Leksemalarning (leksosememalarning)



Download 265 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi265 Kb.
#240436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
leksemalarning

Arxaizm va istorizm

Arxaizm va istorizm – o‘zaro keskin farq qiladigan hodisalar. Shunga ko‘ra bularni birgalikda emas, balki alohida-alohida baholash lozim. Bular orasidagi asosiy farqlar quyidagicha:

1. Arxaizm – mavjud voqelikning nomi. Istorizm – o‘tmish voqeligi- ning nomi.

2. Arxaizm – mavjud voqelikning boshqa bir, o‘zgacha nomi. Istorizm esa o‘tmish voqeligining nomi bo‘lib, hozirgi tilda uning o‘rnini bosa oladigan boshqa leksik birlik yo‘q.

3. Arxaizm tilning tasvirlanayotgan davri lug‘atiga xos bo‘ladi. Istorizm esa tilning tasvirlanayotgan davri lug‘atiga xos bo‘lmaydi, balki o‘tmish davr lug‘atiga xos birlikdan vaqtincha foydalanish voqe bo‘ladi.

4. Arxaizm o‘zi nomlayotgan voqelikni anglatuvchi leksik birlik bilan yonma-yon yashaydi. Istorizm esa odatda o‘zi anglatadigan voqelikning yagona nomi bo‘ladi.

5. Arxaizm leksik birliklarning o‘zaro sinonimik munosabati bilan bog‘liq holda baholanadi. Istorizmda esa bu yo‘q.

6. Arxaizm bugungi kunda odatdagi deb qaraluvchi leksik birlikning uslubiy sinonimi bo‘ladi. Istorizmda bunday holat yo‘q.

7. Arxaizm sinonimiya bilan bog‘liq bo‘lgani sababli bir sinonimik uyaga mansub birliklarning qiyosiga asoslanadi, nutqda shu sinonimlardan eng o‘rin-lisi tanlab ishlatiladi. Istorizm esa yakka bo‘lib, keragida shu leksik birlikning o‘ziga murojaat qilinaveradi.

8. Arxaizm, nominativ vazifadan, davrni gavdalantirish vazifasidan tashqari, uslubiy vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunday vazifa – arxaizmning lug‘at boyligida saqlanib turishiga asosiy sabablardan biri. Istorizm odatda uslubiy vosita bo‘lib kelmaydi.

9. Arxaizmning paydo bo‘lishi leksik birliklarning yangicha uslubiy munosabatga kirishuvi bilan bog‘liq; bunday munosabat natijasida lug‘at hech narsa yo‘qotmaydi: ayni bir voqelikni nomlovchi birliklardan ba'zisida eskilik bo‘yog‘i hosil bo‘ladi xolos. Istorizm esa lug‘atdan ma'lum bir leksik birlik-ning tushib qolishiga teng: voqelikning yo‘qolishi shu voqelikning nomi bo‘lgan leksik birlikni keraksiz qilib qo‘yadi.

10. Arxaizm har bir til uchun xususiy bo‘ladi. Istorizmda esa tillararo ma'lum umumiylik borligi ko‘zga tashlanadi.

11. Arxaizm – asosan tilning o‘z taraqqiyot qonunlari bilan izohlanuv-chi hodisa; bunday izoh lingvistik omilga asoslanishi kerak. Istorizm esa bi-rinchi galda jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy taraqqiyoti tarixiga (eks-tralingvistik omilga) ko‘ra izohlanadi; shu sababli istorizmning paydo bo‘lishini izohlash nisbatan oson.

12. Arxaizmning va istorizmning lug‘at boyligiga odatdagi leksik birlik sifatida qaytishi juda oz uchraydi. Shunda ham arxaizmning qaytishi bilan istorizimning qaytishi mohiyat jihatidan keskin farq qiladi: arxaizm eskilik bo‘yog‘ini yo‘qotadi-yu, odatdagi leksik birlikka aylanib ketadi, leksik ma'noda katta o‘zgarish sodir bo‘lmaydi; istorizmning qaytishida esa uning leksik ma'nosi tubdan o‘zgaradi, ma'no jihatidan yangilanadi, go‘yo yangi leksik birlikka aylanadi.

Xullas, davrni gavdalantirish vazifasini nazardan soqit qilsak, arxaizm bilan istorizm orasida umumiylik qolmaydi. Demak, neologizm bilan bir qatorga arxaizm-gina qo‘yilishi kerak, istorizm esa alohida hodisa sifatida ayrim baholanishi lozim.


Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish