SO‘Z VA IBORA TENG EMAS
Bilib oling
. So‘zlar uslubiy bo‘yoqli yoki bo‘yoqsiz bo‘ladi. Iboralar esa har doim bo‘yoqdor.
Ibora o‘zi ifodalayotgan tushuncha bilan so‘zga teng, lekin bo‘yoqdorligi sababli bu tenglik
buziladi. Shuning uchun iborani so‘z bilan har doim ham almashtirib bo‘lmaydi.
Eslatma
. Ibora boshqa tilda aynan muqobilga ega emas. 0‘zlashma ibora bo‘lmaydi.
Iboralarni ko‘p qo‘llash til bilimi va nutqiy salohiyat yuqoriligidan dalolat beradi.
13.3-mashq.
Gaplardagi ajratilgan so‘zlarni berilgan iboralar sirasidan mosi bilan almashtiring.
1. Siz quvonganingizda (ko‘nglingiz chog‘ligida) o‘zingizdan quvonch energiyasini tarqatasiz,
kayfiyatingiz yaxshilanadi (ko‘nglingiz ko‘tariladi) va uni qayerga yubormang, sizga quvonchli
tuyg‘ular, quvonchli vaziyatlar quvnoq (labidan kulgu arimaydigan) odamlar bilan qaytib keladi.
Masalan, radiodan yoqtirgan (ko‘ngilga xush keladigan) kuyingizni tinglab xursand
bo‘lsangiz(boshingiz ko‘kka yetsa), kutilmaganda (ko‘z ochib yumguncha) hayotning tuhfasiga ega
bo‘lasiz, kayfiyatingiz chog‘ bo‘ladi − bularning hammasi tortishish qonunining kuchidir. (Deyl
Karnegi)
Iboralar: ko‘ngil chog‘ligingizda, ko‘ngil ravshanligingizda; bahri dilingiz ochiladi, ko‘nglingiz
ko‘tariladi; labidan kulgu arimaydigan, chehrasi ochiq; ko‘ngilni ko‘taradigan, ko‘ngilga xush
keladigan; boshingiz ko‘kka yetsa, dimog‘ingiz chog‘ bo‘lsa; xash-pash deguncha, ko‘z ochib
yumguncha.
13.5-mashq.
Ikki guruhga bo'linib, ,,Bu so'z – bizniki” musobaqasini o'tkazing. k-—' Berilgan
iboralarni 1-guruh sinonimik juftlik, 2-guruh antonimik juftlik shaklida yozsin.
Yerga urmoq; ko‘kka ko‘tarmoq; yuragi keng; yuragi tor; ko‘ngli joyiga tushdi; yuragiga
g‘ulg‘ula tushdi; almisoqdan beri; almisoqdan qolgan; ammamning buzog‘i; og‘zing qani desa,
qulog‘ini ko‘rsatadi; anqoga shafe; anqoning urug‘i; jag‘ida jag‘ qolmadi; og‘ziga mum solgan;
jag‘i tinmadi; labi labiga tegmaydi; og‘ziga muhr bosilgan; og‘zida osh damlamoq.
1-guruhniki: almisoqdan beri − almisoqdan qolgan; ammamning buzog‘i − og‘zing qani desa,
qulog‘ini ko‘rsatadi; anqoga shafe − anqoning urug‘i; jag‘i tinmadi − labi labiga tegmaydi; og‘ziga
muhr bosilgan − og‘zida osh damlamoq.
2-guruhniki: Yerga urmoq−ko‘kka ko‘tarmoq; yuragi keng−yuragi tor; ko‘ngli joyiga tushdi −
yuragiga g‘ulg‘ula tushdi; jag‘ida jag‘ qolmadi − og‘ziga mum solgan;
13.6mashq.
Omonim ibora qatnashgan gap juftliklariga diqqat qiling. Ularning ma’nosini
izohlang.
1. Bugun, nihoyat, askarlarga dam berildi. Mashina balloniga nasos bilan dam berildi.
2. Haziling bor bo‘lsin, kulaverib ichaklarim uzilayozdi. Uzoq vaqt ovqat yemay ochiqqanimdan
ichaklarim uzilayozdi.
3. Uzumingiz boshini yeb solibdi-ku. Ocharchilik ancha odamning boshini yeb ketdi.
4. Bu qiz shuncha qilgan yaxshiliklaringizni bilmay, sizdan yuz o‘girdi. Endigina chaqirish uchun
og‘iz juftlamoqchi edim, o‘zi men tomonga yuz o‘girdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |