Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Gesperornis (Hesperornis regalis)



Download 30,53 Mb.
bet258/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

188-rasm. Gesperornis (Hesperornis regalis).

Ixtiornislar esa yaxshi ucha olgan. Chunki ularning uzun qanotlari, to`shida ko`krak toj suyagi va jag’larida tishlari bo`lgan (189-rasm).





B



189-rasm. Ixtiornis (Ichthyornis victor): tashqi ko`rinishi (A) va qayta tiklangan skeleti (B).
Kaynozoy erasida qushlar turlari juda ko`p bo`lgan. Bu erada yopiq urug’li o`simliklar bilan hasharotlar ham ko`p bo`lgan va ular qushlarning asosiy ozig’i hisoblangan. Bu davrda yashagan qushlar hozirgi qushlarga juda yaqin bo`lgan. Masalan: eotsen davrida chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, ko`kqarg’alar paydo bo`la boshlagan. Oligotsen va miotsen davrlarida esa hozirgi qushlardan ukkilar, boyo`g’lilar, flamingolar, karqaralar, chibislar, chillar, gagaralar, baliqchilar, g’ozlar va boshqa ko`plab qushlar paydo bo`lgan. Demak, qushlarning ajdodi mezozoy erasida yashagan reptiliyalar bo`lib, sistematik jihatdan psevdozuxiyalarga yaqin turgan. Ularning uchishga moslanishi tuzilishlaridagi progressiv belgilarini keltirib chiqargan. Bu belgilari, jumladan, uchishga moslanishi ularni qisqa vaqt ichida dunyoning hamma burchaklariga tarqalishiga imkon bergan.
Yuqorida ta`kidlanganidek, birlamchi qushlarning ajdodlari, asosan o`rmonlarda daraxtlarda yashagan. Hozirgi kunda ham qushlar sinfining ko`pgina turlari o`rmonlarda yashaydi.
Qushlarning qadimgi ajdodlarida parvoz qilish ko`nikmalari shakllana borgan sari, ular birmuncha kechroq dasht hamda cho`llarda, suv havzalari qirg’oklarida va boshqa joylarda yashashga moslasha borgan. Uchishga moslashish organlarining shakllana borishi bilan qushlarning boshqa organlarida ham o`zgarishlar bo`lgan. Qushlarning terisi pat va parlar bilan qoplanishi ularni issiq qonli bo`lishiga olib kelgan.
Qushlarning amaliy ahamiyati. Qushlarning inson xo`jaligidagi ahamiyati juda katta. Uy parrandalari qishloq xo`jaligida g’oyat katta ahamiyatga ega. Ovlanadigan kushlardan olinadigan mahsulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko`pchilik qushlar zararkunanda hasharotlarni va kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Bir qator kushlar qadim zamonlardan beri inson tomonidan xonakilashtirilgan va hozir ham xonakilashtirilmokda. Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 mlrd ga yaqin qushlar yashaydi. Ba`zi qushlar boshqa hayvonlarga ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Qushlar o`simlik urug’ini tarqatishda ham katta ahamiyatga ega. Kolibirilar, nektarchilar o`simliklarning gullarini changlatadi. Ko`pchilik yovvoyi kushlar (kaklik, bedana, bulduruq, qur, karqur, qirg’ovul), suvda suzuvchi qushlardan - o`rdak va g’ozlar katta ov ahamiyatiga ega. Gaga yirik dengiz o`rdagi bo`lib, dengiz qirg’og’iga uya quradi. Ular o`z uyasiga qalin qilib momiq patlarini to`shaydi. Gaga momig’i juda yumshoq va issiqni kam o`tkazadi. Qushlarning azotli va fosforli tezagi ham o`g’it sifatida foydalaniladi.
Madaniyat tarixida qushlar pati juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Chunki Rim imperiyasi davridan to o`tgan asr o`rtalarigacha qush patidan yozuv quroli sifatida foydalanilgan.
Uy parrandalariga odam xo`jalik maqsadlari uchun (go`sht, tuxum, qush pati va pari), uzoq masofalar o`rtasida aloqa bog’lash uchun (kaptar havo pochtasi vazifasini bajaradi) yoki estetik talablarni qondirish uchun (dekorativ qushlar, ishqibozlik uchun asraladigan qush zotlari) qo`lga o`rgatilib ko`paytiriladigan qushlar kiradi. Xo`jalik maqsadlarida boqiladigan uy parrandalariga tovuqlar, g’ozlar, o`rdaklar, kurkalar va chillar kiradi.
Chorvachilikning boshqa tarmoqlariga qaraganda parrandachilikning bir qator afzalliklari bor: birinchidan, qush ko`p tuxum qo`yadigan, tez o`sib yetiladigan bo`lgani tufayli uni, xususan inkubatsiya yo`li bilan sun`iy ravishda jo`ja ochirib, tez ko`paytirish mumkin. Ikkinchidan, uy qushlari oziq tanlamaydi, ozgina oziq bilan ham qanoatlanadi va erkin yurib oziqni o`zi topib yeydi, shu bilan birga qishloq xo`jalik chiqindilari, o`rim - yig’imdan keyin dalada qolgan don – dunlarni yeydi, zararli hasharotlar bilan oziqlanib, juda katta foyda keltiradi. Uchinchidan, qush boqish uchun juda katta maydonning keragi yo`q, qush uchun oddiygina va arzon xona qilib bersa bo`ldi. Nihoyat, qush ot go`ngiga qaraganda 3-4 barobar kuchli go`ng (tezak-guano) beradi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish