Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet104/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

T

87-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi:
1-burun teshigi, 2-nog`ora pardasi,
3-rezonator, 4-teri qatlami,5-kloaka teshigi,
6-ko`zi.
ashqi ko`rinishi va teri qoplami.
Suvda hamda quruqlikda yashovchi-larning gavda shakli unchalik xilma-xil emas. Ayrimlarining tanasi yapaloq-yelka-qorin tamonga yassilangan, dumi yo`q, keyingi oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli (dumsizlar turkumi); boshqa vakillarining gavdasi cho`ziq, boshi nisbatan katta, dumi uzun, oyoqlari kalta va teng (dumlilar turkimi), yana ayrim turlari borki, ularning oyoqlari yo`q, gavdasi chuvalchangsimon (oyoqsizlar turkumi) bo`ladi. Boshi tanasiga harakatchan birikadi. Quyida amfibiyalarning tashqi ko`rinishi va teri qoplami baqa misolida berilgan.
Baqa bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq qismlaridan tashkil topgan. Uning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga qo`shilib ketganligidan bo`yni bilinmaydi
(87-rasm).
Baqaning gavdasi bezlarga boy, terisi yupqa, yumshoq shilimshiq modda bilan qoplangan. Amfi-biyalarning xaltasimon teri bezlari ko`p hujayrali bo`lishi bilan ba-liqlarnikidan farq qiladi (amfibiyalar lichinkasida teri bezlari bir hujayrali bo`lib, ular shu bilan baliqlarni eslatadi). Bezlar yopishqoq suyuqlik ajratadi va terini doim ho`llab turadi hamda uni qurib qolishdan saqlaydi. Teri bezlari ajratayotgan sekret ba`zi turlarida zaharli yoki qitiqlovchi moddalardan tashkil topgan bo`ladi. Epidermisning pastki qatlamida va chin terida pigment hujayralari joylashgan (88-rasm).



88-rasm. Salamandra terisining kesimi: 1-tashqi tomonga chiqib turuvchi sekret bezlari;
2-pigmentli qatlam; 3-shilimshiq teri bezlari; 4-zaharli teri bezlari; 5-kesilgan qon tomirlari;
6-epidermis; 7-tukchali teri qatlami.

Amfibiyalarning rangi har xil funktsiyalarni bajaradi: yashirinish, ogohlantirish va qo`rqitish hamda jinslarini farq qilish. Baqa terisi ma`lum joylardagina gavdaga yopishgan bo`lib, bu faqat baqalarga xos xususiyatdir. Terining gavdaga yopishgan joylari oralig’ida keng limfa bo`shliqlari bo`lishi tufayli teri shunday tuzilgan.


