M
220-rasm. Kalong yoki katta uchar
tulki (Pteropus vampyrus).
evaxo`r ko`rshapalaklar kenja turkumiga 146 ta tur kiradi. Ular Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik o`rmonlarida tarqalgan. Mevaxo`r ko`rshapalaklar kenja turkumiga katta qanotlilar (Pteropidae) oilasi kiradi. O`lchami ancha katta, gavdasining uzunligi 40 sm gacha, qanotini yozganda 170 sm gacha boradi. Sersuv mevalar bilan oziqlanadi. Katta oziq tishlarining yuzasi yassi, ko`zlari nisbatan yirik. Ular mevali daraxtlarga zarar keltiradi, ozig’ini ko`zi va hid bilish organlari orqali topadi. Exolo-katsiya kam rivojlangan. Faqat g’orlarda yashaydiganlarida, exolo-katsiya qobiliyati yaxshi rivoj-langan. Ular kunduzi tomlar shi-pida, daraxtlar shoxida, g’orlarda yashirinib yotadi, tunda faol bo`la-di. Odatda yuzlab va minglab kolo-niya holda yashaydi. Asosiy vakili uchar tulki (it) yoki kalong (Pte-ropus vampyrus) hisoblanib, Malay arxipelagida yashaydi (220-rasm).
Ko`rshapalaklar (Microchiroptera) kenja turkum vakillarining gavdasi mevaxo`r ko`rshapalaklarga nisbatan ancha kichik, ya`ni 3 sm dan 14 sm gacha boradi. O`tkir tishlari va o`ziga xos katta va keng quloq supralari bo`lishi bilan xarakterlanadi. Ko`zlari yaxshi ko`rmaydi. Bu kenja turkumga 800 ga yaqin tur kiradi, shulardan MDHda 40 dan ortiq turi, shu jumladan, O`zbekistonda 20 ta turi uchraydi. Ular, asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Bu kenja turkumning eng muhim oilalariga: silliq burunli ko`rshapalaklar (Vespertilionidae), taqaburunlar (Rhynalophidae) va bargburunlar (Phyllostomi-dae) oilalari kiradi. MDHda uchraydigan 40 dan ortiq tur ko`rshapalaklardan 32 ta turi va O`zbekistonda uchraydigan 20 ta turdan 16 ta turi aynan silliq burunli ko`rshapalaklar oilasiga kiradi. Ularnig burnida teri o`simtasi bo`lmasligi va qulog’ining murakkab tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oila vakillari juda mayda, ya`ni gavdasining uzunligi 3 – 10 sm keladi. Asosan hasharotlar bilan, ayrim turlari baliqlar bilan oziqlanadi. O`ljasini havoda tutadi, ba`zan daraxtlar shoxidan va yerdan terib oladi. Ayrim turlari janubga migratsiya qiladi, ba`zi turlari qishda uyquga ketadi. Ko`rshapalaklar yilda bir marta 1-2 ta ko`zi yumuq, yungsiz bola tug’adi. Ular 20 yilgacha yashaydi. O`zbekistonda, asosan shalpangquloq ko`rshapalak (Plecotus auritus), Osiyo kengqulog’i (Barbastella leucomelas), malla shomshapalak (Nyctalus noctula), o`tkir quloqli ko`rshapalak (Myotis blythi), uch rangli tunshapalak (Myotis emarginatus), mitti netopir (Pipistrellus pipistrellus), ikki rangli kojan (Vespertilio murinus) va boshqa turlari keng tarqalgan (221-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |