Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Suyakli baliqlarning umumiy skeleti



Download 30,53 Mb.
bet65/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

50-rasm. Suyakli baliqlarning umumiy skeleti: 1–umurtqaning ustki ostist o`simtasi,
2–umurtqaning pastki yoyi, 3–umurtqaning pastki ostist o`simtasi, 4–qovurg’alari, 5–muskul oralig’i suyakchalari, 6–qanot shu`lalarining asosiy (radialiya) suyakchalari, 7–qanot shu`lalari,
8–yelka kamari suyaklari, 9–chanoq kamari suyaklari, 10–bosh skeleti.
Panja qanotlilar, ikki xil nafas oluvchilar va osyotrsimonlarda o`q skeleti vazifasini xorda bajaradi. Qolgan suyakli baliqlarda haqiqiy suyak umurtqalar bo`ladi. Tana va dum bo`limlarining umurtqalari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Tana bo`limi umurtqalari tanasining ko`ndalang kesimi yumaloq bo`lib, uning yon tomonlaridan yonbosh o`simtalar chiqadi. Bu o`simtalarga tana bo`shlig’ini ustki tomonidangina emas, balki yon va qisman qorin tomonidan ham o`rab turuvchi qilichsimon qayrilgan qovurg’alar birikadi.
U

51-rasm. Zog`ora baliqning umurt-qalari: A - tana umurtqasi, B - dum umurtqasi:
1 - umurtqa tanasi, 2 - ko`ndalang o`simta,
3 - qovurg`a, 4 - ustki yoy, 5 - ustki ostist o`simta, 6 - pastki yoy, 7 - pastki ostist o`simta.

B
murtqalarning ustki qismidan
ustki yoylar chiqib, ular ustki qiltanoq o`simtalar bilan qo`shiladi. Ustki yoylardan hosil bo`lgan kanalda orqa miya joylashgan. Dum bo`limi umurtqalarining ham tana va yoy qismlari bo`ladi. Biroq ularning ko`ndalang o`simtalari pastga joylashib, pastki yoylarni hosil qiladi va ostki qiltanoq o`simtalari bilan qo`shiladi. Ostki yoylardan hosil bo`lgan kanal gemal kanal deb ataladi, unda dum arteriyalari va venalari joylashgan (51-rasm). Bundan tashqari, zog’ora baliqda ko`pchilik suyakli biliqlarda bo`lgani kabi yon tomonidan har qaysi qovurg’a muskullariga o`rnashgan ingichka muskul suyakchasi kelib qo`shiladi, bu suyakchalar qiltanoqlar deb ataladi.
Bosh skeleti. Suyakli baliqlarning bosh skeleti ham akulalarning bosh skeleti singari ikkita asosiy bo`limga: miya qutisi va vistseral skeletga bo`linadi. Suyakli baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to`qimadan tashkil topgan bir qancha ayrim suyaklardan tuzilgan.
Miya qutisi bir necha bo`limga bo`linib, bu bo`limlarda bir qancha suyaklar joylashgan. Uning ensa bo`limi ensa teshigini o`rab turadigan to`rtta ensa suyagidan tashkil topgan: katta ensa teshigining pastki qismida toq asosiy ensa suyagi, ikki yon tomonida bir juft yon ensa suyagi va ustida bitta ustki ensa suyagi bo`ladi (52-rasm).
Eshituv bo`limida eshituv kapsulasini tashkil etadigan quloq suyaklari bor, ular zog’ora baliq miya qutisining har tomonida to`rttadan ko`pchiligida tog’ayligicha qoladigan ponasimon suyaklar yoki sfenoidlar yotadi. Chunonchi: toq asosiy ponasimon suyak, juft qanot-ponasimon suyak va juft ko`z-ponasimon suyak bo`ladi. Nihoyat, miya qutisining oldingi qismi, ya`ni hidlov bo`limini, odatda ko`p qismi tog’ay holicha qoladigan hidlov suyaklari tashkil etadi. Bu bo`limda bitta oraliq hidlov suyagi bo`ladi.
Bu suyaklarning hammasi kelib chiqishi jihatidan xondral (birlamchi) suyaklardir. Miya qutisini ustki va ostki tomondan qoplovchi suyaklar kelib chiqishi jihatidan qoplag’ich (ikkilamchi) suyaklardir. Ular dastlab terining biriktiruvchi to`qima qatlamida vujudga kelgan bo`lib, so`ngra terining ostiga, ya`ni bosh skelet tog’ayining ustiga joylashgan. Shulardan miya qutisining ust qismiga juft bosh tepa suyagi, manglay suyagi va burun suyagi, pastki qismida esa katta toq parasfenoid suyagi o`rnashgan.




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish