Ko`r ilonlar (Typhlopidae) oilasiga 170 dan ortiq tur kiradi. Ko`r ilonlar asosan Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydi. MDHda Kavkazortida, O`rta Osiyoda, jumladan, O`zbekistonning tog’ mintaqasida yomg’ir chuvalchangiga o`xshash chuvalchangsimon ko`r ilon (Typhlops vermicularis) uchraydi. Uning uzunligi 30 sm gacha boradi. Hasharotlar bilan oziqlanadi.
K
128-rasm. Bo`g`ma ilon orqa oyoq kamarining skeleti: 1-yonbosh suyagi,
2-son suyagining rudimenti.
o`r ilonlarning gavdasi tsilindr shaklda bo`lib, yo`g’onligi deyarli bir xilda, gavdasi bir xildagi silliq tangachalar bilan, boshi esa qalqonchalar bilan qoplangan. Chanoq kamari rudimenti bor. Ular bog’ va tokzorlarda yashaydi. Ko`r ilonlar yer ostida hayot kechirishga moslashib, ko`zlari murtak holida terini tagida yashiringan. Og’zi juda kichkina. Ular boshqa ilonlarga o`xshab og’zini katta ocholmaydi va chaqmaydi, faqat tilini chiqarib yalaydi. Ko`r ilonlar tuxum qo`yib ko`payadi.
Soxta oyoqlilar yoki bo`g’ma ilonlar (Boidae) oilasiga eng yirik ilonlar kiridi. Bu oilaning 85 ta turi bor. Bo`g’ma ilonlar gavdasini halqa qilib o`ljasini o`rab olib bo`g’ib o`ldiradi, shu sababli ham ularga bo`g’ma ilonlar deb nom berilgan. Bo`g’ma ilonlarning og’zida 6 qator joylashgan 100 tagacha tishlari bor, zaharli tishlari yo`q. Ular ozuqasini yutgandan keyin ovqat hazm bo`lguncha (4-5 kun) juda bo`shashib passivlashadi va qumga ko`milib oladi. Bo`g’ma ilonlar ochlikka juda chidamli, ayrimlari 570 kun va hatto 3 yilgacha ochlikka chidaydi.
Bo`g’ma ilonlar tuxum qo`yib, tuxumdan tirik tug’ib yoki tirik tug’ib ko`payadi. Ular 100 tagacha tuxum qo`yadi yoki 100 tagacha tirik bola tug’adi, 5-6 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Tutqunlikda 28 yil umr ko`radi. Bo`g’ma ilonlarning uzunligi 50 sm dan 10 m gacha boradi. Bu ilonlarning murtak holdagi orqa oyoqlari va rudiment holdagi chanoq kamari saqlangan (128-129 rasmlar).
Bo`g’ma ilonlar oilasi vakillari, asosan Sharqiy va G’arbiy yarimsharlarning tropik viloyatlarida tarqalgan. Bir necha turigina O`rta Osiyo va Kavkazning subtropik va cho`l hamda sahrolarida uchraydi. Tipik vakillariga Janubiy Amerikada yashaydigan va uzunligi 5-6 m ga boradigan oddiy bo`g’ma ilon (Boa constrictor), uzunligi 10 m dan ortiq (11,43m) anakonda (Eunetes murinus), Janubi-Sharqiy Osiyoda yashovchi va uzunligi 10 m gacha yetadigan to`rli piton (Python reticulatus), O`rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi sharq bo`g’ma ilonchasi (Eryx tataricus) va Kavkazda tarqalgan g’arb bo`g’ma ilonchasi (Eryx jaculus) kiradi. O`zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amudaryoning qumli qirg’oqlari bo`ylab sharq bo`g’ma ilonchasi tarqalgan, uzunligi 60 sm dan 1 m gacha boradi va bu ilon kaltakesaklar, Kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. O`ljasini boshqa bo`g’ma ilonlar singari tanasi bilan o`rab olib bo`g’ib o`ldirib, so`ngra yutadi. Anakondaning og’irligi 120 kg gacha boradi, terisi, go`shti va yog’i uchun ovlanadi. Bo`g’ma ilonlar tunda faol bo`ladi, kunduzi kemiruvchilar inida yoki qumga ko`milib yashirinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |