasi qo`zg’almaydigan bo`lgani munosabati bilan toshbaqaning nafas akti «yutish» yo`li bilan yuzaga chiqadi, bu vaqtda yelka va chanoq muskullari ishtirok etadi. Oyoq va bo`yin muskullari yaxshi rivojlangan, qorin muskullari yo`qolib ketgan. Toshbaqalarning suvda yashaydigan guruhlarida halqum boshchasi yoki 2 ta anal pufakchasi shaklida qo`shimcha nafas olish organi bo`ladi.
Toshbaqalar tropik va mo`’tadil mintaqalarda tarqalgan. Ularning bo`yi 12 sm dan 2 m gacha boradi. Toshbaqalar quruqlikda, chuchuk suvlarda, botqoqliklarda va dengizlarda yashaydi. Urg’ochisi kichikroq bo`ladi. Toshbaqalar turli xil shikastlarga chidamli bo`ladi. Ko`p vaqtini uyquda o`tkazadi. Toshbaqalarda kopulyativ organi toq bo`ladi. Tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi, ular 200 tagacha tuxum qo`yadi. Tuxumi qattiq ohak po`choq bilan qoplangan. Tuxumini quruqlikka qo`yadi. Toshbaqalar uzoq umr ko`radi, ya`ni 100-150 yilgacha yashaydi.
Toshbaqalar turkumining 5 ta kenja turkumi, 13 ta oilasi, 90 ta avlodi va 250 dan ortiq turi bo`lib, shulardan 7 ta turi MDHda va 1 ta turi (O`rta Osiyo cho`l toshbaqasi) O`zbekistonda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |