Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Kurakburunlar (Polyodontidae) oilasining



Download 30,53 Mb.
bet63/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Kurakburunlar (Polyodontidae) oilasining 2 ta turi bo`lib, ular Shimoliy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda uchraydi. Ulardan biri - eshkakburun (Polyodon spathula) Missisipi daryosida yashaydi, uning bo`yi 2 m, og’irligi 75 kg. Ikkinchi turi psefur (Psephurus gladius) esa Xitoydagi Yantszi daryosida uchraydi, uning bo`yi 7 m gacha yetadi. Bu baliqlarning rostrumi uzun va uchi keng, yapaloq kurakka o`xshaydi. Ularning og’zi ancha katta va jag’larida mayda tishchalari bor. Terisi yalang’och. Tumshug’ida tikanlari - shiplari yo`q.
Tog’ay-suyakli baliqlarning ayrim turlari chuchuk suvlarda ham yashaydi, ba`zi turlari esa o`tkinchi baliqlar hisoblanadi. Masalan: sterlyad va Amerika ko`l osyotri bir umr chuchuk suvlarda yashaydi.
Beluga, rus osyotri va sevryugalar, asosan dengizlarning qirg’oqqa yaqin qismida yashab, tuxum qo`yish uchun daryolarga kiradi. Ular, asosan bahorda tuxum qo`yadi, ikralarini suv tagiga, ayrim turlari qum va loyga ko`mib qo`yadi. Tuxumi rivojlanib to voyaga yetgan baliqqa aylanguncha har xil turlarida turlicha bo`ladi. Masalan: sterlyadlarning voyaga yetishi uchun 4-6 yil, rus osyotriga 8-15 yil, belugaga esa 15-18 yil kerak bo`ladi. Ularning serpushtligi ham har xil. Masalan: sterlyad 4 mingdan 140 mingtagacha ikra tashlaydi, Sibir osyotri 50 mingdan 500 mingtagacha, Rus osyotri 70 mingdan 840 mingtagacha va Uzoq Sharq belugasi 500 mingdan 4,5 milliontagacha ikra tashlaydi.
Tog’ay–suyakli baliqlar, asosan hayvon oziqalari bilan oziqlanadi. Beluga yirtqich, u baliq, ba`zan tyulen bolalarini ham yeydi. Osyotrlar ko`proq mollyuskalar bilan, sterlyadlar esa suvda yashaydigan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Yevropada va Shimoliy Amerikada osyotrlar miqdori juda ham kamayib ketgan. MDHda, asosan osyotrlar Kaspiy va Qora dengiz havzalarida ovlanadi. Hozirgi vaqtda osyotrlarning 90-95% asosan MDHda ovlanadi.


III.6. SHU`LAQANOTLILAR (ACTINOPTERУGII) KENJA SINFI

Shu`laqanotlilar (Actinopterygii) kenja sinfiga 20 mingdan ortiq tur kiradi, ya`ni suyakli baliqlar sinfining 97% ga yaqin turlari kiradi. Ular juda ham keng tarqalgan bo`lib, barcha okean va dengizlarda uchraydi. Ko`pgina turlari chuchuk suvlarda ya`ni daryolarda, ko`llarda va hovuzlarda yashaydi. Shu`laqanotlilar turli-tuman sharoitda yashaganligi uchun ularning tashqi ko`rinishi ham turlicha bo`ladi. Asosiy xarakterli belgilariga avvalo skeletining to`liq suyakdan iboratligi, faqat ba`zi joylaridagina xondral suyaklar orasida tog’ay saqlanib qolgan. Bu baliqlarning rostrumi bo`lmaydi. Dumi gomotserkal tipda, ba`zi turlarida dum suzgichi reduktsiyaga uchragan. Og’zi boshining oldingi uchida joylashgan. Kloakasi yo`q. Gavdasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Odatda, tangachalari yumaloq, yupqa plastinka shaklida bo`lib, cherepitsasimon joylashgan. Qalqonli cho`rtan baliqlarda tangachalari suyakdan bo`lmay ganoidli bo`ladi, ayrim turlarida suyak tangachalar umuman reduktsiyalangan. Jabra pardalarini tutib turadigan shu`lalari bor. Havo pufakchasi yaxshi rivojlangan. Jabra apparati jabra qopqog’i bilan bekilgan. Ko`krak va qorin juft suzgich qanotlari gavdasiga nisbatan vertikal holda joylashgan.


Shu`laqanotlilar kenja sinfi vakillarinig juft suzgichlari skeleti yelpig’ichsimon joylashgan suyak nurlardan iborat, ya`ni suzgich qanotlarini tashqi suyak nurlari ushlab turadi. Kenja sinfning nomi ham shundan olingan. Ko`krak juft suzgiich qanotlari gavdasining ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga o`rnashgan. Qorin juft suzgich qanotlari esa qorin tomonga o`rnashgan. Toq suzgich qanotlariga 1 ta yoki 2 ta orqa suzgich qanotlari, dum suzgich qanoti va anal suzgich qanoti kiradi. Suyakli baliqlarning barcha suzgich qanotlarini, akulanikiga qarama-qarshi suyak shu`lalar tutib turadi. Yumaloq ko`zlarida qovoqlari yo`q. Boshining ustki tomonida, ko`zining oldida bir juft burun teshigi bor (49-rasm).






Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish