Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Qo`lqanotlilar (Chiroptera) turkumi



Download 30,53 Mb.
bet297/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Qo`lqanotlilar (Chiroptera) turkumi. Sistematik jihatdan qo`lqanotlilar hasharotxo`rlar turkumiga yaqin turadi. Faqat bu guruh hayvonlari havoga moslashgan sutemizuvchilar bo`lib, oldingi oyoqlari shaklan o`zgarib, haqiqiy qanotga aylangan. Oldingi oyoqlarning 2 – 5 barmoqlari nihoyatda uzun, bu barmoqlarning orasida yelkaoldi, yelka, gavdasining ikki yoni, orqa oyoqlari va

dumida junsiz yupqa uchish pardasi bo`lib, tirnog’i bor. Oldingi oyoqning birinchi barmog’i erkin bo`lib, qanot hosil bo`lishida qatnashmaydi. Qanotni harakatga keltiruvchi muskullari bo`lishi munosabati bilan ko`krak toj suyagi hosil bo`lgan, o`mrov suyagi ham yaxshi taraqqiy etgan (219-rasm).





219-rasm. Ko`rshapalakning skeleti: 1-o`mrov suyagi, 2-yelka suyagi, 3-bilak suyagi, 4-tirsak suyagi, 5-I barmoq, 6-II barmoq, 7-III barmoq, 8-III barmoq falangalari, 9-IV barmoq, 10-V barmoq, 11-son suyagi, 12-pixi, 13-chanoq-son pardasi.

O`lchami, ya`ni tana uzunligi 2,5 sm dan 40 sm gacha boradi. 20 yilgacha umr ko`radi. Bir yilda bir marta ko`payadi va 1- 2 ta bola to`g’adi. Erkagi nasl to`g’risida g’amxo`rlik qilmaydi. Qo`lqanotlilarning og’zi katta, ko`zlari kichik, quloq suprasi yirik, ayrim turlari murakkab tuzilgan. Ular shomda va tunda faol hayot kechiradi.


Qo`lqanotlilar bizga eshitilmaydigan odatdagi chiyillashdan tashqari, ayrim impulslar ko`rinishida 30000 dan 70000 Gertsgacha tebranish bilan ultratovush ham chiqarishi hozirgi zamon texnikasi yordamida qilingan tajribalarda aniqlangan. Impulslar tebranishi hayvon bilan buyum orasidagi masofaga qarab o`zgarib turadi. Ular aks etgan ultratovushlarga qarab mo`ljal oladi, ultratovushlarni eshitish organlari orqali sezadi, ya`ni ularda ultratovushlarni ushlab oladigan nozik lokatorlari bor.
Qo`lqanotlilar orqa oyoqlari bilan mahkam tirmashib, boshini pastga osiltirib uxlaydi. Qo`lqanotlilarning ozig’i har xil. Lekin ko`pchilik turlari, asosan hasharotlar (qo`ng’izlar, kapalaklar) bilan oziqlanadi. Qo`lqanotlilar yakka yoki koloniya bo`lib yashaydi. Bu turkumga 1000 ga yaqin tur kiradi. MDHda qo`lqanotlilarning 40 ta turi, shu jumladan, O`zbekistonda 20 ta turi uchraydi.
Ular Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzida keng tarqalgan. Qo`l-qanotlilar bir-biridan yaxshi ajralib turadigan 2 ta kenja turkumga, ya`ni Mevaxo`r ko`rshapalaklar (Megachiroptera) va Ko`rshapalaklar (Microchiroptera) ga bo`linadi. Ular qishda uzoq uyquga ketadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish