76
quriqlikdagi tabiiy biomassa 2,5* 1022 tonna quruq moddadan iborat bo‗lib, dunyo
okeanidagi organizmlar massasidan 200 marotaba ortiqdir. Quruqlikdagi tirik
moddaning shaklanishida ham ko‗proq o‗simlik massasi asosiy o‗rinni egalaydi.
Chunki hayvonot massasi uning bor yo‗g‗i 1 foizga yaqinini tashkil qiladi holos.
Tirik modda planetaning suv va havo qobig‗ining tashkil qiluvchi unsurlar:
kislorod, uglerod va vodoroddan tarkib topgan. Bu unsurlar tirik moddaning 98,5
foizning tashkil etadi. Tirik modda tarkibidagi kislorod (70foiz) hayvondagidan
ko‗proqdir.
O‗simliklar atrof
muhitdan karbonad angidrid, gaz va suv olib fotosintez
natijasida ichki energiyaga ega bo‗lgan organik moddani hosil qiladi.
V.V.Dobrovolskiy (1984) hisobiga qaraganda,
sayyoramizdagi tirik modda
massasi 6,25*1012 tonnaga teng bo‗lib, uning 40 foizi mutloq quruq moddaga
to‗g‗ri keladi. Organik modda esa o‗z navbatida parchalanib kimyoviy unsurlar
birikmalariga aylanadi va natijada o‗zidan energiya chiqaradi.
Mineral birikmalarning yashil o‗simliklar orqali energiyasi boy bo‗lgan
murakkab moddaga aylanishi bir tomondan uning
parchalanib yana mineral bi-
rikmalarga aylanishi, ikkinchi tomondan bir-biriga qarama-qarshi jarayonlar bo‗lib,
kimyoviy unsurlarning biologik aylanishini tashkil qiladi.
Kimyoviy unsurlarning biologik aylanishi ham suvning aylanishi kabi
miqyosi jihatidan katta (dunyo miqyosida) va kichik.Masalan, tuproq qatlami-ning
o‗zida biror landshaft fatsiya va hokazolar doirasida bo‗ladi. Har bir kichik
aylanishlar dunyo miqyosidagi aylanishning alohida shaxobchalari bo‗lib, ular
orasida o‗zaro ta‘sir bo‗lib turadi. Bu ta‘sir o‗z navbatida
dunyo miqyosi-dagi
aylanishga madad berib, uni rivojlantirib turadi. Shuning uchun kimyo-viy
unsurlarning aylanishi butun va yaxlit jarayon desa bo‗ladi
Tabiatdagi turli aylanishlar sababli tirik modda doimo o‗zini o‗zi
yangilab
turish xususiyatiga ega bo‗ladi. O‗z hayot yulini tugallagan organizmlar o‗rnini
yangi avlod vakillari egallab beradi. Bu jarayon tabiatan davriy taso-difga egadir.
Ammo kimyoviy moddalarning ayrim qismlari qiyin eriydigan birikmalar sifatida
aylanishdan ma‘lum muddatga tushib qolishi mumkin. Ayrim qismlari esa oqar
77
suvlar tarkibida yoki havo orqali landshaft chega-rasidan chiqib ketib, keyinchalik
shu landshaftdagi biogeokimyoviy tsiklda ishtirok etmasligi mumkin. Shuning
uchun landshaftlardagi kimyoviy unsur-larning migratsiyasi ma‘lum yo‗nalishda
ro‗y beradi va natijada Landshaftlarning kimyoviy tarkibiga ta‘sir etadi, kimyoviy
xususiyatlarini o‗zgarib turushiga, ya‘ni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‗tib
turishiga sabab bo‗ladi deb aytish mumkin. Biologik
amlashishlar materiya
rivojlanishining, shu bi-lan birga landshaftlardagi modda va energiya
almashinishining bir shaklidir.
Albatta, biologik aylanish va kimyoviy unsurlarni migratsiyasi turli tabiat
zonalarida turlicha kechadi. Masalan namtropik o‗lkalar landshaftlar-da, bu
jarayon ancha jadal ro‗y beradi. U yerlarda har yili juda katta miqdorda biomassa
hosil bo‗ladi va mo‗‗tadil iqlim zonalaridagidan 4-5 marotaba ko‗p bo‗ladi. Dasht
zonasida yog‗in sochin nisbatan kam bo‗lganligi uchun kimyoviy moddalarni
migratsiyasi ancha sust boradi. Dasht zonasida o‗rmon zonasidagiga nisbatan 9-10
marta kam biomassa to‗planadi. Cho‗l zonasida esa bundan ham kam biomassa
hosil bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: