Jinsiy organlari. Sudralib yuruvchilarda ichki urug’lanish bo`ladi. Ularning jinsiy organi tana bo`shlig’ida umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashgan. Erkak kaltakesakning oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug’donlari umurtqa pog’onasi bel bo`limining ikki tomonida joylashgan. Urug’donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo`shilib urug’don ortig’ini hosil qiladi. Urug’don ortig’i davom etib urug’ yo`liga aylanadi. Urug’ yo`llari kloakaga ochilish oldidan siydik yo`llariga qo`shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo`shlig’iga ochiladi. Urug’ ortig’i tana buyrak - mezanefros oldingi qismining qoldig’i hisoblansa, urug’ yo`llari esa shu tana buyrak chiqarish yo`llari – Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devorlarida kopulyativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo`zg’alganda kopulyativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo`rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulyativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq bo`ladi
(122-rasm).
Gatteriyalarda qo`shilish organi, ya`ni kopulyativ organi bo`lmaydi. Urg’ochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan g’adir-budur, noto`g’ri shaklli oval tanacha ko`rinishidagi 2 ta tuxumdoni umurtqa pog’onasi bel bo`limining ikki yonboshida joylashgan.
Y
122-rasm. Erkak kaltakesakning bo`rtib chiqqan kopulyativ xaltachalari. upqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo`llarining bir uchi gavda bo`shlig’ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo`limiga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxumdonning pastki qismi ko`pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil qiladi. Urg’ochilarda Volf kanallari reduktsiyalangan. Yetilgan tuxumlar tana bo`shlig’iga, u yerdan tuxum yo`lining voronkasi orqali tuxum yo`liga tushadi. Myuller naylari tuxum yo`li vazifasini bajaradi. Kaltakesaklarda urug’lanish tuxum yo`lining oldingi qismida yuz beradi. Tuxum yo`lining o`rtasida tuxumning oqsil pardasini hosil qiluvchi bez bo`ladi. Tuxum yo`lining pastki qismida bachadon devori ajratgan sekretdan pergamentsimon yoki ohak moddasidan iborat tuxumni o`rab oladigan tashqi po`stloq shakllanadi. Sudralib yuruvchilarning embrional rivojlanish bosqichlari boshqa amniotalardagidek o`tadi. Sudralib yuruvchilarning deyarli ko`pchiligi tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi. Ular tuxumlarini, odatda, tuproqqa yoki o`simlik chirindilari tagiga, to`nkalarning ostiga ko`mib qo`yadi. Ayrim sudralib yuruvchilar (tangachalilar turkumi orasida) tirik tug’adi yoki tuxumdan tirik tug’adi. Bularning tuxum yo`lida yoki bachadonida embrion rivojlanadi.
Rivojlanishi.Kaltakesak quruqlikka teriga o`xshagan qattiq parda bilan qoplangan ozroq (5-11 ta) yirik tuxum qo`yadi. Uning tuxumida tuxum oqi bo`lmasligi bilan qushlar tuxumidan farq qiladi. Dastlabki rivojlanish davrini tuxum yo`lida o`tkazadi. Sudralib yuruvchilarda gastrulyatsiya jarayoni o`ziga xos tarzda o`tadi. Tuxum tipik diskoidal yo`l bilan bo`linadi. Kaltakesaklar dumidan ushlansa yon tomonga qattiq burilib, dumini uzib yuboradi. Bu hodisa hayvonning o`z gavdasidan bir qismini uzib tashlashi – autotomiya deb ataladi. Dumining uzilish akti bir-biriga kirib turgan bir qancha ayrim muskullardan va uchlari dum ildiziga qaragan ayrim konuslardan tashkil topgan muskullarning qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Uzilgan dum o`rniga yangisi o`sib chiqadi, agarda dum uzilmay qolib shikastlangan bo`lsa, yonidan ikkinchi dum chiqadi. Ba`zan bir nechta dumi bo`lgan kaltakesaklar uchrashiga sabab shu.