Baqalarda limfatik xaltachalarning soni ko`p bo`lib, ular (xaltachalar) o`zaro choklar (tanaga yopishgan qismi) orqali chegaralanib turadi. Baqalar limfatik sistemasida qisqaruvchi apparat vazifasini ikki juft limfatik yuraklar bajaradi. Bu limfatik yuraklar qisqarishi natijasida yelka limfatik xaltachasidagi limfatik suyuqliklar quymich venasiga quyiladi.
Baqa boshining ikki yon tomonida bo`rtib chiqqan ko`zlari o`rnashgan, bu ko`zlarda quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xos bo`lgan ustki va ostki ko`z qovoqlari bor. Ustki qovoqlari ko`z olmasiga birikkan bo`lib, ostki qovoqlari esa erkin va harakatchan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`zining oldingi burchagida quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos yupqa pirpiratuvchi parda yoki uchinchi qovoq bor. Bu parda ko`zning oldingi qismiga surilib qisman ko`z olmasini qoplashi mumkin. Ko`zning orqa qismida teshigini yupqa nog’ora parda qoplagan quloq joylashgan. Uni ichki tomondan markazga bitta eshitish, ya`ni uzangi suyagi itarib turadi. Nog’ora parda, asosan o`rta quloq bo`shlig’ini tashqi muhitdan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan baqalar eshitish organlarining murakkablashganligini ko`rsatadi.
Baqalar avlodiga kiruvchi turlar tanasining yon tomonida bo`yiga cho`zilib yotgan teri qatlami bo`ladi. Boshning tumshuq qismi ustida yopg’ich klapanli bir juft burun teshigi joylashgan va tirik baqalarda bu klapanlar ochilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi (xoanalar)ni qoplagan bo`lib, klapan harakati engak osti harakati bilan navbatlashib turadi. Tumshug’i juda keng og’iz teshigi bilan chegaralanadi. Baqaning yuqori jag’ida qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan, oddiy bir xildagi konussimon tishlari bor.
Umuman olganda, baqaning tishlari jag’lararo suyak bilan yuqori jag’ suyaklarining ichki qirrasi va dimog’ suyagiga o`rnashgan (dimog’ suyagida tish bo`lishi suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun juda xarakterlidir). Amfibiyalarda dimog’ tishlarining bo`lishi, baliqlardagiga o`xshash ularda ham tishlar faqat jag’ suyagida joylashishga moslanmaganligini ko`rsatadi. Baqaning pastki jag’ida bunday tishlar yo`q. Baqaning tishlari ovqatni faqat ushlab turish vazifasinigina bajarib, uni chaynay olmaydi. Ayrim amfibiyalarda tish bo`lmaydi (qurbaqada).
Baqa og’iz bo`shlig’ining tubida haqiqiy tili bor, til maxsus muskullardan iborat bo`lib, tashqariga ancha cho`zilib chiqa oladi. Baqa tili oldingi uchi bilan og’iz tubining oldingi qismiga birikkan bo`ladi. Tinch holatda ikkiga ajralgan ikkinchi uchi orqa, ya`ni halqum tomonga qarab erkin (yopishmagan) turadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tili xilma-xil. Ko`pchiliginiki go`shtdor o`simta shaklida bo`ladi. Amfibiyalar usti yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplangan tili yordamida mayda jonivor (hasharot)larni yopishtirib tutib oziqlanadi (odatda baqalar o`ljasini tili bilan ushlaydi).
Og’iz tepasining oldingi qismiga bir juft teshik joylashgan bo`lib, bular ichki burun teshiklari yoki xoanalar deb ataladi. Baliqlarda (ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari) xoanalar bo`lmaydi, suvda hamda quruqlikda yashovchilarda esa xoanalarning bo`lishi ularning atmosfera havosidan nafas olishga moslashganligi bilan bog’liq. Og’iz bo`shlig’i to`ri yon tomonlariga joylashgan bir juft teshik - yevstaxiyev naylari bor. O`rta quloq bo`shlig’i bilan og’iz bo`shlig’ini birlashtirib turuvchi yo`l yevstaxyiev nayi deb ataladi. Yevstaxiyev nayining fiziologik xususiyati o`rta quloqqa tashqaridan havo kirishini ta`minlaydi. Natijada nog’ora pardaga ichkari va tashqaridan kiradigan havo bosimini tenglashtirib, nog’ora pardani yorilib ketishidan saqlaydi. Erkak baqalar og’iz bo`shlig’ining halqumga yaqin, pastki jag’ orqa burchaklarining har ikki tamoni yonida bittadan teshiklar joylashgan. Bu teshiklarlarning oxirgi uchi erkak baqalar qurullaganda boshning yon tomonlaridan bo`rtib chiqadigan rezonator pufakchalariga ochiladi. Baqa tilining ikkiga ajralgan orqa uchi joylashgan yerda nafas yo`liga boruvchi hiqildoq teshigi bor.
Baqaning tanasi kalta va keng bo`lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo`shilib ketadi, chunki baqaning kalta bo`yni tashqaridan ajralib turmaydi. Tananing oxirida chiqaruv teshigi - kloaka joylashgan. Baqalarning oyog’i quruqlikda yashovchi boshqa barcha umurtqali hayvonlarniki kabi yashash sharoitiga mos tuzilgan bo`lib, baliqlarning juft suzgich qanotlariga gomologdir. Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo`lsa, baqaning (umuman quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning) oyoqlari uchta richagdan tashkil topgan.
Oyoqlar ayrim bo`limlarining nomi quyidagicha nomlanadi: oldingi oyoqlar – yelka, bilak, oyoq kafti; orqa oyoqlar - son, boldir, oyoq kafti.
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli taraqqiy etgan. Bu bilan dumli amfibiyalardan farq qilib, ularning bir joydan ikkinchi joyga sakrab yurishda asosiy vazifani bajaradi (sakrab yurish dumsiz amfibiyalar turkumi vakillarining sharoitga moslanishidagi belgilaridan biri). Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to`rtta. Quruqlikda yashovchi boshqa tipik besh barmoqli hayvonlarniki bilan solishtirganda, baqaning birinchi barmog’i reduktsiyalangan.
Erkak baqalar ichki birinchi barmog’ining ostida bittadan katta bo`rtma qadoq bo`lib, bu bo`rtma ayniqsa urchish vaqtida kattalashadi va tuxumni tashqi urug’lantirishda urg’ochi baqani tutib turishda xizmat qiladi. Ko`pchilik erkak baqalarning tovush pufagi (rezonator) va birinchi barmoqdagi bo`rtmasi ular uchun ikkilamchi jinsiy belgi hisoblanadi. Orqa oyoqlari juda uzun, bo`lib beshta barmoqlari orasida serbar suzgich pardalari bor. Barmoqlarida tirnoq bo`lmaydi.
Suvda yashovchi baqalarning barmoqlari orasidagi suzgich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlarning ichki tomonida falangalar, chegarasida qo`shuvchi bo`rtmalar, tovon qismida tashqi va ichki tovon bo`rtmalari bo`lib, ular dumsiz amfibiyalar turkumi uchun katta sistematik ahamiyatga ega.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish