6-Variant Nominativ gap va ularning turlari



Download 22,16 Kb.
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi22,16 Kb.
#829655
  1   2   3
Bog'liq
Онатили 6 вариант


6-Variant


  1. Nominativ gap va ularning turlari

Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang tufayli oddiy so‘z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa bir gap keladi.
Nominativ gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda mavjud bo‘lgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega:
1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov).
2. Mavhum tushunchalarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo‘yida gulsapsar, namozshomgul, rayhon, uch-to‘rt tup atirgul, yarim bo‘yracha joyda elpillab o‘sgan o‘sma. (Oybek).
4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzaev). Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (SH. Xolmirzaev).
5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov).
6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov).
7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari to‘kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (SH. Xolmirzayev). Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzayev).
Nominativ gap yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq nominativ gap bosh bo‘lakning o‘zidan iborat bo‘lsa, yoyiq nominativ gap bosh bo‘lakdan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda. (Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov).




  1. Download 22,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish