Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


J 90-rasm. Itbaliqning tog`ayli bosh skeleti



Download 30,53 Mb.
bet107/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

J

90-rasm. Itbaliqning tog`ayli bosh skeleti: 1-miya qutisi, 2-tanglay-kvadrat tog`ayi,
3-mekkel tog`ayi, 4-jabra yoylari,
5-jag` bo`g`imi.
abra yoylari
. Baqaning lichinkasi – itbaliqlarda to`rtta jabra yoylari bo`lib, voyaga yetgan baqalarda ular til osti skeletini va hiqildoq tarkibidagi tog’aylarni hosil qilsa kerak (90-rasm).
Til osti yoyi. Baqalarda bosh skeleti (barcha quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlarniki singari) autostilik tipda tuzilgan. Shuning uchun jag’ yoylari miya qutisiga bog’lanmagan va uning ustki elementi eshitish suyagi uzangiga, pastdagisi (gioid) esa oldingi jabra yoylari bilan birgalikda til osti skeletiga aylangan. Til osti skeleti apparati tog’aydan tuzilgan toq plastinkadan iborat bo`lib, undan ikki juft asosiy o`simta chiqadi. Shu o`sim-talarning oldingisi tog’aydan hosil bo`lgan va gioidlarga gomologdir. Ular oldingi shoxchalar deb ataladi. Oldingi shoxchalar orqaga yo`naladi, so`ngra yuqoriga ko`tariladida, halqumni yon tomondan o`rab olib, eshituv kapsulalarining devorlariga birikadi. Orqa o`simtalar shoxchasi bir juft uzunchoq suyakdan iborat bo`lib, til osti plastinkasidan orqaga yo`nalgan Amfibiyalarning miya qutisi bir oz xondral suyaklaridan tuzilgan bo`lib, deyarli tog’aydan tashkil topgan. Baqa miya qutisining ensa bo`limida hozirgi barcha amfibiyalarnikidek faqat yon ensa suyaklari rivojlangan.
Ensa bo`limining ustki ensa suyagi bilan ostki ensa suyagi taraqqiy etmaganligidan tog’ayligicha qolgan. Yon ensa suyaklarining har qaysisida bittadan qo`shiluv bo`rtmasi bor. Bu bo`rtmalar yordamida bosh skelet birinchi bo`yin umurtqasiga harakatchan tarzda birikadi. Bu xususiyat quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayonlar uchun xos. Bunday ikkita ensa bo`rtmalarining mavjudligi amfibiyalar uchun juda xarakterli. Miya qutisining qopqog’i bir-biriga choksiz birikkan bir juft qoplovchi, manglay-boshtepa suyaklaridan iborat. Ularning oldida hid bilish kapsulalarini qoplab turuvchi uzunchoq uchburchak burun suyaklari joylashgan. Bu suyaklarning orqa uchlari ko`z kosasining oldingi devori tarkibiga kiradi. Bir oz oldinroqda jag’lararo suyaklarning bo`rtib chiqqan o`simtalari ko`rinib turadi.
Eshituv bo`limida baliqlardagi talaygina quloq suyakchalaridan faqat bir juft oldingi quloq suyagi hosil bo`lgan. U ko`z kosasining qisman orqa devorini tashkil etadi va shu bilan birga eshitish kapsulasini himoya qiladi. Oldingi quloq suyaklarining yon tamonlarida tangasimon suyaklar joylashgan bo`lib, bular oldingi uchi bilan ko`z kosasining qisman orqa devorini tashkil etsa, orqa uchi bilan esa tanglay-kvadrat tog’ayining orqa, suyaklashmagan tog’ay uchini qoplaydi. Miya qutisining tubida butsimon qoplagich suyak parasfenoid bor. Bu suyakning oldi va ust qismida mayda tishchali dimog’ suyaklari joylashgan. Bu suyaklar barcha amfibiyalarda juft bo`ladi. Dimog’ suyaklarining yon tamonlarida ichki burun teshiklari yoki xoanalar joylashgan. Tanglay-kvadrat tog’ayi ko`z kosasining oldingi yon va qisman orqa devorini qoplaydi. Tanglay-kvadrat tog’ayining oldingi uchini ko`ndalang joylashgan qoplagich tanglay suyagi qoplaydi va bu suyak dimog’ suyaklari bilan parasfenoidni bir-biridan ajratib turadi. Tanglay-kvadrat tog’ayining qolgan qismi esa qoplag’ich qanotsimon suyak bilan qoplangan. Baqalarda kvadrat suyagi tarqqiy etmagan.
M



91-rasm. Baqaning o`q skeleti va chanoq kamari (ustki to-mondan ko`rinishi): 1-bo`yin umurtqasi, 2-tana umurtqalari,
3-dumg`aza umurtqasi, 4-urostil (qo`shilib ketgan du umurtqalari),
5-chanoq kamari, 6-quymich kosasi.
iya qutisi ko`z bo`limining oldingi qismi halqasimon pona hidlov suyagi bilan o`ralgan. Bu suyak suyakli baliqlarning ko`z-ponasimon suyagiga gomologdir. Dumli amfibiyalarning ko`z bo`limida bir juft ko`z-ponasimon suyagi bor. Hid bilish ponasimon suyakning orqasidan to oldingi quloq suyagiga qadar bo`lgan joyda miya qutisining yon devorida tog’ayligicha saqlanib qolgan.


Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish