Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Ko`kraktojsizlar yoki tuyaqushlar (Ratitae) katta turkumi



Download 30,53 Mb.
bet206/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Ko`kraktojsizlar yoki tuyaqushlar (Ratitae) katta turkumi

Bu katta turkumning barcha vakillari yuguruvchi qushlar bo`lib, uchish qobiliyatini yo`qotgan, to`shi ko`kraktojsiz, havo bilan to`lgan suyaklari yaxshi rivojlanmagan, yassi. Tuyaqushlarning eng xarakterli belgilariga voyaga yetganlarining gavdasi bir tekisda patlar bilan qoplangan, ya`ni apteriyasi yo`qolib ketgan. Patlardagi ikkinchi tartibdagi tolachalarida ilmoqchalari bo`lmaydi, yaxlit yelpig’ichsiz barcha tolachalari bir-biridan ajralib turadi. Kurak va korakoid suyaklari o`zaro qo`shilib ketgan. O`mrov suyagi rudiment holida. Oyoqlaridagi barmoqlarining soni 2 dan 4 tagacha bo`ladi. Suyaklarining pinevmatikligi yaxshi rivojlanmagan. Dum bezlari yo`q.


Erkaklarining kopulyativ organi bor. Barcha tuyaqushlar jo`ja bolali qushlarga kiradi. Ular har xil o`simlik va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko`kraktojsizlar hozirgi vaqtda Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. O`tmishda ular keng tarqalgan bo`lgan.
Madagaskarda uchlamchi davrda va hatto to`rtlamchi davrning boshlarida epiornislar (Aepyornithiformes) degan alohida turkumga kiruvchi qushlar qoldig’i topilgan, Yangi Zelandiyada tarixiy o`tmishda Moa (Dinornithes) degan qush ham yashab o`tgan. Hozirgi ko`kraktojsizlar Osiyo va Janubiy Yevropaning turli hududlaridan uchlamchi davrdan buyon ma`lum.
Ko`kraktojsizlar katta turkumi 4 ta turkumga bo`linadi va ular, asosan Janubiy yarimsharda tarqalgan.


Afrika tuyaqushlari (Struthionifores) turkumi. Bu turkumning hozirgi zamonda yashayotgan yagona, Afrika tuyaqushi (Struthio camelus) turi uchraydi. Voyaga yetgan tuyaqushning bo`yi 270 sm, og’irligi 50-90 kg ga boradi. Qov
suyaklari qo`shilib ketgan va chanog’i yopiq bo`lishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi yashab turgan qushlar orasida eng yirigi hisoblanadi. Qanotlari katta, tez yugurganda ularni tushirib yuradi. Erkagining rangi qora, urg’ochisiniki kulrang, dumida va qanotidagi patlar ikkala jinsda ham oq rangda bo`ladi. U Afrika va Arabistonning cho`l-dashtlarida uchraydi. Uchlamchi davrda bu qushlarga yaqin bo`lgan turlari Kichik Osiyo, Mo`g’iliston va Xitoyda tarqalgan. MDHda, esa Ukraina, Shimoliy Qozog’iston, Sharqiy Kavkazdan hamda Boyko`l ortidan ham qazilma qoldiqlari topilgan.
Tuyaqushlar gala bo`lib yashaydi. Lekin monogam qush, tuxum bosishda, jo`ja boqishda erkak va urg’ochi tuyaqushlar ishtirok etadi. Uyasini erkaklari quradi. Bir necha urg’ochilari bir uyaga 7-9 tadan tuxum qo`yadi. Natijada uyada 15-20 ta, ba`zan 50-60 ta tuxum bo`ladi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5-2 kg keladi. Inkubatsiya davri 40 kundan ortiq davom etadi. Tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi urg’ochisi bosadi. Jo`jalari tuxumdan pat bilan qoplangan, ko`zlari ochiq holda chiqadi. Ular tez yuguruvchi qushlardan hisoblanadi, bir qadami 2-3 m ga yetadi. Bu qushlarning go`shti va tuxumi iste`mol qilinadi. Oq rangdagi qanot va dum patlari bezak uchun ishlatiladi. Ba`zi joylarda uy hayvoni kabi saqlanadi. Lekin ayrim hududlarda ular ko`plab qirilib ketmoqda. Afrika tuyaqushlari, asosan o`simlik ozuqalari bilan oziqlanadi, ba`zan mayda kemiruvchilar, reptiliyalar va hasharotlar bilan ham oziqlanadi. 3-5 yoshida jinsiy voyaga yetadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish